Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORPORATIV BOSHQARUVDA DIVIDEND SIYOSATI ORQALI INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH STRATEGIYALARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · JOZIBADORLIKNI OSHIRISH STRATEGIYALARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Muxammadiyev Faxriddin Baxtiyorovich (in-academy.uz/index.php/yo) · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 34 · 411–433 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini takomillashtirish orqali investitsiya jozibadorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Dividend siyosatining korxonaning moliyaviy barqarorligi, aktsiyadorlar bilan munosabatlari va kapital bozoridagi ishtirokiga ta’siri ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: dividend siyosati, aksiyadorlik jamiyati, investitsiya jozibadorligi, moliyaviy strategiya, korporativ boshqaruv, kapital bozori. Bozor iqtisodiyotining chuqurlashuvi va fond bozorlarining rivojlanishi sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy strategiyasini shakllantirishda dividend siyosatining o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Korporativ moliya nazariyasida dividend siyosati – bu kompaniya foydasining qanday ulushini aktsiyadorlarga to‘lash va qanday qismini reinvestitsiya qilish haqida qaror qabul qilish jarayoni sifatida talqin qilinadi. Ushbu siyosat kompaniya va uning aktsiyadorlari o‘rtasidagi ishonch, o‘zaro manfaatdorlik va uzoq muddatli hamkorlik asoslarini mustahkamlovchi muhim moliyaviy vositadir. Dividend siyosati, ayniqsa, fond bozorida erkin muomaladagi aktsiyalarga ega bo‘lgan korxonalar uchun strategik vosita hisoblanadi. Sababi, investorlar, ayniqsa kichik va institutsional sarmoyadorlar dividend siyosatini kompaniya boshqaruvida shaffoflik va barqarorlik darajasi bilan bog‘lashadi. Shu boisdan dividendlar bo‘yicha qat’iy va prognoz qilinadigan siyosat kompaniyaning bozor kapitallashuviga, aktsiyalarning likvidligiga va investorlarning sodiqligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro tajribada ko‘plab tadqiqotlar dividend siyosatining kompaniya bozor qiymati, investitsion jozibadorligi va moliyaviy barqarorligiga ta’sirini empirik jihatdan isbotlagan. Modigliani va Millerning klassik nazariyasiga ko‘ra, mukammal bozor sharoitida dividend siyosati kompaniya qiymatiga ta’sir qilmasligi mumkin [1]. Biroq, real sharoitda axborot assimetriyasi, soliqqa oid farqlar, agentlik xarajatlari va investorlarda mavjud daromad kutilmalari sababli dividend siyosati kompaniyaning moliyaviy pozitsiyasini belgilovchi muhim omilga aylanadi [2]. O‘zbekiston iqtisodiyoti ham bugungi kunda korporativ boshqaruvni takomillashtirish, kapital bozorini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonida faol bosqichga kirgan. Shu nuqtai nazardan, aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini izchil va barqaror shakllantirish dolzarb vazifaga aylangan. Dividend siyosati masalasi korporativ moliya nazariyasida eng ko‘p muhokama qilinadigan va turli yondashuvlar orqali izohlanadigan mavzulardan biridir. Ilmiy adabiyotlarda dividend siyosatining mazmuni, investorlar xatti-harakatlariga ta’siri, kompaniya qiymati va investitsion jozibadorlikka bo‘lgan aloqasi keng yoritilgan. Ushbu bo‘limda dividend siyosati bilan bog‘liq asosiy nazariy qarashlar, ularning evolyutsiyasi hamda amaliy yondashuvlar tahlil qilinadi. Dividend siyosati masalasiga birinchi fundamental yondashuvlardan biri Modilyani va Miller tomonidan 1961-yilda ilgari surilgan. Ularning “Dividend Irrelevance Theory” deb 130 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo nomlanuvchi nazariyasiga ko‘ra, mukammal kapital bozorlarida dividend siyosati kompaniya qiymatiga ta’sir qilmaydi, ya’ni kompaniya dividend to‘lashi yoki daromadni reinvestitsiya qilishi muhim emas [1]. Ammo bu nazariya real sharoitlarda doimo o‘zini oqlamaydi, chunki kapital bozorlarida axborot assimetriyasi, soliqqa oid farqlar va agentlik xarajatlari mavjud. Keyingi yillarda dividend siyosatining amaliy jihatlari ustida olib borilgan tadqiqotlarda, xususan, Lintner tomonidan taklif etilgan "qisqa muddatli barqarorlik modeli" dividend siyosatining izchil va barqaror bo‘lishi investorlar ishonchiga bevosita ta’sir qilishini ko‘rsatgan [2]. Lintner o‘z tadqiqotida kompaniyalar dividend siyosatini o‘zgartirishdan ehtiyotkorlik bilan foydalanishini va foydaning barqaror qismi asosida dividend to‘lashini ta’kidlagan. Brigham va Ehrhardt dividend siyosatining investorlar kutgan daromadlari va aktsiya bahosiga ta’sirini keng qamrovda tahlil qilib, kompaniyalar tomonidan qabul qilinadigan dividend qarorlar investorlar tomonidan "signal" sifatida talqin qilinishini ko‘rsatadi [3]. Bu "signal nazariyasi" dividend o‘sishi kompaniyaning yaxshi moliyaviy holatini bildiradi, degan taxminlarga asoslanadi. Shuningdek, Gochberg 2020-yilda dividend siyosatining davlat kompaniyalarida differensial tusga ega ekanini, xususiy va davlat ishtirokidagi korxonalarda bu siyosat o‘rtasidagi tafovutlar ko‘plab noaniqliklar keltirib chiqarishini ta’kidlaydi [4]. Xalqaro moliya institutlari, xususan, Jahon banki va OECD tomonidan dividend siyosatining korporativ boshqaruvning ajralmas qismi ekanligi, uning investorlar bilan axborot almashinuvi sifatida xizmat qilishi qayd etilgan [5]. Bunday yondashuv dividend siyosatini nafaqat moliyaviy qaror sifatida, balki strategik kommunikatsiya vositasi sifatida talqin qilish zarurligini
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini takomillashtirish orqali investitsiya jozibadorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini takomillashtirish orqali investitsiya jozibadorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kapital bozori., korporativ boshqaruv, aksiyadorlik jamiyati, investitsiya jozibadorligi, moliyaviy strategiya, dividend siyosati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014