Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AHMAD IBN MAHMUD MUIN AL-FUQARONING “TARIXI MULLOZODA” ASARI TO‘G‘RISIDA BA’ZI MULOHAZALAR
TO‘G‘RISIDA BA’ZI MULOHAZALAR · Hafizov Siyovash · Hafizov Siyovash Oqiljon o‘g‘li · Kalit so‘zlar: Muin ul-Fuqaro · Tarixi Mullozoda · Sipohsolar, rahmatulloh. · “HISTORY OF MULLOZADA”
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqara’s “History of Mullozada” is a work that provides brief information about pilgrimage customs, about 160 great scholars, jurists, Sufis, judges, scholars, kings, sultans, and others who are buried or have their tombs in the city of Bukhara and its surroundings, This research paper provides information about the reasons for writing this work, its intended purpose, the structure of the work, and manuscript copies. Key words: Muin ul-Fuqara, History of Mullazoda, Library of the Sipokhsolar, rahmatullah. НЕКОТОРЫЕ МЫСЛИ О РАБОТЕ АХМАДА ИБН МАХМУДА МУИНА АЛЬ- ФУКАРА «ТАРИХ-И МУЛЛА-ЗАДЕ» Аннотация. В труде «Тарих-и Муллa-задe» Ахмада ибн Махмуда Муина уль- Фукары содержатся сведения об обычаях паломничества, о 160 великих ученых, правоведах, суфиях, судьях, ученых, царях, султанах и других, которые были похоронены или имели свои мавзолеи в и вокруг город Бухара. Это произведение, в котором дается краткая информация о произведении, а в данной исследовательской работе дается 3 76 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ информация о причинах написания данного произведения, его предполагаемой цели, структуре произведения и рукописных копиях. Ключевые слова: Муина уль-Фукары, Тарих-и Муллa-задe, Библиотека Сипахсалара, рахматуллах. Ahmad ibn Muin al-Fuqaro qalamiga mansub “Tarixi Mullozoda dar zikri mazoroti Buxoro” qisqacha “Tarixi Mullozoda” asari ziyorat odoblari, Buxora va uning atrofidagi mozorlar haqida hikoya qiluvchi hijriy IX asrning birinchi yarmida fors tilida yaratilgan tarixiy manbalardan biri bo‘lib, mazkur asarda jami 160 yaqin olim, faqih, so‘fiy, shayx, sulton, podshoh, qozi va boshqalarga doir ma’lumotlar bilan birgalikda ularning mangu qo‘nib topgan yerlari to‘g‘risida ham zikr etilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida Buxoro shahri va shahardan yarim farsang uzoqlikda dafn etilgan buyuklar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsa, ikkinchi qismida shahar atrofidagi aziz ulug‘lar haqida so‘z boradi. Manbada Alloh taologa hamd, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga salovat hamda Buxoro to‘g‘risidagi ma’lumotlardan so‘ng, kirish qismida Buxoro shahrining musulmonlar tomonidan fath etilishi, shaharning islom o‘lkasiga aylanishi, Qur’oni Karim oyatlari va hadis shariflarda bayon qilingan tarzda qabr ahlini ziyorat qilish hamda ziyorat odoblariga doir ma’lumotlar keltirilgan. Muallif asarning keyingi qismida Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) hadisi shariflari, fiqhiy kitoblar va ahli sunnat ulamolariga tayangan holda musulmonlar tomonidan qabr va maqbaralarni ziyorat qilish odoblari hamda uning asoslariga batafsil to‘xtalgan. Keyingi falsda esa qabrlarni ziyorat qilish doir ma’lumotlar ikki til arab va fors tilllarida keltirilib, ular hadis sharif va ulamolar qarashlari bilan qanoatlantirilgan hamda ziyorat qilish chog‘ida parhez qilinishi kerak bo‘lgan ishlar isbot va dalillar bilan keltirilgan. Kitobda nomi birinchi zikr qilingan ulug‘lardan biri buyuk olim, faqih va shayx Abu Hafs Kabir (150-218) rahmatullohi alayh hisoblanib, bundan boshqa Buxoro tarixiga doir asarlarda ushbu ulug‘ insonga doir ma’lumotlarni ko‘plab o‘rinlarda uchratish mumkin. Asarda qayd etilgan oxirgi inson solik shayx Bobomuborak Chahortoqiy rahmatullohi alayh bo‘lib, kitob u kishining muborak nomlari bilan yakunlanadi. “Tarixi Mullozoda” ga muqadimma, sharh va asrning fors tiliga tabdilini amalga oshirgan eronlik tadqiqotchi olim Ahmad Gulchin Ma’oniyning asar tabdiliga yozgan kirish so‘zida keltirilishicha, mazkur asar muallifi Muin al-Fuqaro Ahmad ibn Mahmud Mullozoda Buxoriy biografiyasiga va boshqa asarlariga doir ma’lumotlar topilmagan. 3 77 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kitobda keltirilgan ma’lumotlardan anglashiladiki, Muin al-Fuqaro olim, donishmand, orif va ulug‘ xonadon vakillaridan biri bo‘lgan. Olimning o‘zi ham asarning Shoristonlik imomlar qismida buyuk silsila vakillaridan ekanligiga ishora qilib o‘tgan. Asarning Sayfiddin Boxarziy tomonidan amalga oshirilgan tarjimasidan ma’lum bo‘ladiki Ahmad ibn Mahmudning nazm yo‘nalishida ham iste’dodi bo‘lgan1. Tasavvufdagi tariqat silsilasi bo‘yicha hanafiy mazhabining naqshbandiya tariqati vakili hisoblanib, Xoja Muhammad Porso rahmatullohi alayhning muridlaridan biri bo‘lgan. Muin al- Fuqaro “Tarixi Mullozoda” kitobining o‘n yettinchi sahifasida yaqinlik va uzoqlik ruhlar olamida birdir deb yozar ekan bu to‘g‘rida o‘z shayxining fikrlarini ham zikr etib o‘tadi: “Ulug‘ valiy zot Mavlono Xoja Porso Muhammad bin Muhammad al-Hofiziy al-Buxoriy qaddasallohu sirrahu bu fikrni (yaqinlik va uzoqlik ruhlar olamida birdir) maqullaganlar”. Mazkur asar soda va ravon tilda tilda yozilgan bo‘lib bayon jihatidan Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asariga o‘xshab ketadi2. Asar muallifining o‘zi ta’kidlaganidek, bu kitobni yozishdan ko‘zlangan bir qancha
Доказательный фрагмент
«Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqara’s “History of Mullozada” is a work that provides brief information about pilgrimage customs, about 160 great scholars, jurists, Sufis, judges, scholars, kings, sultans, and others who a…»
Образец извлечения
Демо-превьюAhmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqara’s “History of Mullozada” is a work that provides brief information about pilgrimage customs, about 160 great scholars, jurists, Sufis, judges, scholars, kings, sultans, and others who a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Muin ul-Fuqara, History of Mullazoda, Library of the Sipokhsolar, Muin ul-Fuqaro, Sipohsolar, Tarixi Mullozoda, rahmatulloh.
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025