К содержанию
РецензированоUZ1994

INKLYUZIV TA’LIM GʻOYALARINI JORIY QILISH: NAZARIYA VA AMALIYOT

Valixanova Nigora Abdukaxxorovna

Interpretation and researches · 1994

Аннотация

Inklyuziv ta’lim ta’limni bolalarga moslashtirish muammosini o‘rganadi. Ya’ni bolani emas, ta’lim mazmunini o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bola o‘z imkoniyati darajasida o‘ziga xos yondashuv asosidagi ta’lim mazmunini egallashi nazarda tutiladi Maqolada inklyuziv ta’lim gʻoyalarini amalga oshirilish masalalari yoritilgan. Kalit soʻzlar: inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan bola, xalqaro tajriba, inklyuziv madaniyat, individuallik, meynstriling, integratsiya. Xalqaro mutaxassislar orasida “inklyuziv ta’lim” atamasi 1994-yilda Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya va alohida ehtiyojli shaxslar ta’limi sohasidagi tamoyillar, siyosat va amaliy faoliyat toʻgʻrisidagi Salamanka deklaratsiyasida rasmiy qabul qilingan edi. “Inklyuziya”, “inklyuziv ta’lim” atamalari keng qoʻllanishiga qaramasdan, ushbu tushunchalarning mohiyatini aniqlash masalasi hozirgacha bahsli boʻlib qolmoqda. Ta’lim sohasida inklyuziv yondashuvning evolyusiyasi jamiyatning nogironlik toʻgʻrisidagi tushunchasi oʻzgarishiga asoslangan edi: XX asrning 1960-yillari oʻrtasigacha mavjud boʻlgan salomatlik imkoniyati cheklangan odamlarni ajratib qoʻyishni nazarda tutuvchi tibbiy model oʻrniga XX asrning 1980-yillari oʻrtasigacha davom etgan normallashtirish modeli keldi. Bu model salomatlik imkoniyati cheklangan odamlarni jamiyatga integratsiyalashni nazarda tutar edi. Hozirgi vaqtda salomatlik imkoniyati cheklangan bola ta’limidagi toʻsiqlar va muammolar jamiyat ta’lim tizimining atrofdagi odamlar bilan oʻzaro munosabatlari nomukammalligini ~ 602 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ijtimoiy modelga oʻtish tendensiyasi kuzatilmoqda. Agar nogiron o‘quvchilarning ta’lim tizimi nazariyasi haqida gapiradigan bo‘lsak, u holda U.Bronfenbrennerning 1979-yil ishlarini esga olish kerak. Bu olimning fikricha inson rivojlanish jarayonida ya’ni ulg‘ayotgan, o‘sayotgan individ atrof-olamni keng, differensatsiyalashgan va adekvat anglay boshlaydi. Bunday bo‘lishning sababi vaqt o‘tishi bilan bolalar o‘zlarining ijtimoiy muhitlarini o‘zgartirib, harakat va muloqotga katta qiziqish bilan qaraydilar. Shuning uchun ham o‘quvchilarning xulq-atvorlarini nazorat qilish emas, balki ularda o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini rivojlantirish kerak. N.V.Borisova, S.A.Prushinskiy ta’kidlaydilarki, inklyuziv ta’lim tayanadigan ijtimoiy modelga koʻra, “nogironlikning sababi faqat kasallikning oʻzida emas, balki jamiyatdagi mavjud jismoniy (ijtimoiy tuzilmalar va tartiblarga doir) va tashkiliy (munosabatlarga doir) toʻsiqlar, stereotiplar va notoʻgʻri qarashlardir”. S.V.Alexinaning fikricha, “inklyuziya – ijtimoiy munosabatlarni insonparvarlashtirish va imkoniyati cheklangan shaxslarning birgalikda sifatli ta’lim olishga huquqlarini tan olish maqsadlarini tushunishning bir xil ma’noda boʻlishini nazarda tutuvchi ijtimoiy konsepsiya” hisoblanadi. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning xalqaro tajribasi uzoq muddatli izchil, uzluksiz, bosqichma-bosqich va kompleks yondashuv xususiyatiga ega strategiya sifatida 1960-yillardan hozirgi kunlargacha amalga oshirilmoqda. Xorijda inklyuziv ta’limni joriy qilish tajribasining tahlili shuni koʻrsatdiki, uning rivojlanishi turli mamlakatlarda nogiron bolalarning ta’lim olish huquqlarini amalga oshirishga, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va manfaatdor doiralarda inklyuziyani tashkil qilish muammolarini muhokama qilishga yoʻnaltirilgan fuqarolik munosabatining shakllanishidan boshlangan. Inklyuziv ta’limni joriy qilish jarayonida toʻsiqlarsiz muhitni tashkil qilish qiyinchiliklarigina: panduslar borligi, maktabning bir qavatli dizayni, umumiy foydalanish joylarini qayta jihozlash, shtatlar jadvaliga mutaxassis defektologlarni kiritishgina emas, balki “keng tarqalgan stereotiplar va notoʻgʻri tushunishlar, shu ~ 603 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya jumladan, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalarning integratsiyaga tayyorligi yoki rad etishidan iborat” ijtimoiy xususiyatli qiyinchiliklar ham mavjud. Shu munosabat bilan inklyuziv ta’lim gʻoyalarini amaliyotga joriy qilish, birinchi navbatda, maktab jamoasi tomonidan inklyuziya qadriyatlarini tan olish, har bir bolani uning “boshlanishdagi” imkoniyatlaridan qat’iy nazar, rivojlanishga ehtiyojini amalga oshirish, individuallikni qoʻllab-quvvatlash zarurligini tushunish bilan bogʻliq ta’lim muaassasasining inklyuziv madaniyatini yaratishni nazarda tutadi. Bir qator chet mamalakatlarning tajribasini o‘rganish jarayonida bizga shu narsa ma’lum bo‘ldiki, taxminan 1970-yillardan boshlab nogironlarning ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida normativ aktlar paketi ishlab chiqildi va joriy qilinmoqda. Shunday qonunlarni va boshqa shunga o‘xshash hujjatlarni hayotga tadbiq etish, sog‘lo

Доказательный фрагмент

«Inklyuziv ta’lim ta’limni bolalarga moslashtirish muammosini o‘rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Inklyuziv ta’lim ta’limni bolalarga moslashtirish muammosini o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
meynstriling, inklyuziv madaniyat, imkoniyati cheklangan bola, integratsiya., individuallik, xalqaro tajriba, inklyuziv ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники