Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATIDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARNING O‘RNI
TASHKILOTLARNING O‘RNI · Shamsudinova Malika Ulug‘bek qizi
Talqin va tadqiqotlar · 2026
Аннотация
This article discusses the legal culture of young people, which is considered one of the urgent issues in our country today, increasing their social activity in society, and how important a role non-governmental non-profit organizations play in this matter. Keywords: youth state policy, NGO, law, legislation, Youth Union, state organizations, education Ta’kidlab oʻtish lozimki, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yoʻlida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.Mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish va yangi yuksak sifat bosqichiga koʻtarish hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻg‘risida”gi3 Qonunda belgilangan vazifalarning 3 “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonuni. 14.09.2016.O’RQ-406son https://lex.uz/docs/-3026246 ~ 122 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59) toʻlaqonli ijrosini tashkil etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan ushbu yoʻnalishda samarali hamkorlikni amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu oʻrinda ta’kidlash joizki, hozirgi davr talabi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, yurtimizda yoshlar muammosiga alohida e’tibor qaratildi, ularning manfaat va ehtiyojlarini ta’minlash uchun keng imkoniyatlar yaratishga kirishildi, ya’ni bevosita yoshlar masalalariga mas’ul davlat va jamoat tashkilotlardan vakillar tayinlanib, bu borada keng islohotlar qilindi. Jumladan, 2022-yil 19- yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‟risida”gi 4PQ-92-son qarori bilan Respublika boʻyicha mahallalarga 9309 ta “Yoshlar yetakchisi” shtat birliklari joriy qilinishi va eng muhimi, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan tegishli qonunlarda nazarda tutilgan yoshlarimiz huquq va manfaatlarini oʻzaro hamkorlik asosida himoya qilinishi yaqqol soʻzimizning isbotidir. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi: – millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqeyi, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar yoshlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish; – yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish; – milliy, madaniy an’analarning avloddan-avlodga o‘tishi, avlodlarning ma’naviy aloqasi; – yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o‘z manfaatlarini amalga oshirish yo‘llarini erkin tanlab olishlariga kafolat berish; – jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi; – huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas‟uliyatining birligini ta’minlash. Yoshlarga oid davlat siyosati yuqoridagi qoidalarga binoan o‘z mazmunini doimiy takomillashtirish, muntazam ravishda o‘z e’tiborini jamiyat hayotining eng murakkab jihatlariga qaratish yo‘nalishlarida keng rivojlantirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodga qaratilgan davlat siyosatining bosh tamoyillari davrga hamohang tarzda takomillashib, o‘z mazmunini boyitib hamda ichki sur’atini namoyon etib bormoqda. Buning natijasida yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi sohasida O‘zbekiston Respublikasida quyidagi vazifalar belgilandi: 4 “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‟risida”gi PQ-92 https://lex.uz/docs/-5831865?ONDATE=20.01.2022%2000 ~ 123 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59) respublika hududida yoshlarga oid davlat siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilash; – yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta’minlash; – yoshlarga oid davlat siyosati boshqaruv idoralarini tuzish; – yoshlarga oid davlat siyosati sohasida Respublikada kompleks va aniq maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; – yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘larni tasarruf etish; – respublika yoshlarining manfaatlarini O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari doirasida ifodalash; – respublika hududida yoshlarning va ular birlashmalarining ijtimoiy munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish; – respublika yoshlarining, yoshlar jamoat uyushmalarining tashabbuslarini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy- huquqiy va tashkiliy
Доказательный фрагмент
«This article discusses the legal culture of young people, which is considered one of the urgent issues in our country today, increasing their social activity in society, and how important a role non-governmental non-p…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the legal culture of young people, which is considered one of the urgent issues in our country today, increasing their social activity in society, and how important a role non-governmental non-p… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- youth state policy, NGO, law, legislation, Youth Union, state, huquq, Yoshlar ittifoqi, NNT, yoshlarga oid davlat siyosati, davlat tashkilotlari, ta’lim., qonunchilik
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025