К содержанию
РецензированоUZ2022

O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI HUZURIDAGI FATVO MARKAZINING OILA MASALALARINI TARTIBGA SOLUVCHI FATVOLAR TAHLILI

Fayzullayeva Muyassar · Mirodil Xaydarov

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2022

Аннотация

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi fatvo markazi faoliyatini o‘rganish va mustaqillik yillarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi faoliyati va rivojlanish tendensiyalari Fatvo markazi tomonidan chiqarilayotgan oila masalasiga doir fatvolar har bir oilalarni tinchligiga kata hissa qo‘shmoqda. Oila har bir jamiyat va davlatning ajralmas qismi hisoblanadi.Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo‘ladi.Islom dinimizda hossatan muqaddas Qur’oni Karim va hadisi nabaviylarda ham uning muqaddas ekanligi ta’kidlangan. Shu sababdan uning tinch va osoyishta ekanligi avvalo kelajak avlod farzandlarimizning istiqbollari uchun muhim hisoblanadi. Kalit so‘zlar. Islom, fatvo, idora, oila, taloq, ajrim, er-xotin, sunnat,Qur’on Karim, farovon, kelajak, farzand, tinch, osoyishta, din, halol, pok, nikoh, xulq, tarbiya, er, xotin, kafoat, tenglik, ilm, Buxoriy,Farobiy, Xorazmiy, iymon, juft, millat, nasab, zurriyot, muqaddas, rahbar, kafoat, tenglik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda bu erda 20 ga yaqin ulamo xizmat qiladi, Markaz xodimlari mo‘min-musulmon xalqimiz diniy ehtiyojini ta’minlash maqsadida bugungi kundagi muhim mavzular yuzasidan fatvolar ishlab chiqish, fuqarolarni bevosita qabul qilish va Koll-markazda telefon orqali kelib tushgan savollarga javob berish, OAVlarida chiqishlar qilish kabi vazifalar bilan shug‘illanishadi. Tashrif davomida talabalar Fatvo markazining zamonaviy Koll-markazi mutaxassislari tomonidan bu erda har kuni o‘rtacha 200-250 ta, 1 oyda esa 6-8 ming ta savolga javob berilishi, Ramazon va Qurbon hayiti kunlari bu miqdor keskin oshib ketishi bois 24/7 uzluksiz qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish tartibiga o‘tilishi haqida so‘zlab berildi1. Bo‘lim xodimlari mo‘min-musulmonlar hayotiga, toat-ibodatlariga doir dolzarb masalalar yechimini topish, shar’iy fatvolar chiqarish bilan shug‘ullanadi. Musulmonlarning ibodatlar va diniy ahkomlar, nikoh, taloq, bay’, halol va harom kabi masalalar yuzasidan qilgan murojaatlarini atroflicha o‘rganib, tegishli fatvolar beradi. Bo‘limning keyingi yillarda chiqargan bir talay fatvolari ibodatlarni shar’iy tartibga solish, turli bid'at va isroflarga chek qo‘yish, ixtiloflar va orinsiz bahs-munozaralariga barham berishga qaratildi. Bulardan “Shariy nikohdan o‘tish odoblari”, “Musibat yetgan xonadonlarga ta’ziya bildirish va ba’zi marosimlar odobi”, “Talogga oid ayrim masalalar haqida”, “Muborak haj ibodatini ado etish bilan boglig masalalar to‘g‘risida” kabi fatvolar musulmonlar hayotida sezilarli vogea bo‘ldi. Ayniqsa, islomiy aqidamiz sofligini saqlash, turli ixtiloflarga barham berish maqsadida chiqarilgan “Din 1 Shayx Abdulaziz Mansur “ O‘zbekiston musulmonlari idorasi” T: Movarounahr nashriyoti, 2014 B - 21 106 niqobi ostidagi dinbuzarlar”, “Juma namozi va ehtiyoti peshin haqida”, “Tasavvuf pirlariga qo‘l berishdagi ba’zi noto‘g‘ri aqidalar”, “Tasavvuf haqida” kabi fatvolar musulmonlar birligini, jamiyat osoyishtaligini ta’minlashda juda foydali bo‘ldi. Bo‘lim juma mav’izalari uchun dolzarb mavzularda tezislar tayyorlab, respublika masjidlariga yetkazib beradi. Ushbu tezislar to‘planib, har yili alohida kitob holida chop ettiriladi. Ushbu bo‘limga turli yillarda Salohiddin Muhiddinov, Fozil qori Sobirov, Abdulaziz Mansur, Kimsanboy Abdurahmonov, Mustafoqul Qorayev, Abdug‘ani Ismoilov, Abdulhamid Tursunov rahbar bo‘lishgan. Hozir bo‘limni Homidjon Ishmatbekov boshqaryapti2. Oila islom dinida muqaddas maskan, bu maskan esa asosiy talim va tarbiya makonidir. Alloh taolo Islomda Qur’oni Karim orqali bandalarining hayotini nizomga, tartibga solib qo‘ygan. Buning yo‘l-yo‘rig’ini ko‘rsatish uchun muallim qilib Payg’ambar alahissalomni yuborgan. Islomda oila ibodat darajasiga ko‘tarilgan. Oiladagi otaning bolalarga o‘zi na’muna bo‘lib ko‘rsatib berayotgan ibrati, ona esa ularning ta’lim va tarbiyalari uchun eng muhim hisoblanuvchi shaxsdir, doda-buvilarning o‘gitlari esa milliy qadriyatimizga bo‘lgan munosabat, halollik, mehr va oqibat avloddan avlodga o‘tib keladi.Oilaning tinchligi, farovonligi sog’lom muhit va boshqa barcha milliy qadriyatlarimiz negizida yuzaga kelgan jamiyat va davlatning poydevori mustahkam bo‘ladi. Sababi bunday oilalarda dunyo qarashi keng, manaviy barkamol inson voyaga yetadi. Er xotinning madaniyatli bo‘lishini va farzandlarni yaxshi tarbiya qilishini talab qilishga haqlidir.Ayol kishi ham o‘ziga mos ilmlarni o‘rganish huquqiga ega. Ayol kishi farzandlarini go‘zal tarbiya qilishi uchun o‘zida ham ilm bo‘lishi kerak, shunday oqila ayollarning farzandlari biz o‘ylagandek Imom Buxori, Farobiy, Xorazmiy, Temuriy kabi ulug’ inson bo‘lishlari mumkin. Qachonki mo‘min-musulmon banda Allohning shariatida ko‘rsatgan odoblari, qoidalari va hadlariga amal qilsa, shunda oila mustahkam bo‘ladi. 2012 yilga “Mustahkam oila yili” deb nom berilishi inson , oila va jamiyat ravnaqi yo‘lida qo‘yilgan navbatdagi qadam bo‘ldi. Oilaning tayanch n

Доказательный фрагмент

«O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi fatvo markazi faoliyatini o‘rganish va mustaqillik yillarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi faoliyati va rivojlanish tendensiyalari Fatvo markazi tomonidan c…»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi fatvo markazi faoliyatini o‘rganish va mustaqillik yillarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi faoliyati va rivojlanish tendensiyalari Fatvo markazi tomonidan c… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
er-xotin, halol, din, muqaddas, Qur’on Karim, er, nikoh, xulq, juft, idora, millat, oila, kafoat, Islom, osoyishta, zurriyot, iymon, farzand, kelajak, Farobiy, farovon, fatvo, ajrim, sunnat, xotin, tenglik., taloq, ilm, tarbiya, tenglik, tinch, nasab, Xorazmiy, rahbar, Buxoriy, pok
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники