К содержанию
РецензированоUZ2024

2024-YILGI OʻZBEKISTON PARLAMENT SAYLOVIDA SIYOSIY PARTIYALAR ISHTIROKI VA VAZIFALARI

Tilaboldiyeva Marg‘uba Qo‘ldash qizi · Shavkat Mirziyoyev (Andijon davlat pedagogika instituti magistri)

Talqin va tadqiqotlar · 2024

Аннотация

The 2024 Uzbekistan parliamentary election - the participation, role and tasks of political parties in the election held in Uzbekistan for the membership of the lower house of the parliament and regional representative bodies. Kalit so‘zlar: siyosiy partiya, saylov, parlament, markaziy saylov komissiyasi, saylov uchastkasi, e-saylov. Ключевые слова: политическая партия, выборы, парламент, Центральная ссыловская комиссия, избирательный участок, электронные выборы. Key words: political party, election, parliament, Central Election Commission, polling station, e-election. Saylov o‘zi nima? Saylov – vakillarni tanlashning demokratik usuli. Saylov saylovchilarga ular uchun qonunlar ishlab chiqadigan, hukumatni tuzadigan va muhim qarorlar qabul qiladigan vakillarni tanlashda yordam beradi. Shunday qilib, saylov – bu odamlar o‘z rahbarlarini muntazam ravishda tanlashi va agar xohlasa, ularni almashtirishi mumkin bo‘lgan mexanizmdir. Saylov turli ko‘rinishda bo‘ladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning vakillarigina ishtirok etishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Qaysi organ saylanayotganiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka saylash, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun saylov o‘tkazilishiga qarab yalpi yoki qisman saylov bo‘lishi mumkin. Saylovlar tarixi Ilk saylovlar miloddan avvalgi VI asrda demokratiyaning vatani bo‘lgan Qadimgi Yunonistonda, keyinchalik Rim Respublikasida bo‘lib o‘tgan. Afinada ham, ~ 117 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59) Rimda ham demokratik jarayonda ozod erkak fuqarolargina qatnasha olgan, xolos. Ayollar va qullarda ovoz berish huquqi bo‘lmagan. Tarixchilarning aytishicha, Afinada saylovlar juda kam bo‘lgan, chunki qadimgi afinaliklar saylovni mansabdor shaxslarni tanlashning eng demokratik usuli deb o‘ylamagan. Ular demokratiya faqat boylarga emas, balki oddiy odamlarga ham ishlarni boshqarish imkonini berishi uchun nomzodlarni tasodifiy tanlash kerak deb hisoblagan. Demokratiya va zamonaviy saylovlar vatani hisoblangan, qadimiy Yunoniston va Rimda saylovlar qay tarzda o‘tkazilgan? Xalqning xohish istagi inobatga olinganmi yoxud barchasi yuqori amaldorlar qo‘lida bo‘lganmi? Ushbu savollarga javob berishga harakat qilamiz. Qadimiy davrlarda insonlar o‘z yetakchilarini ovoz berish orqali aniqlagan. Umumxalq kengashlarida xalq o‘z yetakchilarini saylagan. Shu tariqa hukmronlikning dastlabki ko‘rinishlari shakllangan. Bu esa ibtidoiy davrning o‘ziga xos demokratiyasi edi. Bugungi barcha demokratik davlatlarda o‘tkaziladigan saylovlar uzoq tarixga ega. Zamonaviy saylovlar tarixi, mamlakatning siyosiy hayotiga o‘z hissasini qo‘shgan va xalq yig‘ilishlarida barcha ozod fuqarolar ishtirok etgan. Qadimgi Yunoniston va Rimda saylovlarda xalq istagi mamlakat qonunchiligining asosini tashkil qilgan. Yunonistonda ochiq ovoz berish va qur’a tashlash yordamida maxfiy ovoz berish usuli qo‘llanilgan. Saylov “varaqasi” vazifasini loviya doni bajargan: oq rangli loviya “ijobiy” javobni, qora rangli loviya “salbiy” (qarshi) javobni bildirgan. Qadimiy Afinada yana bir maxfiy ovoz berish usuli mavjud bo‘lgan. Unga ko‘ra, faoliyati davomida demokratiya asoslariga xavf solinishi ehtimoli kuzatilayotgan davlat arbobini xalq mamlakatdan tashqariga quvg‘in qilish huquqiga ega bo‘lgan. Quvg‘in bo‘yicha ovoz berish jarayonida ishtirok etayotgan fuqaroga sopoldan yasalgan buyum taqdim etilgan. Fuqaro Afinadan quvg‘in qilinishi kerak bo‘lgan odamning ismini sopol buyumga yozgan va buyumni shahar maydonida tashkil etilib, qo‘riqlanadigan maxsus joyda qoldirgan. Qaysi davlat arbobining nomzodi ko‘p ovoz olsa, o‘sha shaxs quvg‘in qilingan. Qadimiy Rimda saylovoldi tadbirlari saylovlar o‘tkazilishidan ancha ilgari boshlangan. Nomzod hukumat a’zolariga saylovlarda ishtirok etishi to‘g‘risidagi xohishini bildirgan. Shundan so‘ng saylovoldi tadbirlari boshlangan. Saylovoldi tadbirlari quyidagicha o‘tkazilgan: nomzod oq libos kiyib (oq rangli libos nomzodning xalq oldida vijdoni toza ekanligini anglatgan), saylovchilardan unga ovoz berishlarini va qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab, bozor va maydonlarga yo‘l o‘lgan. Saylov kuni saylovchilar maxsus taxtachalarga o‘zlari ovoz bergan nomzod ismini yozib katta savatga tashlagan. ~ 118 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59) 2024-yil 26-iyulda Markaziy saylov komissiyasi saylovni oʻtkazish boʻyicha tegishli qaror qabul qilgan[1]. Komissiyaning 2024-yil 21-avgustdagi qaroriga koʻra mamlakatdagi 5 ta siyosiy partiyaga saylovlarda ishtirok etish uchun ruxsat berildi[2]. 2024-yil 27-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtdi[3]. Saylovda 5 ta siyosiy partiya ishtirok etdi: Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, Oʻzbe

Доказательный фрагмент

«The 2024 Uzbekistan parliamentary election - the participation, role and tasks of political parties in the election held in Uzbekistan for the membership of the lower house of the parliament and regional representativ…»

Образец извлечения

Демо-превью

The 2024 Uzbekistan parliamentary election - the participation, role and tasks of political parties in the election held in Uzbekistan for the membership of the lower house of the parliament and regional representativ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
political party, election, parliament, Central Election Commission, : siyosiy partiya, parlament, saylov, saylov uchastkasi, e-saylov., markaziy saylov komissiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники