Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TAYYORLOV DAVRINING UMUM JISMONIY TAYYORGARLIK BOSQICHIDA AYLANMA MASHG‘ULOTNI QO‘LLASH USULLARI VA ULARNI TAHLIL QILISH
Habibjonova Xushro‘ya Murodjon qizi · Qo‘qanboyev Mirza-Avazbek Dehqonboy o‘g‘li · Norbo‘riyev Ruslanbek Saparali o‘g‘li
Современная наука и исследования · 4 · 255-257 · 2025
Аннотация
This article analyzes the methods and effectiveness of using circuit training during the general physical preparation phase of handball players. The results of the study showed that the circuit training method is effective in developing athletes’ physical qualities, including speed, endurance, strength, and agility. 4 87 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Keywords: physical training, physical qualities, circuit training, strength, speed, agility, endurance, flexibility, special training. Dolzarbligi. Zamonaviy sportda mashg‘ulot jarayonlarining samaradorligini oshirish va sportchilarning jismoniy holatini yaxshilash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Aylanma mashg‘ulot usuli jismoniy tayyorgarlik bilan birga taktik va texnik ko‘nikmalarni ham shakllantirishga yordam beradi. Gandbolchilar uchun ushbu usulning o‘rganilishi va amaliyotga tadbiq etilishi ularning natijalarini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Gandbol sporti yuqori tezlik, chidamlilik va jismoniy tayyorgarlikni talab qiladigan o‘yinlardan biri hisoblanadi. Sportchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun samarali mashg‘ulot usullarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, aylanma mashg‘ulot usuli gandbolchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotning maqsadi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi aylanma mashg‘ulotning gandbolchilar jismoniy sifatlariga ta’sirini aniqlash, uning samaradorligini baholash hamda sport natijalariga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: 1. Aylanma mashg‘ulot usulining nazariy asoslarini o‘rganish; 2. Tadqiqot jarayonida olingan natijalarni tahlil qilish va baholash; 3. Aylanma mashg‘ulot usulining sport natijalariga ta’sirini ilmiy jihatdan asoslash; 4. Mashg‘ulot usulining kelajakda rivojlantirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini tavsiya qilish. Gandbol sport turida “aylanma mashg‘ulot” yaxshi o‘zlashtirilgan mashqlar orqali turli mushak guruhlariga taʼsir ko‘rsatadi, texnik malakalarni va jismoniy sifatlarni takomillashtiradi. “Аylanma mashg‘ulot”da odatda, tanani va mushaklar guruhini birin-ketin ishga safarbar qiladigan 5-10 xil turdagi mashqlar majmuidan iboratdir. Boshlanishida umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlanuvchi mashqlar aniq takrorlash soni bilan bajariladi, masalan: 1-2 ta mashq yelka kamarini rivojlantirishga, 2 ta mashq tananing oldingi mushaklarini rivojlantirishga, 2 ta mashq oyoq mushaklarini rivojlantirishga, 2 ta mashq tanaga umumiy taʼsir ko‘rsatishga, bundan tashqari egiluvchanlik, chaqqonlik, harakat koordinatsiyasi va boshqalar. 4 88 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Har bir mashq uchun avvaldan joy tanlanadi – bu “bekat” beb nomlanadi. Shug‘ullanuvchilar hamma “bekatlarda” bir vaqtda mashq bajaradilar, har bir guruhda 3- 6 shug‘ullanuvchi bo‘ladi. Mashqni bajarib bo‘lib, signaldan so‘ng ular “bekat” larni almashtiradilar va boshqa “bekat”mashqini bajaradilar. Hamma majmuaviy mashqlar shu yo‘sinda bajariladi. Mashqlar meʼyori (har “bekatda” va umuman) qattiq nazorat qilinadi. Boshlanishida shug‘ullanuvchilarning imkoniyatlari “aylanma mashg‘ulot” mashqlarini bor shiddatda (30 soniya ichida) bajarish orqali aniqlanadi. Shundan so‘ng, har bir “bekat” uchun 30 soniya ichida maksimal shiddatda bajarilgan mashqning 1/3 yoki yarimi olinadi va meʼyor qilib belgilanadi. 1-2 oydan so‘ng, nazorat testlari qayta qabul qilinib, individual ko‘rsatkichlar yangilanganligi uchun “aylanma mashg‘ulot” ko‘lamini o‘zgartirish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot davomida 10 nafar 14-16 yoshli gandbolchilar ishtirok etdi. Ular 2 oy mobaynida maxsus mashg‘ulot dasturi asosida tayyorlandi. Mashg‘ulotlardan oldin va keyin sportchilarning aylanma mashg‘ulot bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Gandbolchilarning aylanma mashg‘ulotlari bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari (n=10) 1-jadval. Mashg‘ulotdan Mashg‘ulotdan O‘zgarish, № Test oldin keyin % 1. 30 metr masofaga yugurish (s) 5,2 s 4,7 s 12 % 2. Kuper testi (metr) 2800 m 3220 m 15 % Kuch va muvozanat testi 3. 45 sm 49,5 sm 10 % (sakrash balandligi, sm) Reaksiya tezligi testi (reaksiya 4. 350 ms 320 ms 8 % vaqti, millisekund) 4 89 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Xulosa. Gandbol sport turida aylanma mashg‘ulot usulidan foydalanish sportchilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligini oshirishda samarali ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, quyidagi xulosalar chiqarildi: • Aylanma mashg‘ulot usuli gandbolchilar uchun mos bo‘lib, ularning jismoniy sifatlarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirish imkonini beradi. • Ushbu usul orqali sportchilarning chidamliligi, tezkorligi va kuchi sezilarli darajada oshadi. • Jamoaviy o‘y
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the methods and effectiveness of using circuit training during the general physical preparation phase of handball players.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the methods and effectiveness of using circuit training during the general physical preparation phase of handball players. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- physical training, physical qualities, circuit training, strength, speed, agility, chidamlilik, chaqqonlik, maxsus mashg‘ulotlar., aylanma mashg‘ulot, kuch, egiluvchanlik, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, tezkorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026