К содержанию
РецензированоUZ2021

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH (in-academy.uz/index.php/yo) · Begbo’tayev Azzam Eshpo’latovich (in-academy.uz/index.php/yo) · Nomozova Mohina Ne’mat qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2021

Аннотация

Hozir vaqtda sun’iy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalar ta’lim sohasida inqilobiy o‘zgarishlar keltirmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ushbu texnologiyalardan foydalanish nafaqat hozirgi ta’lim jarayonini yaxshilaydi, balki kelajakda o‘quvchilarni global raqobatbardosh dunyoga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada SI va raqmli texnologiyalarning maktablardagi istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Kalit so’zlar: Sun’iy intellekt (SI), raqamli texnologiya, “Khan Academy”, individuallashtirilgan ta’lim, avtomatlashtirilgan baholash, elektron resurslar va platformalar, masofaviy ta’lim, “Kundalik” tizimi. Bugungi kunda sun’iy intellekt umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish va samaradorligini oshirishda katta salohiyatga ega. Kelajakda SI o‘quvchilarning o‘quv uslubi, qiziqishlari va qobiliyatlariga qarab moslashtirilgan dars rejalarini ishlab chiqishi mumkin. Masalan, matematikada qiyinchilik chekayotgan o‘quvchiga qo‘shimcha mashqlar taklif qilinsa, tabiiy fanlarga qiziqqan o‘quvchi uchun chuqurroq materiallar taqdim etiladi. Bu o‘qituvchilarga har bir o‘quvchiga individual yondashish imkonini beradi. Respublikamizda bu borada qator islohatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.02.2021 yildagi PQ-4996-son “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi, 17.10.2024 yildagi PQ-358-son “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Qarorlari kabi huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida sohalarda amaliy ishlarning bajarilishi ta’minlanmoqda. Bundan tashqari, SI virtual o‘qituvchi yordamchilari sifatida rivojlanib, o‘quvchilarning savollariga 24/7 javob berishi va ularga uy vazifalarida yordam ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, sun’iy intellekt o‘quvchilarning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarini bashorat qilishda ham foydali bo‘ladi. Masalan, o‘quvchining fanlardagi muvaffaqiyati va qiziqishlarini tahlil qilib, unga muhandislik, tibbiyot yoki san’at sohasida faoliyat olib borishi mumkinligi haqida maslahat berishi mumkin. Bu o‘quvchilarga o‘z salohiyatlarini erta aniqlash va kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashda yordam beradi. Hozirgi kunda bunday yondashuvning misollarini ko‘rish mumkin. Masalan, “Khan Academy” kabi onlayn ta’lim platformalarida sun’iy intellekt o‘quvchilarning bilim darajasini tahlil qilib, ularga mos mashqlar va videodarslarni tavsiya qiladi. Shu bilan birga, Duolingo ilovasida SI til o‘rganuvchilarning xatolarini aniqlab, ularga shaxsiy mashg‘ulotlarni taklif qiladi. Bu kabi texnologiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham qo‘llanila boshlasa, o‘quv jarayoni yanada samarali bo‘ladi. Sun’iy intellekt ta’limning bir nechta sohalarida faol qo‘llanilmoqda: 89 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 1. Individualashtirilgan ta’lim: SI o‘quvchilarning bilim darajasini tahlil qilib, ularga mos o‘quv rejalarini taklif qiladi. Masalan, “Khan Academy” platformasi o‘quvchilarning bilimlarga oid zaif tomonlarini aniqlab, ularga qo‘shimcha mashqlar yoki videodarslar tavsiya qiladi. Bu usul maktablarda ham qo‘llanilib, har bir o‘quvchiga individual yondashish imkonini beradi. 2. Avtomatlashtirilgan baholash: SI yordamida testlar va uy vazifalari tezkor tekshiriladi. Masalan, “GradeScope” kabi dasturlar o‘qituvchilarga yozma topshiriqlarni avtomatik baholashda yordam berib, vaqtni tejaydi. Bu o‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan ko‘proq muloqot qilish uchun imkoniyat yaratadi. 3. Virtual yordamchilar: Chatbotlar va virtual o‘qituvchi yordamchilari o‘quvchilarning savollariga tezkor javob beradi. Masalan, “Duolingo” ilovasi til o‘rganuvchilarning xatolarini tahlil qilib, ularga mos mashg‘ulotlarni taklif qiladi. Shu kabi yordamchilar maktab o‘quvchilariga uy vazifalarida yoki darsdan tashqari savollarda yordam berishi mumkin. 4. Tahlil va bashorat: SI o‘quvchilarning o‘qishdagi muvaffaqiyatini tahlil qilib, kelajakdagi ehtiyojlarini bashorat qiladi. Masalan, “Smart Tutoring” tizimlari o‘quvchining fanlardagi natijalariga qarab, qaysi sohada qo‘shimcha yordam kerakligini aniqlaydi. Bu o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini yaxshilashda yo‘l ko‘rsatadi. Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida SI qo‘llanilishi tobora kengaymoqda. Masalan, ba’zi rivojlangan mamlakatlarda “Google Classroom” yoki “Microsoft Teams” kabi platformalar SI asosidagi tahlil vositalari bilan birgalikda ishlatilib, o‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va muvaffaqiyatini kuzatadi. O‘zbekistonda ham “Kundalik” elektron jurnal tizimi o‘qituvchilar va ota-onalarga o‘quvchilarning baholari va darsdagi faolligini monitoring qilishda yordam bermoqda, ammo bu tizim kelajakda SI bilan yanada boyitilishi mumkin. Ta’limda SI qo‘llanilishi o‘quv jarayonini tezlashtiradi, o‘qituvchilarning yukini kamaytiradi va o‘quvchilarga moslashtirilgan ta’lim imkonini beradi. Biroq, hozirgi kunda cheklovlar ham mavjud. Masalan, ko‘pl

Доказательный фрагмент

«Hozir vaqtda sun’iy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalar ta’lim sohasida inqilobiy o‘zgarishlar keltirmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozir vaqtda sun’iy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalar ta’lim sohasida inqilobiy o‘zgarishlar keltirmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
individuallashtirilgan ta’lim, raqamli texnologiya, “Kundalik” tizimi., masofaviy ta’lim, Sun’iy intellekt (SI), avtomatlashtirilgan baholash, elektron resurslar va platformalar, “Khan Academy”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники