К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSHLARDA MILLIY TAFAKKUR YUKSALISHIDA IJTIMOIY VA TARIXIY ONG.

D. Mingbayeva (QDPI pedagogika va psixologiya fakulteti tyutori)

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Yoshlarda tarixiy voqea-hodisa haqida o’z fikrini (ijobiy yoki salbiy) bildirish orqali, tarixni tadqiq etuvchi sifatida ma’lum bir dalilga asoslangan holda, tarixiy dalilni bilish unga voqeani tahlil qilish, o’z xulosasini aytishga imkon berishdir. Milliy tafakkur yuksalishida ijtimoiy va tarixiy ongni o‘stirish, o’tmishni aks ettiruvchi g’oyalar, qarashlar bilan tarixiy ongni boyitish. Shu bilan birga yoshlarda haqiqiy hayot hamisha har qanday dalil, hujjat yoki manbadan ko’ra kengroq mazmunga ega bo’lishi haqidagi nuqtai nazarni qaror toptirish. Yoshlarda milliy yuksalish tafakkurni rivojlantirishda ijtimoiy-siyosiy omil sifatida milliy yuksalish g’oyalariga e‘tibor berish. Bugungi kunda buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun siyosiy yetuk, ma’rifatli, o’zining o’tmishi, uning qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashdir. Kalit so’zlar: tarix, ma’naviyat, ong, tafakkur, madaniyat, shaxs, yetuklik, millat,davlat, yuksalish. Tarixiy ong ijtimoiy ongning muhim shakllaridan biri bo’lib, shaxsning anglash jarayoni natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Tarixiy ong tushunchasiga xilma-xil ta’riflar berilgan: tarixiy ong – bu har qanday bilimda bo’ladigan, hamma narsa, hatto ma’naviy borliq ham bo’lib o’tganligini anglashdir ; tarixiy ong ilgari sodir bo’lgan tarixiy voqealarni o’zida aks ettirgan turli¬-tuman manbalar, ashyolar avloddan avlodga meros sifatida o’tib, tariximiz, madaniyatimizning uzluksizligini ta’minlaydi ; tarixiy ong – o’tmishni uning umuman jamiyatga, xususan turli ijtimoiy¬-demografik, ijtimoiy¬-professional, etnoijtimoiy, etnokonfessional guruhlarga, shuningdek alohida individlarga xos bo’lgan butun rang-barangligini hisobga olgan holda baholash hamdir. Tarixiy ong jamiyat, uning ijtimoiy guruhlari va individlarning o’z o’tmishi hamda butun insoniyat o’tmishi haqidagi tasavvurlari yig’indisidir. Tarixiy ongda o’tmish, bugun va kelajak uyg’unlikda in’ikos etadi . Faylasuf olima D.Abdullajonovaning fikricha, tarixiy ong tushunchasiga berilgan xilma-xil ta’riflardan kelib chiqqan holda uni umuman jamiyat, xususan, turli ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-professional va etnoijtimoiy guruhlar, shuningdek alohida kishilarga xos bo’lgan va o’tmishni butun turfa xilligida aks ettiruvchi, baholovchi g’oyalar, qarashlar, tasavvurlar, hissiyotlar, kayfiyatlar majmui sifatida tushunish bahslidir: 102 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference birinchidan, shaxs tarixiy ongida o’tmishni aks ettiruvchi g’oyalar, qarashlar, individ rivojlanishining muayyan bosqichi bilan bog’liqligini, hamma vaqt ham bunday sifatiy holat kasb etmasligini ta’kidlash zarur; ikkinchidan, tarixiy ongda “o’tmishni turfa xilligida aks ettirish” uchun tarixiy tafakkur ishlashi kerak. Shundan keyingina, tarixiy faktlarning bir tizimga solinishi va muayyan yaxlit tasavvurning paydo bo’lishi, tarixiy ong o’tmishni aks ettiruvchi g’oyalar, qarashlar bilan boyishi mumkin . Tarixiy ongda “o’tmish–bugun–erta”dan iborat ichki ziddiyat mavjud. Ushbu xususiyatni e’tirof etgan holda A.X.Samiev “Tarixiy ong bu inson (ijtimoiy guruh, jamiyat) tomonidan o’zining zamondagi o’rni, o’tmishning bugungi kun va kelajak bilan aloqadorligining o’zlashtirilishidir. Bu istiqbol uchun muhim bo’lgan o’tmishga qaratilganlikdir”, – degan fikrni bildiradi . Demak, tarixiy ong o’quvchining ma’lum bir shaxs, ijtimoiy guruh va etnoslarning zamondagi o’rni, o’tmishi, bugungi kuni va kelajagi o’rtasidagi aloqadorlikni anglashining in’ikosi hisoblanadi. Tarixiy ong tarixiy tasavvurlar asosida yuzaga kelib, mazkur jarayonda tarixiy dalillar muhim rol’ o’ynaydi. Tarixiy dalil kategoriyasi tarix fani tadqiqotchilari oldidagi eng muhim o’lchov, ilmiy mezon hisoblanadi. Zotan, tarixiy dalilsiz tarix haqidagi tasavvurlar mavhum va fikrlar isbotsizdir. Amerikalik tarixshunos E.Karr xulosalariga ko’ra har qanday voqea emas, balki tarixiy ahamiyatlilarigina tarixiy dalil bo’lishi mumkin. Tadqiqotchi o’zi o’rganayotgan davr to’g’risidagi ma’lumotlarning maksimal miqdorini bilishi va ularga ega bo’lishi lozim. Ikkovi o’z hukmiga ega bo’lmog’i kerak. Tarixchi xolislikka, dalil esa voqelikning asosi sifatida isbotlanganlikka ega bo’lmog’i darkor. Ana shunda kuchlar nisbati teng bo’ladi, bir-birini nazorat qiladi, natijada xolis xulosa vujudga keladi. Karr bunday holatni nazarda tutib, “Tarix – bu tarixchi va dalilning o’zaro aloqasiga bog’liq bo’lgan uzluksiz jarayon bo’lib, u o’tmish va bugun o’rtasidagi tuganmas muloqotdir”, deydi . Yoshlar tarixiy voqea-hodisa haqida o’z fikrini (ijobiy yoki salbiy) bildirar ekan, tarixni tadqiq etuvchi sifatida ma’lum bir dalilga asoslanadi. Tarixiy dalilni bilish unga voqeani tahlil qilish, o’z xulosasini aytishga imkon beradi. Yoshlar tarixiy dalilni tarixiy bilimlarni oshirish, tarixiy ma’lumotlar, manbalar (qoyatosh yozuvlari, tarixchilarning asarlari, afsona, rivoyatlar)dan keltirilgan parchalardan oladi. Biroq ana shu manb

Доказательный фрагмент

«Yoshlarda tarixiy voqea-hodisa haqida o’z fikrini (ijobiy yoki salbiy) bildirish orqali, tarixni tadqiq etuvchi sifatida ma’lum bir dalilga asoslangan holda, tarixiy dalilni bilish unga voqeani tahlil qilish, o’z xulo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Yoshlarda tarixiy voqea-hodisa haqida o’z fikrini (ijobiy yoki salbiy) bildirish orqali, tarixni tadqiq etuvchi sifatida ma’lum bir dalilga asoslangan holda, tarixiy dalilni bilish unga voqeani tahlil qilish, o’z xulo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yetuklik, tafakkur, ong, millat, davlat, ma’naviyat, tarix, shaxs, madaniyat, yuksalish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники