К содержанию
РецензированоUZ2026

Yangi innovatsiyalarining bog‘chadagi bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishda foydalanish

KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA FOYDALANISH · Sanaqulova Sitora Ravshan qizi

Инновации в современной лингвистике и преподавании языков · 2026

Аннотация

Ushbu maqola yangi innovatsion texnologiyalar va usullarni maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llanilishining nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qiladi. Raqamli vositalar, interaktiv o‘yinlar, robototexnika va mobil ilovalar yordamida bolalarning og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligi o‘rganiladi. Pedagogik jarayonda bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati ham ta'kidlanadi. Tadqiqot natijalari innovatsion yondashuvlarning bolalarning sotsializatsiyasi va kollektiva aloqalarda qatnashish qobiliyatini oshirishdagi ta'sirini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta'lim, kommunikativ ko‘nikmalar, innovatsion texnologiyalar, raqamli ta'lim vositalari, interaktiv o‘yinlar, kommunikativ yondashuv, bolalarning sotsializatsiyasi, pedagogik texnologiyalar, kommunikativ rivojlanish. Maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish zamonaviy ta’lim- tarbiya tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bolalarda kommunikativ qobiliyatlarni shakllantirish nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishida, balki jamiyatga muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvida ham asosiy omil hisoblanadi. Bugungi globallashuv davrida raqamli texnologiyalar va innovatsion usullar maktabgacha ta’lim jarayoniga faol joriy etilmoqda, bu esa o‘qitishning interfaolligini va ta’sirchanligini sezilarli darajada oshiradi. Muloqot ko‘nikmalarining samarali rivojlanishi bolalarning dunyoqarashi kengayishiga, o‘z fikrlarini erkin va aniq ifodalashiga, ijtimoiy muhitda o‘zini qulay his qilishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, bolalarning yoshiga mos raqamli ilovalar, interfaol o‘yinlar, virtual va kengaytirilgan haqiqat texnologiyalari ularda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Innovatsion yondashuvlar bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olib, ta’lim jarayonini yanada shaxsiylashtirish imkonini beradi. Mazkur tadqiqotning ilmiy ahamiyati maktabgacha ta’limda yangi texnologiyalar va ilg‘or metodlardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslarini aniqlashda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari maktabgacha yoshdagi bolalarda samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yangi uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin. Maqsad shuki, maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot qobiliyatlarini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyatini o‘rganish va samarador usullarni tavsiya etishdan iborat. Shu orqali ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirishga va bolalarning kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga erishiladi. Tadqiqot davomida maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o‘rganish uchun kompleks yondashuv qo‘llanildi. Quyidagi ilmiy metodlardan foydalanildi: 1. Nazariy tahlil – mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, maqolalar va normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinib, maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi. 101 2. Tajriba-sinov metodi – bolalar bilan o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar davomida turli innovatsion vosita va texnologiyalarning samaradorligi baholandi. 3. Sotsiometrik so‘rovlar – bolalarning ijtimoiylashuv darajasi va jamoaviy muloqotga kirishish qobiliyatlarini aniqlash uchun so‘rov va intervyular tashkil etildi. 4. Eksperiment – innovatsion metodikalarni amaliyotda qo‘llab, bolalar muloqot qobiliyatlaridagi o‘zgarishlar kuzatildi. 5. Statistik tahlil – tadqiqot natijalari miqdoriy va sifat jihatidan baholanib, innovatsion texnologiyalarning bolalar rivojlanishiga ta’siri ilmiy asosda tasdiqlandi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi bo‘yicha turli tadqiqotlar olib borilgan. Vygotskiy L.S., Elkonin D.B., Leontyev A.N. kabi mashhur psixologlar bola psixikasining rivojlanishi jarayonida muloqotning ahamiyati haqida ilmiy asoslangan nazariyalar yaratgan. Shuningdek, Davlatov A., Karimova N., va Qodirova Z. kabi mahalliy olimlarning tadqiqotlarida bolalarning kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirish usullari yoritilgan. So‘nggi yillarda innovatsion texnologiyalarning ta’lim jarayonida qo‘llanilishi, xususan, mobil ilovalar, interfaol o‘yinlar va virtual haqiqat texnologiyalari bo‘yicha zamonaviy izlanishlar olib borilmoqda. Ammo aynan maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalasi hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu sababli, ushbu tadqiqot mavzu yuzasidan yangi ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Mazkur tadqiqot davomida maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning samaradorligi aniqlandi. Quyidagi asosiy natijalar qo‘lga kiritildi: 1. Innovatsion vositalar orqali muloqot ko‘nikmalarining o‘sishi Tajriba-sinov jarayonida bolalarning kommunikativ qobiliyatla

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola yangi innovatsion texnologiyalar va usullarni maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llanilishining nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola yangi innovatsion texnologiyalar va usullarni maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llanilishining nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interaktiv o‘yinlar, коммуникативные навыки, pedagogical technologies, pedagogik texnologiyalar, communicative development, kommunikativ yondashuv, kommunikativ rivojlanish, социализация детей, raqamli ta'lim vositalari, педагогические технологии, коммуникативный подход, communicative approach, innovatsion texnologiyalar, innovative technologies, bolalarning sotsializatsiyasi, Maktabgacha ta'lim, инновационные технологии, Дошкольное образование, интерактивные игры, digital educational tools, socialization of children, kommunikativ ko‘nikmalar, interactive games, communicative skills, Preschool education, коммуникативное развитие, цифровые образовательные средства
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники