Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MANBALARDA MARKAZIY OSIYO METALLSOZLIK VA KONCHILIK TARIXIGA DOIR MA’LUMOTLAR TAHLILI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · G‘ulomjon Jumanazarovich Axmedov (in-academy.uz/index.php/si) · Abu Rayhon Beruniy nomidagi (in-academy.uz/index.php/si) · Gulomjon Jumanazarovich Akhmedov (in-academy.uz/index.php/si) · named after Abu Rayhon Biruni (Independent Researcher at Urgench State University) · Гуломжон Жуманазарович Ахмедов (ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ В ИСТОЧНИКАХ) · Абу Райхана Беруни (Независимый исследователь Ургенчский государственный университет имени)
Наука и инновация · 1981
Аннотация
На основе источников и текстов, в том числе Авесты, трудов персидских, греко-римских историков, индийских, китайских и арабских историков, рассмотрены процессы металлургии и горного дела в Средней Азии с древнейших времен до правления Арабского халифата. Ключевые слова: металлургия, горное дело, разоружение, проблема минералогии, наскальные надписи. 145 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si O‘zbekiston, hududidagi qazilma boyliklar haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlar Avesto, grek-rim manbalarida, Ahamoniylar davri bitiklarida va qadimgi Xitoy va fors-arab manbalarida uchraydi. Avesto asaridagi ma’lumotlar tahlili, Markaziy Osiyoda metallsozlik va qurolsozlik qadimdan taraqqiy qilgan sohalardan biri bo‘lganligini ko‘rsatadi. Asarning Mehr Yasht qismining turli bo‘limlarida qurol-aslahalardan foydalanish, ularning ishlab chiqarilishi va unda Mitraning yordami haqida alqovlar keltirilgan bo‘lib, shu orqali o‘sha davrda mintaqada qurolsozlik sohasida ishlab chiqarilgan qurol-aslaha turlari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish mumkin. Misol uchun, Mehr Yashtning oltinchi bo‘limida ― uchqur nayza, sakkizinchi bo‘limida ― burgut pati qadalgan o‘qlari, kamonlar, sopqonidan uchgan tosh, ― tig‘lar, bolta kabi qurollardan foydalanish bilan bog‘liq vaziyatlar tasvirlangan1. Ahamoniylar davrini yorituvchi Persepol saroyi va Naqshi Rustam qoyasidagi bo‘rtma tasvirlarda xorasmiylar elati va saklarning qiyofasi, usti–boshi va qurol–aslahalari aks ettirilgan. Ulardan qadimgi Persepol shahrida Eron podsholari Doro I va Kserks saroyi devorlaridagi o‘yib ishlangan bo‘rtma ilovalarda alohida guruhlardan iborat turli xalqlarning Ahamoniylar hukmdorlariga o‘lpon keltirish manzarasi aks ettirilgan. O‘n yettinchi guruh xorazmliklar bo‘lib, ularning dudama xanjar, jangovar oybolta, bilaguzuklar va otni o‘lpon sifatida to‘lashga olib kelayotgan holati tasvirlangan2. Qadimni fors qoyatosh bitiklari va Persopol saroyidagi bo‘rtma tasvirlar hamda yunon- rim manbalaridagi ma’lumotlarni tahlil qilsak, mil.av. VI – V asrlarda Xorazm va Orol bo‘yida yashovchi xalqlar kamon, nayza, qilich, xanjar, harbiy bolta kabi hujum qurollaridan tashqari, bellariga oltin kamar, boshlariga dubulg‘a, qalqon, metalldan himoya sovutlari kabi jangchining himoya yarog‘-aslahalarini tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan3. Xorazmda mil.avv. IV asrdan bronza va mis paykonlar o‘rniga temir paykonlarning kirib kelishi himoya sovutlarini ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiruvchi va kuchaytiruvchi omillardan bir bo‘ldi. Ahmoniy shohlarining Suzadagi saroyida bitilgan yozuvlarda ham Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazmdan olib kelinadigan oltin va boshqa nodir metallar, qimmatbaho toshlar haqida ma’lumotlar bor. Xususan, ushbu yozuvlardan Baqtriyadan oltin, So‘g‘ddan lojuvard va «sanaubar toshi», Xorazmdan «axshayna» nomi bilan yuritiladigan tosh keltirilib, saroy qurilishida foydalanilganligi haqida bilib olishimiz mumkin4. Gerodot massagetlar yurtida oltin va mis konlari ko‘pligini, ular temir va kumushdan foydalanmasligini, chunki bu metallar ular yurtida yo‘qligini yozib qoldirgan bo‘lsa5. Shoh Kserks qo‘shini tarkibidagi saklarni Gerodot quyidagicha tasvirlaydi: “Saklar (skif) tik turuvchi o‘tkir uchli qalpoq, ishton kiyib, saklar kamoni va xanjari bilan qurollangan. Shuningdek, ularda ikki qirrali harbiy bolta-sagarislar mavjud”6. 1 Авесто: Яшт китоби. / М. Исҳоқов таржимаси. Тошкент: Шарқ, 2001.-Б.51,53. 2 Уилбер Д. Персеполь. Археологические раскопки резиденции персидских царей / Перевод с англ. Е.Л.Власовой. – М.: Наука, 1977 .- С.70-71. 3 Литвинский. 1972, 126-бет 4 Лунин Б.В. История Узбекистана в источниках. –Т.: Фан, 1984. С.11-12. 5 Геродот. История. В девяти книгах. /Пер. с греческого и коммент. Г.А. Стратановского. –М.: “ОЛМА-ПРЕСС Инвест”, 2004. С.117. 6 Геродот. История. В девяти книгах / Перевод Г.А. Стратановского. –Л.: Наука, 1972. VII -том. –С 64. 146 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Mil. av. II asrda O‘rta Osiyoga kelgan Xitoy elchisi Chjan-Syan qadimgi farg‘onaliklar cho‘yan eritishni bilmas edilar, ularga xitoyliklar o‘rgatgan deb yozadi7. O‘rta Osiyo xalqlari temir va cho‘yan eritish va qo‘yishni xitoyliklardan o‘rganganmi yoki bu ilgaridan ularga ma’lum sa’natmi, yo‘qmi bundan qat’iy nazar, har holda ular mil. av. II asrda temir rudasini qazib olish, uni eritib temir va cho‘yan tayyorlash va ulardan har xil buyumlar yasashni bilganligini Chjan-Syan ma’lumotlari yaqqol ko‘rsatadi. Plutarx Parfiya to‘g‘risidagi xabarida, parfiyaliklarning zirhlari Marg‘iyananing po‘latidan ishlanganligini ta’kidlaydi8. Strabon (mil. avv. I asr) bu ma’lumotlarida massagetlar yurtida kumush umuman yo‘qligini, temir oz uchrashini, mis va oltin buyumlar ko‘pligini ta’kidlaydi9. Rim tarixchisi Pliniy (I asr) saklar yurtida (Toshkent vohasida) ko‘p uchraydigan nodir, qimmatbaho tosh - feruza haqida yozib qoldirgan.10 Undan turli taqinchoqlar, zeb-ziynat buyumlari yasashda foydalanilgan.
Доказательный фрагмент
«На основе источников и текстов, в том числе Авесты, трудов персидских, греко-римских историков, индийских, китайских и арабских историков, рассмотрены процессы металлургии и горного дела в Средней Азии с древнейших вр…»
Образец извлечения
Демо-превьюНа основе источников и текстов, в том числе Авесты, трудов персидских, греко-римских историков, индийских, китайских и арабских историков, рассмотрены процессы металлургии и горного дела в Средней Азии с древнейших вр… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- metallurgy, mining, metallurgy, the issue of mineralogy, rock inscriptions, manabshunoslik masalasi, metallsozlik, konchilik, qoyatosh bitiklari., qurolsizlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026