Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JADIDLAR VA MILLIY UYG‘ONISH G‘OYASI: TARIXIY-ADABIY YONDASHUV
Fayzulloyev Abramat · va Pedagogika Unverisititeti · Abdurauf Fitrat, tarixiy-adabiy tahlil.
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
This article analyzes the influence of the Jadid movement on the national awakening in Uzbekistan from a historical-literary perspective. It explores how national revival ideas were expressed in the works of Jadid writers. Keywords: Jadidism, national awakening, literature,Mahmudkhoja Behbudi,Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, historical-literary analysis. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy jihatdan og‘ir bir davrni boshdan kechirayotgan edi. Mustamlaka siyosati, eskicha tafakkur va ma’naviy tanazzul jamiyat taraqqiyotini to‘xtatib qo‘ygandi. Ana shunday murakkab sharoitda jadidchilik harakati yuzaga keldi. Bu harakat vakillari jamiyatni ilm, ma’rifat, adabiyot va yangicha fikrlash orqali uyg‘otishga bel bog‘ladilar. 39 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Jadidchilik harakati faqatgina siyosiy emas, balki adabiy va ma’naviy uyg‘onish harakati sifatida ham tarixda muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, jadid adabiyoti orqali milliy o‘zlikni anglash, xalqni uyg‘otish, ilmga da’vat qilish g‘oyalari yuksak badiiy vositalar bilan ifoda etilgan.Hozirda jadidlar davri ta'rixi va adabiyotini o'rganish borasida yurttimizda ko'plab konferensiyalar,tanlovlar va boshqa ko'plab ilmiy loyhalar amalga oshirilmoqda bu esa ushbu davr ta'rixi va adabiyotini o'rganish uchun yaxshi natija berib kelmoqda. Asosiy qism Jadid adabiyotining shakllanishi va g‘oyaviy yo‘nalishi Jadidchilik adabiyoti XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllandi. Bu davrda yangi usuldagi maktablar ochildi, gazeta va jurnallar nashr qilina boshladi. Adabiyot jamiyatga xizmat qila boshladi – u endilikda faqat estetik vosita emas, balki xalqni uyg‘otish, unda yangicha tafakkur uyg‘otish quroliga aylandi. Jadid adabiyoti o‘zining g‘oyaviy yo‘nalishi bilan ajralib turadi. Unda asosiy o‘rin ma’rifatparvarlik, vatanparvarlik, adolat, ilmga intilish, xalqni jaholatdan chiqarish kabi tamoyillarga beriladi. Ushbu adabiyot millatning ruhiy uyg‘onishiga xizmat qiladi. Jadid adiblarining milliy uyg‘onish g‘oyalarini adabiyotda ifodalashi Jadid adiblarining asarlarida milliy uyg‘onish g‘oyalari keng va chuqur aks etgan. Jumladan: Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi orqali oila, tarbiya va milliy qadriyatlarning buzilishi haqida ogohlantiradi. Bu asarda xalqni hushyorlikka, axloqiy poklanishga chaqiruvchi kuchli ijtimoiy tanqid mavjud. Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida yoshlarni ma’rifat, vatanparvarlik, halollik va adolatga da’vat etadi. Bu asar milliy uyg‘onishning o‘quv qo‘llanmasi bo‘lib xizmat qiladi. Abdurauf Fitrat o‘zining dramatik va publitsistik ijodi orqali xalqni jaholatdan xalos etish, o‘zligini anglash, taraqqiyot sari intilishga undaydi. Uning “Munozara”, “Hind ixtilochilari” kabi asarlarida milliy uyg‘onish g‘oyalari yuksak badiiy vositalar bilan ifodalangan. Jadid adabiyotining badiiy xususiyatlari Jadid adabiyotining badiiy uslubi o‘ziga xos. Unda quyidagilar ko‘zga tashlanadi: Dramatik, publitsistik va she’riy janrlar uyg‘unligida ishlangan. Kuchli ijtimoiy tanqid, obrazlar orqali jamiyat muammolari aks ettiriladi. Oddiy, ravon, xalq tiliga yaqin uslub. 40 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Xalqni uyg‘otishga xizmat qiluvchi hikmatli iboralar, nasihatlar, savol- javoblar. Bu adabiyot shakl jihatdan sodda, ammo mazmunan chuqur va ta’sirli bo‘lgan. Xulosa Jadid adabiyoti o‘zbek milliy uyg‘onish harakatining muhim ustunlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Jadid adiblari xalqni faqat badiiy so‘z orqali emas, balki yurakdan chiqqan, ijtimoiy og‘riqni ifodalagan asarlari orqali uyg‘otishga harakat qildilar. Ularning merosi bugun ham dolzarb bo‘lib, yoshlar tarbiyasida, milliy qadriyatlarni targ‘ib etishda katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda jadid adabiyotini chuqur o‘rganish, uni yoshlar ongiga singdirish dolzarb vazifadir. Chunki bu adabiyot orqaligina biz o‘zligimizni, tariximizni, ma’naviyatimizni anglaymiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Behbudiy M. Padarkush. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. 2. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: Fan, 1992. 3. Fitrat A. Hind ixtilochilari. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2006. 4. Yo‘ldoshev Q. Jadidchilik: kecha va bugun. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. 5. Rajabov A. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005. 6. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 41
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the influence of the Jadid movement on the national awakening in Uzbekistan from a historical-literary perspective.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the influence of the Jadid movement on the national awakening in Uzbekistan from a historical-literary perspective. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadidism, national awakening, literature, Mahmudkhoja Behbudi, Abdulla, adabiyot, milliy uyg‘onish, tarixiy-adabiy tahlil., Jadidchilik, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024