К содержанию
РецензированоUZ1939

ALEKSANDR FAYNBERG : O’ZBEK VA RUS ADABIYOTIDA UYG’UNLIK TIMSOLI

UYG’UNLIK TIMSOLI · Bozorboyeva Sabohat Rashid qizi

Развитие педагогических технологий в современных науках · 1939

Аннотация

Aleksandr Faynberg ijodi o’zbek va rus adabiyotlari o’rtasidagi madaniy bog’liqlikni ifodalovchi noyob hodisalardan biridir. Uning she’rlari va tarjimalari milliy qadriyatlar va universallikni uyg’unlashtirib, ikki xalq adabiy me’rosini boyitgan. Faynbergning poetik uslubi, tarjimonlik faoliyati va ssenariylari adabiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ro’l o’ynagan. Ushbu maqolada uning ijodiy yo’li va adabiyotdagi o’rni yoritilib, bugungi adabiy jarayondagi ta’siri tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Aleksandr Faynberg, o’zbek adabiyoti, rus adabiyoti, she’riyat, tarjima, shoir, poetik uslub, adabiy uslub, kinematografiya, ssenariy, multikulturalizm, adabiy me’ros. Aleksandr Arkadyevich Faynberg (1939-2009) Toshkentda tug’ilgan taniqli shoir, yozuvchi va tarjimon edi. Uning ijodi o’zbek va rus adabiyotiga kata hissa qo’shgan. Faynbergning ota onasi – Arkadiy Lvovich Faynberg va Anastasiya Aleksandrovna 1937-yilda Novosibirskdan Toshkentga ko’chib kelishgan. Otasi texnalogiya institutini tamomlab spirt zavodida bosh muhandis bo’lib ishlagan, onasi esa shu zavodda mashinist lavozimida faoliyat yuritgan. Faynbergning ijodi o’zbek va rus madaniyati va hayotini aks ettirgan ko’plab she’r va asarlarni o’z ichiga oladi. Uning asarlari Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg va Isroilda nashr etilan. Shuningdek, Faynberg yettita badiiy film ssenariysi muallifi bo’lib, bu asarlar o’ziga xosligi va hayotiyligi bilan o’zbek hamda rus adabiyotida alohida o’ringa ega. Faynbergning tarjimalari va ijodi orqali o’zbek adabiyoti jahon miqyosida tanilgan. Uning asarlari o’zbek madaniyati va urf-odatlarini chuqur anglashini ko’rsatadi. Shoirning ijodi o’zbek va rus xalqlari o’rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashda nihoyatda katta hissa qo’shgan. Faybergning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkentdagi Alisher Navoiy milliy bog’ida uning bronza haykali o’rnatilgan. Metodologiya Aleksandr Faynbergning o’zbek va rus adabiyotidagi ijodiy me’rosini tahlil qilish uchun kvalitativ tadqiqot yondashuvi qo’llanildi. Mazkur tadqiqot adabiy, ijodiy va qiyosiy tahlil usullariga asoslangan bo’lib, bu yondashuv Faynbergning 49 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference asarlaridagi xususiyatlar, milliylik va zamonaviylik uyg’unligi, uning o’zbek va rus dabiyotidagi ijodiy me’rosining farqli jihatlari hamda tarjimonlik faoliyatidagi o’rnini chuqur o’rganishga yordam beradi. Tadqiqot davomida Aleksandr Faynbergning asarlari, uning ijodi va faoliyati haqida yozilgan ilmiy maqolalar va internet resurslari tahlil qilindi. Ma’lumotlar to’plash jarayonida Faynbergning asarlari va u haqidagi ilmiy adabiyotlar diqqat bilan o’rganildi. Ushbu metodologik yondashuv orqali Aleksandr Faynbergning ijodiy me’rosi har tomonlama tahlil qilinib, uning o’zbek va rus adabiyotidagi o’rni va ahamiyati o’rganildi. Natijalar Faynbergning she’rlarida o’zbek xalqining hayoti, urf-odatlari va an’analari o’z ifodasini topgan. Masalan, uning “Toshkent – mening ilhomim” kabi she’rlarida shahar faqat geografik hudud sifatida emas, balki o’zbek xalqi bilan uyg’un holda tasvirlangan. U nafaqat o’zbek xalqi hayotiga va madaniyatiga chuqur hurmat bilan yondashgan,balki o’z asarlarida ikki xalq qadriyatlarini uyg’unlashtirgan. Yozuvchi asosan rus tilida ijod qilgan bo’lsa-da, u O’zbekiston madaniy muhitida yashab, ushbu muhitning o’ziga xosligini o’z she’rlariga singdira olgan.Yozuvchi “Markaziy Osiyo quyoshi” she’rida o’zbek diyorining issiq iqlimi va mehmondo’st xalqining tabiatini aks ettirgan desak, adashmaymiz. Muhokama Aleksandr Faynberg o’zbek va rus adabiyotini bog’lovchi ijodkor sifatida tarjimonlik faoliyati bilan katta e’tirofga sazovor bo’lgan. U o’zbek adabiyoti namoyondalarining asarlarini rus tiliga tarjima qilib, ularni keng kitobxonlar auditoriyasiga tanishtirishga xizmat qilgan. Shu bilan birga, Faynbergning rus va o’zbek tillaridagi ijodi ham madaniyatlararo muloqotni kuchaytirgan. Ijodkor Alisher Navoiy g’azallarini rus tiliga tarjima qilish orqali Sharq adabiyoti betakrorligini kitobxonlarga yetkazgan. Navoiy asarlarining chuqur falsafiy ma’nosi va lirizmini saqlashga harakat qilgan. U Navoiy asarlarini tarjima qilishda shunchaki so’zma-so’z o’girish bilan cheklanmay, she’riy ifoda va ohangni ham rus tilida tabiiy holatda yetkazishga harakat qilgan. Yozuvchi zamonaviy o’zbek shoirlrining asarlarini rus tiliga tarjima qilib, ularni butun Sovet ittifoqi hududida mashhur qildi. Uning tarjimalari o’zbek she’riyatining nafaqat o’zbek tilida, balki boshqa tillarda ham keng o’qilishiga yordam bergan ijodkorlardan biridir. Erkin Vohidovning “O’zbegim” qasidasini rus tilga tarjima qilib, milliy iftihor tuyg’usini rus kitobxonlarga ham yetkazgan. Shuningdek , Abdulla 50 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Oripovning “Sen bahorni sog’inasan” she’ri Faynberg tarjimasida rus tilida ham o’zbekona ohangini saqlab qolgan. Faynberg tarjima s

Доказательный фрагмент

«Aleksandr Faynberg ijodi o’zbek va rus adabiyotlari o’rtasidagi madaniy bog’liqlikni ifodalovchi noyob hodisalardan biridir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Aleksandr Faynberg ijodi o’zbek va rus adabiyotlari o’rtasidagi madaniy bog’liqlikni ifodalovchi noyob hodisalardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
adabiy uslub, Aleksandr Faynberg, she’riyat, shoir, rus adabiyoti, poetik uslub, multikulturalizm, adabiy me’ros., o’zbek adabiyoti, kinematografiya, tarjima, ssenariy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники