Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Metaforalar va ularning badiiy matnlardagi roli
Business Media. · Ahatova Dilshoda
Инновации в современной лингвистике и преподавании языков · 1988
Аннотация
Metaforalar badiiy adabiyotda asarlar va sheʼrlarning yanada taʼsirchan boʻlishini, barcha soʻzlarni mahorat bilan qoʻllay olish mumkinligi shuningdek oʻquvchilar diqqatini tortishi bilan boshqa til uslublaridan farq qiladi.Ushbu maqolada badiiy adabiyotda qoʻllangan metaforalarning tahlili bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Kalit so‘zlar: metafora, badiiy adabiyot, til uslublari, asarlar, sheʼrlar, tahlil. Metafora (yunoncha “metaphora” – ko‘chirish) – biror predmetning belgisini, harakatini yoki holatini boshqa narsa bilan o‘xshashlik asosida bog‘lash natijasida hosil bo‘ladigan majoziy ma’no ifodasidir. Metafora natijasida so‘z yoki iboraning ma’nosi kengayib, yangi ma’no tusini oladi. Quyida biz metaforada ma’no ko‘chish holatini ko‘rib chiqamiz: Inson a’zolarining nomi narsalarga ko‘chish oraqali metafora hosil bo‘ladi. Masalan: ko‘z (odamning ko‘zi) → buloqning ko‘zi. “Ko‘z” so‘zi dastlab insonning ko‘rish a’zosi sifatida tushunilsa, u “buloqning ko‘zi” iborasida suv chiqadigan joyni anglatadi. Bu yerda ko‘z so‘zi “manba”, “boshlanish nuqtasi” ma’nosida ishlatilgan. Inson kiyimlari qismlarining nomlari va hayvon a’zolari nomlari ham o‘xshashlik asosida boshqa narsalarga ko‘chadi va yangi ma’nolar hosil qiladi. Inson kiyimlari qismlarining nomi narsalarga ko‘chishi: yeng (ko‘ylakning yengi) → daryoning yengi. Qush, parranda, hayvon a’zolari nomi narsalarga ko‘chishi: oyoq (insonning oyoqlari) → stolning oyoqlari. 145 Undan tashqari, harakat-holat (fe’l), belgi-xususiyat (sifat)lar ham o‘xshashlik asosida metafora orqali ma’no ko‘chiradi. Masalan: Achchiq: Achchiq qalampir (o‘z ma’nosida) → Achchiq so‘z (metafora orqali ma’no ko‘chishi); Chiroyli: Chiroyli guldasta (o‘z ma’nosida) → Chiroyli muomala (metafora orqali ma’no ko‘chishi);Qurimoq: Ko‘l quridi (o‘z ma’nosida) → Iz quridi (metafora orqali ma’no ko‘chishi). Tilshunoslik va adabiyotshunoslikda metaforalar fikr ifodalashning samarali vositasi sifatida qadrlanadi. Aristotel metaforani “fikrni o‘tkirlashtiruvchi vosita” deb ta’riflagan bo‘lsa, I. A. Baudouin de Courtenay uni tilning asosiy semantik harakat mexanizmlaridan biri deb hisoblagan. G. Lakoff va M. Jonson esa metaforalarni nafaqat badiiy tasvir vositasi, balki inson tafakkurining asosiy mexanizmlaridan biri sifatida tushuntirgan. Ularning fikricha, “til metaforalarga asoslangan va biz dunyoni ularning yordamida anglaymiz” (Lakoff & Johnson, 1980). Metaforalar badiiy asarlarda tasviriy ifodalilikni oshirish, hissiy ta’sirni kuchaytirish va asarning estetik qiymatini oshirish uchun muhim stilistik vosita sifatida xizmat qiladi. Quyida ayrim adabiy asarlardagi metaforalarga misollar keltiriladi: “Shu bevafo dunyoga bir ish qilamiz, Qobilboy” (A. Qodiriy, Mehrobdan chayon). Bu yerda bevafo dunyo atamasi hayotning o‘tkinchiligi va ishonchsizligini tasvirlash uchun qo‘llangan. “Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi” (A. Cho‘lpon, Kecha va kunduz). Bu metafora orqali daraxtlarning yosh novdalari qizlarning o‘rilgan sochlariga o‘xshatilgan, bu esa tabiatning yangilanishi va go‘zalligini tasvirlashga xizmat qiladi. “Chinor” romani (A. Muxtor). Ushbu asarda chinor obrazi uzoq umr, barqarorlik va xalqning tarixiy xotirasini ifodalaydi. Qahramon Ochil buva chinorni “dono suhbatdosh” deb ataydi, bu esa chinorning insonlar uchun qadrli va aziz ekanligini ko‘rsatadi. “Uylar to‘la non, och-nahorim bolam, Ariqlar to‘la suv, tashnayi zorim, bolam” (A. Qahhor, Anor hikoyasi). Ushbu epigraf o'tmishdagi farovonlik va hozirgi qiyinchiliklar o‘rtasidagi ziddiyatni aks ettiradi. Har bir til va madaniyat o‘ziga xos metaforik tizimga ega. Masalan: Ingliz tilida keng tarqalgan metaforalardan biri: “Time is money.” (Vaqt – bu pul.) Ushbu metafora vaqtni tejamkorlik bilan ishlatish kerakligini ta’kidlaydi. Arab tilida qalb bilan bog‘liq metaforalar keng tarqalgan: “Qalbim quyosh kabi nur sochadi.” XX asrga kelib, metaforalar nafaqat adabiy tanqid, balki lingvistika va psixologiyada ham chuqur o‘rganila boshlandi. Ayniqsa, kognitiv lingvistika metaforalarni inson tafakkurining ajralmas qismi sifatida tushuntirdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, metaforalar inson ongi dunyoni qanday tushunishini shakllantiruvchi asosiy konseptual vositalardan biridir. Neyropsixologiya tadqiqotlari ham shuni tasdiqlaydi: metaforalar inson miyasi mavhum tushunchalarni aniq va vizual model orqali tushunishiga yordam beradi (Deignan, 2015). Metaforalar tilning ajralmas qismi bo‘lib, ular adabiy asarlar, kundalik muloqot, reklama va ilmiy tafakkurda muhim rol o‘ynaydi. Ular dunyoni idrok qilishimizni shakllantiradi va inson tafakkurining chuqurligini ochib beruvchi vosita hisoblanadi. Shu sababli, metaforalarni tahlil qilish nafaqat adabiyotshunoslik, balki psixologiya, sotsiologiya va madaniyatshunoslik kabi fanlar uchun ham muhimdir. 146 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Aristotel. (1983). Poetika. Moskva: Nauka. 2. Baudouin de Courtenay, I. A. (1895). Izbrannye trudy po obshche
Доказательный фрагмент
«Metaforalar badiiy adabiyotda asarlar va sheʼrlarning yanada taʼsirchan boʻlishini, barcha soʻzlarni mahorat bilan qoʻllay olish mumkinligi shuningdek oʻquvchilar diqqatini tortishi bilan boshqa til uslublaridan farq…»
Образец извлечения
Демо-превьюMetaforalar badiiy adabiyotda asarlar va sheʼrlarning yanada taʼsirchan boʻlishini, barcha soʻzlarni mahorat bilan qoʻllay olish mumkinligi shuningdek oʻquvchilar diqqatini tortishi bilan boshqa til uslublaridan farq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- til uslublari, badiiy adabiyot, asarlar, стили языка, поэмы, произведения, fiction, metafora, poems, метафора, анализ, analysis, sheʼrlar, works, metaphor, художественная литература, tahlil, language styles
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025