Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BURHONIDDIN MARG‘INONIY ILMIY MEROSIDA TA’LIM VA TARBIYA MASALALARI
TARBIYA MASALALARI · Ergasheva Hayotxon Samandarovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
maqolada Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosida ta’lim- tarbiya, inson ma’naviy kamolotida ilm olishning xosiyatiga oid ilmiy-nazariy manbalarni bugungi kun ruhiyati asosida ochib berilgan. Kalit so‘zlar: ilm, bilim, ta’lim, tarbiya, odob, axloq, ma’naviyat, madaniyat, adolat, silai rahm, insonparvarlik. Bugungi kunda jamiyat barqaror taraqqiyoti bevosita yoshlarning zamonaviy bilim sohalarini egallashiga bog‘liq jarayon ekanligi barchamizga ma’lumdir. Xususan yurtimizda bilim olishga e’tibor davlat siyosati darajasi sifatida qaralayotganligi natijasida bizning shonli tarixga bо‘lgan munosabatimiz tubdan о‘zgarilayotganligi, biz о‘z tariximizni, jumladan, ona zaminimizda kamol topgan allomalar ilmiy merosini o‘rganish va tadqiq etish bo‘yicha barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, burch, mas’uliyat, oila va oilaviy tarbiya, vatanparvarlik, insonparvarlik, diyonat, ilm olishning xosiyati haqidagi qarashlari bugungi kunda yosh avlodni turli vertual mafkuraviy hurujlardan asrashga zamin yaratadi. Sharq va G‘arb olamida dong taratgan mashhur yurtdoshlarimizdan biri – ilmi fiqh, ya’ni islom huquqshunosligi ilmining eng zabardast allomalaridan biri “Burhoniddin val-milla” (ya’ni, islom olami xalqlari va islom dinining hujjati, dalili, isboti degani) nomi bilan mashho‘r bo‘lgan buyuk faqih Imom Abu-l-Hasan Burxoniddin Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljamil al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al- Marg‘inoniydir. Bu ulug‘ siymoning Abdulhay Laknaviy o‘zining “al-Favoid ul bahiyya fi tarojim il hanafiyya” asarida shunday ta’riflagan edi: “Burhoniddin Marg‘inoniy imom, faqih, muhaddis, Qur’on mufassiri bo‘lib, uni yod bilgan olim, fanlarni yig‘ib tartibga soluvchi, zakiy, tadqiqotchi, xudojo‘y va pokdomon inson, ulug‘ faqih, adabiyotchi, shoir, fan va adabiyotda uning tengi yo‘q” ekanligini ta’kidlaydi. Alloma (1123 yil 23 sentyabr, Rishton tumani, Dahbet qishlog‘i 1197 yil 29- oktyabr, Samarqand) dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, so‘ngra imom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbi-jobiy qo‘lida tahsil ko‘rib Movoraunnahrning Rishton, Marg‘ilon, Buxoro, Samarqand kabi shaharlarida faylasuf, alloma, shoir, tavxid ilmi bilan shug’ullangan va islom olamida Shayx-ul islom unvoniga musharraf bo‘lgan ulug‘ zot sifatida nom qozondi. Burhoniddin Marg‘inoniy sunniylardagi to‘rtta asosiy mazhab asoschilari va ularning shogirdlari yaratgan barcha asarlarni o’rganib chiqib, ularni mukammal 26 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bilibgina qolmasdan, uning o‘zi ham fiqhga oid bir qator fundamental asarlar yaratgan. Uning bizgacha yetib kelgan eng mashhur asarlari quyidagilar: -“Al- Hidaya fi sharh bidayat al-mubtadi”(Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim asarining sharhi – To‘g‘ri yo‘lga boshlovchi kitob); - “Bidayat al-mubtadi” (Boshlovchilar uchun ilk ta’lim); - “Kifoyat al-muntahiy” (Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim); - “Nashr al-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”); -“Kitab al-tajnis va-l-mazid” (Ajratish va ilmni ziyoda qilish kitobi); -“Manasik al-haj” (Haj arkonlari); - “Kitab majmu al-navazil” (Nozil bo’lgan narsalar to‘plami); - “Kitab al-faraid” (Meros haqidagi kitob) singari asarlar shular jumlasidandir. Allomaning eng mashhur va eng yirik asari “Hidoya” to‘rt jilddan iborat bo‘lib, uning har bir jildi turli muammolarni huquqiy yechimiga bag‘ishlangan. Birinchi jild 5 kitobdan iborat bo‘lib, tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro‘za, zakot va haj)ga bag‘ishlangan. Bu jild 47 bob va 37 fasldan iborat. Ikkinchi jildiga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik va vaqf huquqi kabi masalalar kiritilgan. Bu jild 60 bob, 36 fasldan tashkil topgan. Uchinchi jildida (14 kitob) oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo‘lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin olgan. Bu jildda 36 bob, 37 fasl bor. To‘rtinchi jildida (76 kitob) esa shafoat, merosni taqsimlash, dehqonchilik hamda bog’dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so‘yishadigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. Bu jild 23 bob, 38 fasldan iborat. Burhoniddin Marg‘inoniy o‘zining “Bidoyat-al-muntahiy” asarining so‘z boshida “Hidoya”ning yaratilishi to‘g‘risida shunday yozgan edi: “Iroqqa safar qilganimda, “Al-Muxtasar al-Quduriy” (“Quduriy qisqartmasi”) ni ko‘rdim. U fiqh bobida ajoyib asar edi. Bu paytda kattayu- kichik, barcha 2
Доказательный фрагмент
«maqolada Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosida ta’lim- tarbiya, inson ma’naviy kamolotida ilm olishning xosiyatiga oid ilmiy-nazariy manbalarni bugungi kun ruhiyati asosida ochib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюmaqolada Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosida ta’lim- tarbiya, inson ma’naviy kamolotida ilm olishning xosiyatiga oid ilmiy-nazariy manbalarni bugungi kun ruhiyati asosida ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, ta’lim, bilim, axloq, ma’naviyat, insonparvarlik., silai rahm, adolat, madaniyat, ilm, odob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014