Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAXSUS PEDAGOGIKA TA’LIM YO’NALISHI TALABALARIDA KASBIY MAS’ULIYATNI SHAKLLANTIRISH NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Xalimova Ozoda Ma’murjon qizi · ТЕОРЕТИКО-МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ · СПЕЦИАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article provides information on the theoretical and methodological foundations of the formation of professional responsibility for students of special pedagogy. The 4 31 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ essence of the concept of professional responsibility, its importance in the field of special pedagogy and its impact on the professional formation of students. Also, pedagogical approaches, innovative educational technologies and effective methods aimed at the formation of professional responsibility in the process of training special pedagogy specialists are analyzed. Keywords: special pedagogy, professional responsibility, educational technologies, innovative approach, psychological and pedagogical conditions, defectology, speech therapy, inclusive education. Maxsus pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun kasbiy mas’uliyatni shakllantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar kelajakda inklyuziv ta’lim, defektologiya, logopediya va boshqa maxsus pedagogik yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi. Shu bois ularda kasbiy mas’uliyatni rivojlantirish, bu boradagi nazariy va metodologik asoslarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus pedagogika – jismoniy yoki aqliy rivojlanishida turli xildagi nuqsonlarga ega bo‘lgan shaxslarni o‘qitish va tarbiyalash bilan shug‘ullanuvchi pedagogika sohasi. Kasbiy mas’uliyat – pedagogning o‘z kasbiga, tarbiyalanuvchilarga, jamiyat oldidagi burchiga mas’uliyat bilan yondashishidir. Kasbiy mas’uliyat tushunchasi va uning pedagogik mohiyati Kasbiy mas’uliyat – bu pedagogning o‘z faoliyati natijalari uchun javobgarlik his qilishiga asoslangan tushuncha bo‘lib, u quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi: Axloqiy jihat – bolalarga zarar yetkazmaslik, ularga mehr bilan munosabatda bo‘lish; Psixologik jihat – o‘z kasbining murakkabligi va talablarini chuqur anglash; Huquqiy jihat – maxsus pedagog faoliyatini tartibga soluvchi qonun va hujjatlarni bilish va ularga rioya qilish. Maxsus pedagogika sohasi pedagogidan faqatgina bilim emas, balki insonparvarlik, sabr- toqat, fidoyilik va ijodkorlikni ham talab qiladi. Maxsus pedagogika talabalari uchun kasbiy mas’uliyatni shakllantirish metodologiyasi Maxsus pedagogika talabalari orasida kasbiy mas’uliyatni shakllantirish uchun quyidagi metodologik yondashuvlardan foydalanish mumkin: 1. Shaxsiy yondashuv – talabaning kasbiy fazilatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan individual ishlar. 4 32 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 2. Faoliyat yondashuvi – nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash. 3. Integrativ yondashuv – pedagogikaning boshqa sohalari bilan bog‘liq holda maxsus pedagogika talabalarining kasbiy mas’uliyatini rivojlantirish. Bu metodologiyalar asosida talabalarni real pedagogik faoliyatga yaqinlashtirish, ularni kasbiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishga o‘rgatish lozim. Maxsus pedagogika talabalarida kasbiy mas’uliyatni shakllantirish usullari Ilmiy-amaliy seminarlar – kasbiy etika va mas’uliyat bo‘yicha seminar-treninglar tashkil qilish. Amaliyot va stajirovka – talabalarning maxsus maktab va inklyuziv ta’lim muassasalarida amaliy tajriba orttirishini ta’minlash. Refleksiya va muhokama – talabalarni o‘z kasbiy faoliyatini tahlil qilishga o‘rgatish. Axloqiy dilemmalar va bahslar – kasbiy etika va javobgarlik bo‘yicha muhokamalar o‘tkazish. Kasbiy mas’uliyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalar ro’li Innovatsion texnologiyalar – virtual treninglar, interaktiv ta’lim platformalaridan foydalanish. Loyiha usuli – talabalarni muayyan loyihalar ustida ishlash orqali mas’uliyatli qaror qabul qilishga o‘rgatish. Modellashtirish usuli – real pedagogik vaziyatlarni yaratib, talabalarni ularga yechim topishga yo‘naltirish. Xulosa qilib shuni aytish mumkunki: Maxsus pedagogika sohasidagi talabalar uchun kasbiy mas’uliyatni shakllantirish jarayoni nazariy va metodologik jihatdan chuqur o‘rganishni talab qiladi. Ushbu jarayonda innovatsion pedagogik texnologiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, seminar- treninglar va reflektiv yondashuvlar muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan, kelajakdagi maxsus pedagoglar uchun nafaqat bilim, balki axloqiy, huquqiy va psixologik jihatdan kasbiy mas’uliyat hissini shakllantirish zarur. Maxsus pedagogika yo‘nalishidagi talabalarda kasbiy mas’uliyatni shakllantirish uchun ularning shaxsiy fazilatlari, nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va psixologik tayyorgarligi muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda motivatsiya, innovatsion texnologiyalar va amaliy-tajriba usullaridan samarali foydalanish talab etiladi. 4 33 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
Доказательный фрагмент
«This article provides information on the theoretical and methodological foundations of the formation of professional responsibility for students of special pedagogy.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on the theoretical and methodological foundations of the formation of professional responsibility for students of special pedagogy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- special pedagogy, professional responsibility, educational technologies, innovatsion yondashuv, psixologik-pedagogik sharoitlar, kasbiy mas'uliyat, logopediya, defektologiya, inklyuziv ta’lim., maxsus pedagogika, ta’lim texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024