Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
BOLA NUTQIDAGI BUZILISHLAR SABABLARI
Ubaydullayeva Nilufar Ne’matjanovna
Talqin va tadqiqotlar · 2026
Аннотация
This article discusses the causes of various disorders in a child's speech, the role of the environment and family members in the disorders, various natural and artificial factors, and the role and importance of a speech therapist in treating changes in a child's speech. Basic concepts. preschool age, children, education, upbringing, speech, causes of speech disorders, treatment methods... Bola – bu jumlani yozar ekanman, ko‘z oldimga beg‘ubor, qalbida mehr- muhabbat to‘la kichkintoylarimiz gavdalanadi. Ularni har tomonlama sog‘lom, yetuk bo‘lib rivojlanishida biz kattalarning o‘rnimiz beqiyosdir. Bolalarimizning kelajakdagi hayotlari chiroyli bo‘lishi uchun biz kattalar borimizni berib harakatda bo‘lamiz. Ammo,biz tarbiyani to‘g‘ri beryapmizmi? To‘g‘ri va sog‘lom tarbiya berganimizni qayerdan bilib olsak bo‘ladi? Biz logopedlar har bir bolani o‘rganar ekanmiz, ularning nutq nuqsonlari, nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablarini bola ona qornidalik davridan boshlab o‘rganib chiqamiz. Bolani o‘rganar ekanmiz, onaning homiladorlik davri, tug‘ruq davri, tug‘ruqdan keyingi davrlarini o‘rganib chiqamiz. Aksariyat bolajonlarimizning nutq xaritasini to‘ldirish davrida onalarning homiladorlik davri yaxshi o‘tmaganligi, turli xil sababsiz siqilishlar, oilada er-xotinning bir-birini tushunmasligi (toksikoz ~ 41 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59) davrida ayolni to‘g‘ri qabul qilmaslik) tug‘ruq davrining og‘ir kechishi va tug‘ruqdan keyingi boladagi kasalliklar sabab nutq nuqsonlari yuzaga keladi. Bolada nutq nuqsoni bo‘lsa sog‘lom fikrlay oladimi? Bola katta bo‘lishni boshlagach o‘zidagi kamchiliklardan uylanishni boshlaydi, ya’ni o‘rtoqlari bilan muloqotda kamroq kirishadi. Iloji bo‘lsa gapirmaslikka harakat qiladi, chunki u gapirsa, do‘stlari uni masxara qilishlaridan qo‘rqadi. Shu sabablar orqali bolaga e’tibor bermasak, undagi oddiy kamchilik bir nechta muammolarni keltirib chqaraveradi. Sog‘lom bolani dunyoga keltirishni xohlagan ona eng avvalo e’tiborni o‘ziga qaratishi lozim. Vaqtida shifokor nazoratidan o‘tib borishi lozim. Bola dunyoga kelgach, e’tiborni yanada kuchaytirish lozim. Bolaning nutqi chiqa boshlagach, u bilan bola tilida emas, kattalardek muloqot qilmog‘imiz lozim. Biz onalar bolaning ilk muloqot davrida atrofdagi narsalarning nomini bolaga to‘g‘ri gapirib tushuntirishimiz kerak. Aksariyat ota-onalar bolalar bilan muloqot qilishganda, itni “bobov”, mushukni “miyov”, nonni “nanna” deb tanishtirishadi, ovqat bermoqchi bo‘lsak, “ashsha” kabi so‘zlardan foydalanamiz bu esa xatodir. Bola nutqidagi oʻzgarish sabablari Bola nutqi inson rivojlanishining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bola nutqi shakllanishida turli omillar muhim rol o‘ynaydi va bu jarayon vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Nutqdagi oʻzgarishlar bolaning yoshiga, psixologik holatiga, ijtimoiy muhitiga va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liqdir. Quyida bola nutqidagi o‘zgarish sabablari haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 1. Biologik omillar Bola nutqining shakllanishi va rivojlanishi asosan uning miya va markaziy asab tizimi faoliyatiga bog‘liq. Tug‘ilishda yuzaga kelgan miya shikastlanishlari yoki asab tizimi rivojlanishidagi buzilishlar nutqni kechikishiga yoki o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek: Jismoniy salomatlik: eshitish, ko‘rish yoki nafas olish tizimlaridagi muammolar bola nutqiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, og‘ir eshitish qobiliyatiga ega bo‘lgan bolalar nutqni to‘g‘ri o‘rgana olmaydilar. Genetik omillar: baʼzi nutq buzilishlari genetik bo‘lishi mumkin. Masalan, disleksiya yoki stammaring kabi holatlar nasldan naslga o‘tishi mumkin. 2. Psixologik omillar Bolaning emotsional holati nutq rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Stress, qo‘rquv yoki ruhiy bosim bolaning nutqida to‘xtovlar, qoqilishlar yoki boshqa buzilishlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, o‘zini past baholash va ijtimoiy qo‘rquv bolaning boshqalar bilan muloqot qilishidan saqlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa nutq rivojlanishini sekinlashtiradi. 3. Ijtimoiy-madaniy muhit ~ 42 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59) Bola nutqining shakllanishida oila va atrof-muhit muhim rol o‘ynaydi. Oilada muloqotning yetishmasligi yoki noto‘g‘ri til ishlatilishi bolaning nutqiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan: Bola bilan muntazam va sifatli suhbatlashmaslik. Bola noto‘g‘ri talaffuz qilgan so‘zlarni tuzatmaslik yoki noto‘g‘ri talaffuzni quvvatlash. Bola yashayotgan mintaqadagi dialekt va lahjalar ham nutqga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 4. O‘yin va ta’limning ta’siri Bolalar o‘yin orqali ko‘plab so‘zlarni o‘rganadilar. O‘yinlarda ishlatiladigan so‘z boyligi va ulardagi rolli o‘yinlar nutq rivojlanishini rag‘batlantiradi. Ta’lim jarayonida esa o‘qituvchilar va tengdoshlar bilan muloqot qilish nutqning yanada boyishiga yordam beradi. Shuning uchun sifatli o‘yinchoqlar va taʼlim vositalari nutq rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi. 5. Texnologiya va zamona
Доказательный фрагмент
«This article discusses the causes of various disorders in a child's speech, the role of the environment and family members in the disorders, various natural and artificial factors, and the role and importance of a spe…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the causes of various disorders in a child's speech, the role of the environment and family members in the disorders, various natural and artificial factors, and the role and importance of a spe… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, ta’lim, nutq buzilishi sabablari, maktabgacha yosh, nutq, bolalar, davolash usullari...
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеФУНКЦИОНАЛЬНЫМИ ГЛАГОЛАМИ, Рисаева Оксана2016
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИНГЛИЗЧА ТАРЖИМАДА БЕРИЛИШИ, Касимова Раъно Рахматуллоевна2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021