Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
RAQAMLI TA’LIM MUHITINING ZAMONAVIY TA’LIMDAGI O‘RNI
Ismoilov Ravshan Yakubjon o‘g‘li · Исмоилов Равшан Якубжон угли (Turan Intertanional University IC&DT departamenti direktori)
Talqin va tadqiqotlar · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается роль цифровой образовательной среды в современной системе образования и её значение. Автор подчеркивает возможности модернизации процессов обучения и преподавания посредством интеграции информационно-коммуникационных технологий. Обсуждается применение цифровых инструментов в обучении истории, а также подходы к повышению эффективности обучения с использованием модели TPACK и цифровых платформ. Ключевые слова: цифровая образовательная среда, информационно- коммуникационные технологии, обучение истории, модель TPACK, образовательный процесс. THE ROLE OF THE DIGITAL EDUCATIONAL ENVIRONMENT IN MODERN EDUCATION Ismoilov Ravshan Yakubjon ugli Turan International University Director of the IC&DT Department ravshan.ismoilov77@gmail.com ~ 72 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59) Annotation: This article examines the role and significance of the digital educational environment in the modern education system. The author highlights the possibilities of modernizing teaching and learning processes through the integration of information and communication technologies. The use of digital tools in teaching history, as well as approaches to enhancing educational effectiveness using the TPACK model and digital platforms, are discussed. Keywords: digital educational environment, information and communication technologies, history education, TPACK model, educational process. So‘nggi yillarda ta’lim jarayonining raqamlashtirilishi ijtimoiy, madaniy va texnologik o‘zgarishlar bilan hamohang ravishda jadal rivojlanmoqda. Raqamli ta’lim muhiti zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylanib, o‘quv jarayonini boyitishda va o‘qituvchilarning pedagogik salohiyatini oshirishda asosiy vositaga aylangan. Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning qaror va farmonlarida ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni integratsiya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan 2020-yil 6-noyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston - 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6079-sonli farmon, 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847- sonli farmonlari bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga o‘rgatishning zarurligini belgilab berdi. Raqamli ta’lim muhiti zamonaviy ta’lim tizimida muhim rol o‘ynaydigan pedagogik infratuzilma bo‘lib, u o‘qitish va o‘rganish jarayonida axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Bu atama keng ko‘lamli ma’noda o‘quv jarayonini ta’minlovchi barcha raqamli platformalar va vositalarni o‘z ichiga oladi: masalan, elektron platformalar (Moodle, Google Classroom), virtual o‘qitish usullari (simulyatsiya, interaktiv vositalar) va onlayn o‘quv resurslari (raqamli arxivlar, multimedia darsliklar). Mishra va Koehler tomonidan 2006-yilda ishlab chiqilgan “Texnologik-pedagogik mazmun bilimi” (TPACK - Technological Pedagogical Content Knowledge) modeli bo‘yicha, raqamli ta’lim muhitining asosiy vazifasi o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida ta’lim mazmunini interaktiv va tahliliy shaklda almashinishni tashkil qilishdir. Bu model o‘qituvchi qanday qilib texnologiyani fan va pedagogika bilan uyg‘unlashtirish kerakligini ko‘rsatadi. Hozirda ushbu model o‘qituvchi tayyorlash dasturlarining asosiy qismi sifatida ishlatilmoqda. Raqamli ta’lim va ijtimoiy texnologiyalar sohasida jahon miqyosida yetakchi tadqiqotchilardan biri Angliyalik olim Neil Selwyn raqamli ta’lim muhitining afzalliklarini ta’kidlab, uning quyidagi xususiyatlarini alohida ajratib ko‘rsatgan: ~ 73 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59) 1. Axborotning qulayligi: O‘qituvchilar va talabalar istalgan joydan ta’lim olish va o‘qitish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 2. Moslashuvchanlik: Har bir o‘quvchi yoki o‘qituvchi ta’lim jarayonini o‘zining sur’atiga moslashtiradi. 3. Vizual va interaktiv o‘quv jarayoni: Raqamli vositalar murakkab mavzularni oson tushunishga yordam beradi. Raqamli ta’lim muhitining asosiy ahamiyati uning ta’lim jarayonini zamonaviylashtirishga qaratilganligidir. Xususan, tarix fanida ushbu muhit yordamida murakkab tarixiy jarayonlarni o‘rgatish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini tahlil qilish va davrlararo o‘zaro bog‘liqlikni tushunish samaradorligini oshirishga erishiladi. Raqamli vositalar yordamida ta’limning tarix faniga ta’siri quyidagicha namoyon bo‘ladi: 1. Vizual vositalar orqali anglash: Interaktiv xaritalar, tarixiy infografikalar va animatsiyalar o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilib, tarixiy voqealarni aniqroq tushunishga yordam beradi. 2. Virtual reallik texnologiyalari: O‘quvchilar tarixiy joylarga virtual ekskursiyalar uyushtirishi mumkin, bu esa o‘tmishdagi voqealarni jonli his qilish imkonini beradi. 3. Manbalar bilan ishlash: Elektron kutubxonalar va arxivlardan foydalanish orqali o‘quvchil
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается роль цифровой образовательной среды в современной системе образования и её значение.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается роль цифровой образовательной среды в современной системе образования и её значение. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital educational environment, information and communication, raqamli ta’lim muhiti, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim jarayoni., tarix ta’limi, TPACK modeli
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025