К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALAR PSIXALOGIYASI

Karimova Nargiza Yaminjanovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article examines the psychological development of preschool-aged children as a fundamental stage for their subsequent educational process and personal growth. The paper analyzes crucial aspects of child psychology, personality characteristics, developmental stages, and factors influencing them. Additionally, it thoroughly explores methods for organizing an effective educational process in preschool institutions while taking children's psychology into account. Keywords: Child psychology, preschool education, developmental stages, emotional intelligence, teaching methods, pedagogical approach. Kirish: Maktabgacha yosh davri bolalarning psixologik, ijtimoiy va kognitiv rivojlanishining eng faol davrlaridan biridir. Ushbu bosqichda bola atrof-muhitni idrok etish, nutq, mantiqiy tafakkur va ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida bo‘ladi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish muhimdir. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanish xususiyatlari, ta’lim jarayonidagi yondashuvlar va pedagogik metodlar haqida fikr yuritiladi. Asosiy qism: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlari shundan iboratki, yoshga doir turli hil ko’rsatkichlar mavjud. Maktabgacha yosh (3-7 yosh) bolalarining psixologik rivojlanishi quyidagi asosiy jihatlar orqali namoyon bo‘ladi: - Kognitiv rivojlanish - Emotsional rivojlanish 48 - Ijtimoiy rivojlanish Kognitiv rivojlanish – bola atrof-muhitni tushunish va o‘z fikrlarini shakllantirish qobiliyatini rivojlantiradi. Bu bosqichda ta’lim orqali bolaning nutqi, xotirasi, tafakkuri va eslab qolish qobiliyati mustahkamlanadi. Bu davrda lug’at boyligi oshadi, grammatik tuzilish shakllanadi va bog’lanishli nutq rivojlanadi. Xotira xajmi kengayib, ongli ravishda eslab qolish qobilyati yaxshilanadi1. Emotsional rivojlanish – bola his-tuyg‘ularini ifodalash va boshqarishni o‘rganadi. Ular uchun ijobiy muhit yaratish emotsional barqarorlikni ta’minlaydi. Ijtimoiy rivojlanish – bolalar atrofdagilar bilan muloqot qilishni, o‘z fikrlarini himoya qilishni va jamoa bilan ishlashni o‘rganadilar. Psixomotor rivojlanish – bolaning psixomotor rivojlanishi uning yoshi, tug’ma va irsiy xususiyatlariga qarab intellektual va harakat qobilyatlarining rivojlanishini o’z ichiga oladi. Bu jarayon bolaning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasini ta’minlaydi va bosqichma bosqich amalga oshadi.2 Psixolog A.N. Leontyev va L.S. Vygotskiy tadqiqotlariga asoslanib, bolalarning rivojlanish bosqichlarini quyidagi tarzda ajratish mumkin3: 3-4 yosh – mustaqillik va qiziquvchanlik shakllanadi, nutq rivojlanadi, atrof-muhitga bo‘lgan qiziqish ortadi. 4-5 yosh – obrazli fikrlash rivojlanadi, bola hayoliy o‘yinlarni afzal ko‘radi, hissiy sezgirlik ortadi. 5-6 yosh – mantiqiy fikrlash va muammolarni mustaqil hal qilish qobiliyati shakllanadi, ijtimoiy muhitga moslashuv jarayoni jadallashadi. Bolalarning psixologik rivojlanishini to‘g‘ri yo‘naltirish uchun quyidagi pedagogik yondashuvlardan foydalanish lozim: O‘yin metodlari – bolalar tabiatan o‘yin orqali o‘rganadilar. Didaktik va harakatli o‘yinlar ta’lim jarayonini yanada samarali qiladi.4 Rivojlantiruvchi muhit yaratish – ta’lim muassasasida bolalar erkin o‘z fikrlarini ifoda eta oladigan muhit yaratish muhimdir. Individual yondashuv – har bir bola o‘ziga xos psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgani sababli individual yondashuv pedagogik jarayonda katta ahamiyat kasb etadi. Bolalarning maktabga tayyorgarligini oshirish uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega: Oilaviy muhit – ota-onalar tomonidan berilgan psixologik qo‘llab-quvvatlash bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga moslashuvini osonlashtiradi. Muloqot va ijtimoiy ko‘nikmalar – maktabgacha yoshdagi bolalar guruhiy mashg‘ulotlar orqali bir-biri bilan muloqot qilishni o‘rganishlari kerak. 5 O‘quv motivatsiyasi – bolalarda o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish uchun ta’lim jarayoni qiziqarli va interaktiv bo‘lishi lozim. XULOSA 1 Vygotskiy L.S. “Bolalar psixologiyasi” – Moskva, 1978. 2 Jalolov J. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” – Toshkent, 2019. 3 Leontyev A.N. “Psixologiya asoslari” – Moskva, 1982. 4 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi me’yoriy hujjatlari. 5 Piaget J. “Bolalar aqliy rivojlanishi” – Parij, 49 Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishi ularning kelajakdagi ta’lim jarayoni va ijtimoiy moslashuviga bevosita ta’sir qiladi. Shuning uchun bolalar psixologiyasining xususiyatlarini inobatga olib, ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish pedagoglar va ota-onalar zimmasiga yuklatilgan muhim mas’uliyatdir. O‘yin texnologiyalari, individual yondashuv va rivojlantiruvchi muhit maktabgacha yoshdagi bolalar uchun samarali o‘qitish usullari hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim davridagi bolalar psixologiyasi — bu bolaning shaxsiy, emotsional, intellektual va ijtimoiy rivojlanish jarayonlarini tizimli o‘rganishga qaratilgan muhim

Доказательный фрагмент

«This article examines the psychological development of preschool-aged children as a fundamental stage for their subsequent educational process and personal growth.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the psychological development of preschool-aged children as a fundamental stage for their subsequent educational process and personal growth. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Child psychology, preschool education, developmental stages, emotional, pedagogik yondashuv., emotsional intellekt, ta’lim metodlari, Bolalar psixologiyasi, maktabgacha ta’lim, rivojlanish bosqichlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти