Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MESOPOTAMIYA SIVILIZATSIYASINING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI HAMDA MADANIY YUTUQLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · HAMDA MADANIY YUTUQLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Babajonova Charos (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article provides information about the natural environment, population and economy of Ancient Mesopotamia, one of the first centers of world civilization and ancient urban culture, source studies and historiography of the history of Ancient Mesopotamia, as well as the achievements of the Mesopotamian civilization. Аннотация. В статье представлены сведения о природной среде, населении и экономике Древней Месопотамии, одного из первых центров мировой цивилизации и древней городской культуры, источниковедение и историография истории Древней Месопотамии, а также достижения месопотамской цивилизации. Kalit soʻzlar. Mesopotamiya, Bobil, Armaniston, Eron, Suriya, Iroq, Nineviya, Frot, Dajla, Oshshurbanipal, Xammurapi, shummerlar, akkadlar, kassitlar, eduba, arxiv, zikkurat, mixxat, sopol taxtacha. Key words. Mesopotamia, Babylon, Armenia, Iran, Syria, Iraq, Nineveh, Froth, Tigris, Ashshurbanipal, Hammurabi, Sumerian, Akkadian, Kassite, eduba, archive, ziggurat, cuneiform, ceramic tablet. Ключевые слова. Месопотамия, Вавилон, Армения, Иран, Сирия, Ирак, Ниневия, Пена, Тигр, Ашшурбанипал, Хаммурапи, шумерская, аккадская, касситская, Эдуба, архив, зиккурат, клинопись, керамическая табличка. Kirish. Shimolda Armaniston togʻlaridan janubda Fors qoʻltigʻigacha, sharqda Eronning togʻli viloyatlaridan gʻarbda Suriya-Mesopotamiya choʻllarigacha choʻzilib ketgan hudud qadimda yunon geograflari tomonidan Mesopotamiya (ikki daryo oraligʻi) deb atalgan. Hozirda bu sivilizatsiya Iroq Respublikasi hududidir. Mesopotamiyaning oʻrta va janubiy qismi tekislik boʻlib, u vaqti-vaqti bilan toshib yerlarni sugʻoruvchi va oʻgʻitlovchi Dajla va Frot daryolari keltirgan yotqiziq-allyuvallardan iborat boʻlgan. Dajla daryosi Van koʻlining janubi, Armaniston togʻlari, Frot esa Arzirumning sharqida dengiz sathidan 2 ming metr balandlikdan boshlanadi. Frot daryosining uzunligi 2600 km. Dajlaning uzunligi esa 1850 km. Dajla juda tezoqar boʻlib, vohaga Frotga nisbatan ikki barobar ortiq suv keltiradi. Bu daryolar mamlakatning asosiy suv manbasi boʻlib, qadimda ulardan juda koʻp kanallarga suv bogʻlaganlar. Bu daryolar sugʻorish manbayi boʻlishi bilan birga daryo kemasozligi uchun ham katta ahamiyatga ega boʻlgan. Bu ikkala daryo orqali mesopotamiyaliklar qoʻshni mamlakatlar Urartu, Eron, Kichik Osiyo, Suriya, shuningdek, Ikki daryo oraligʻidagi shahar-davlatlar bilan doimo aloqada boʻlganlar. Asosiy qism. Dunyodagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri Dajla va Frot oraligida joylashgan Mesopotamiyada vujudga kelgan. Ushbu sivilizatsiyaning shakllanishi qulay geografik sharoitlarda kechdi. Mesopotamiya hududida er. avv. IV ming yillikdan III ming yillikgacha ibtidoiy jamoa tuzumini yemirilish jarayoni bordi. Shumerlarning er. avv. IV ming yillikni boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati boshlandi. 115 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Er. avv. III ming yillikdan boshlab mamlakatni janubiy qismida shumerlarning kichik shahar- davlatlari paydo boʻldi. Er. avv. III ming yilliklar ilk sulola davri deb ataldi. Keyingi davr er. avv. III ming yillikning oxirgi davri kuchli mutlaq monarxiyalar tashkil topish davri hisoblanadi. Er. avv. XXI- XXIII asrlar siyosiy markaz Mesopotamiyaning markaziga qochib bu yerda Akkad davlati tashkil topadi va uning tarkibiga Shumer janubiy va shimoliy Mesopotamiya kiradi. Kutiylar hujumi sababli Akkad posholigi yemirilib, yetakchilik Shumer-Akkad podsholigiga oʻtadi. Er. avv. II ming yillikning boshlarida ikki daryo oraligʻida Bobil podsholigi yuksalib, Bobil boshchiligida butun mamlakat birlashtirildi. Uning tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: Qadimgi Bobil yoki amoriy davri er. avv. XIX-XVI asrlar, oʻrta Bobil yoki kassit (er. avv.XV-XII asrlar) davri, Bobilning siyosiy tushkunlik davri (er. avv.XII-VII asrlar), yangi Bobil qisqa qayta uygʻonish (er. avv. VII-VI asrlar) davri va Eron tomonidan mamlakatni bosib olinishi. Mesopotamiya jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk oʻchoqlaridan biri. Bu madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar boʻlib, ularning yutuqlarini bobilliklar va Ossuriyaliklar oʻzlashtirib, davom ettirdilar. Ma. IV ming yillikda shumer yozuvi paydo boʻldi. Taxminlarga koʻra bu yozuv shumerlar Mesopotamiyaga kelganga qadar nomaʻlum xalq tomonidan kashf qilingan. Shumerlar bu yozuvni sivilizatsiya xizmatiga qoʻydilar. İlk yozuv namunalari Uruk IV qatlamidan topilgan. Dastlab 1500 ga yaqin belgidan iborat shumer yozuvi juda sodda piktografik shaklida bo'lib, alohida buyumlar, tasvirlar tarzida ifodalangan. Shuningdek, janubiy Mesopotamiyada m.avv III-ming yillikning ikkinchi yarmida akkad tili paydo boʻldi. Shumer va akkad tillari bir-biridan koʻpgina soʻzlarni oʻzlashtirib oldi. M.a. III ming yillikning oxirida qadimgi Shumer-akkad lugʻatlari tuzilgan. Akkad tili Old Osiyo xalqaro diplomatiya tiliga aylandi. Mil.avv VII asrdan boshlab oromiy tili va yozuvi kirib kelgan paytda mixxat yozuvlari muomaladan chiqa bordi. M
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the natural environment, population and economy of Ancient Mesopotamia, one of the first centers of world civilization and ancient urban culture, source studies and historiograp…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the natural environment, population and economy of Ancient Mesopotamia, one of the first centers of world civilization and ancient urban culture, source studies and historiograp… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mesopotamia, Babylon, Armenia, Iran, Syria, Iraq, Nineveh, Froth, Tigris, Suriya, zikkurat, Bobil, Xammurapi, Frot, mixxat, Eron, sopol taxtacha., Iroq, shummerlar, akkadlar, arxiv, Oshshurbanipal, Dajla, Armaniston, Nineviya, eduba, kassitlar, Mesopotamiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014