Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
GAPIRISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARINING O‘RNI
ADABIYOT DARSLARINING O‘RNI · Nursulton Shayxislamov
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada o‘quvchilarning gapirish ko‘nikmasini shakllantirishda ona tili va adabiyot darslarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, samarali usullar va amaliy tavsiyalar beriladi. Tadqiqot jarayonida o‘qitishning interfaol usullari, dars davomida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish usullari va zamonaviy ta’lim metodlarining ahamiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: gapirish ko‘nikmasi, ona tili, adabiyot, kommunikativ kompetensiya, interfaol usullar, ta’lim metodlari. Gapirish ko‘nikmasi zamonaviy ta’lim jarayonida muhim kompetensiyalardan biri hisoblanadi. O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq va ravon ifodalashi, muloqot jarayonida ishonch bilan so‘zlashi uchun ularga samarali ta’lim metodlari bilan yo‘naltirish zarur. Ayniqsa, ona tili va adabiyot darslarida ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozim. Ona tili va adabiyot darslarining gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishdagi roli beqiyosdir. Chunki ushbu darslar o‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutq madaniyatiga o‘rgatish, ularning til boyligini oshirish hamda muloqot qobiliyatlarini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Gapirish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bir necha xil usullar bugungi kunda amaliyotda qo‘llanib kelmoqda. Bu usullar nafaqat ona tili yoki adabiyot darslarida, umuman olganda barcha fanlar uchun asqatadi. Lug‘at boyligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Ona tili va adabiyot darslarida yangi so‘zlar, iboralar va maqollar o‘rgatiladi, bu esa o‘quvchilarning nutqini yanada boyitadi. Yangi so‘zlarni o‘rganish faqatgina ularning ma’nolarini yodlash bilan cheklanmay, balki ularni to‘g‘ri ishlatish, kontekstda qo‘llash va turli ~ 584 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya nutqiy holatlarda foydalanishni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, dars davomida badiiy asarlardan olingan murakkab so‘zlar va iboralar izohlanib, ularning muqobil variantlari bilan taqqoslanadi. Shuningdek, o‘quvchilarga turli mavzularda og‘zaki va yozma topshiriqlar berish orqali yangi lug‘at birliklarini amaliy qo‘llash imkoniyati yaratiladi. Masalan, “O‘zbek xalq maqollari” mavzusida o‘quvchilar o‘rganilgan maqollarni real hayotiy misollar bilan tushuntirishadi va bu jarayon ularda nafaqat so‘z boyligini, balki nutq ravonligini ham oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, interfaol o‘yinlar, masalan, “So‘z zanjiri”, “Kim ko‘p sinonim ayta oladi?” kabi metodlar yordamida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga ko‘maklashish mumkin. Bu usullar o‘quvchilarning so‘z yodlash jarayonini qiziqarli va samarali qilish bilan birga, ularni mustaqil fikrlashga ham undaydi. Muloqot kompetensiyasini shakllantirish dolzarbligi bilan ajralib turadi. O‘quvchilarning muloqot kompetensiyasini shakllantirish – ularning jamiyatda erkin fikr bildira olishlari, o‘z fikrlarini mantiqiy asoslashlari va samarali muloqotga kirisha olishlariga yordam beradi. Ona tili va adabiyot darslarida bu ko‘nikmalarni shakllantirish uchun interfaol usullardan keng foydalanish zarur. Jumladan, bahs- munozaralar, rolli o‘yinlar va suhbatlar bu borada eng samarali metodlardan hisoblanadi. Bahs-munozaralar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirib, ularga o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilishni o‘rgatadi. Masalan, “Zamonaviy texnologiyalar adabiyotga ta’sir qiladimi?” kabi mavzularda bahs tashkil etish orqali o‘quvchilar o‘z dalillarini keltirish, misollar asosida fikrlarini isbotlash va qarama- qarshi fikrlarni inkor etish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bu jarayon muloqot madaniyatini shakllantirishga ham xizmat qiladi, rolli o‘yinlar esa o‘quvchilarni turli vaziyatlarda o‘zlarini sinab ko‘rishlariga imkon yaratadi. Masalan, dars davomida “Sud jarayoni” sahnalashtirilib, unda turli personajlar rollari bo‘lib o‘ynaladi: ayblanuvchi, guvoh, himoyachi, sudya va boshqalar. Ushbu metod o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini oshirish bilan birga, muloqot jarayonida o‘zini tutish madaniyatini ham shakllantiradi. Suhbat va fikr almashish o‘rganilgan mavzuni tahlil qilish uchun samarador hisoblanadi. Darslarda mavzu bo‘yicha o‘tkaziladigan erkin suhbatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, adabiy asarlar bo‘yicha ~ 585 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya muhokama jarayonida o‘quvchilar bir-birlariga savollar berish, asar qahramonlari xatti-harakatlarini baholash va o‘z qarashlarini ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning muloqot madaniyati va o‘z fikrlarini tushunarli tarzda yetkazish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunday qilib, interfaol usullardan foydalanish natijasida o‘quvchilar nafaqat bilim oladilar, balki real hayotda ham samarali muloqot qila olishga tayyor bo‘ladilar. Shu sababli ona tili va adabiyot darslarida muloqot kompetensiyasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘quvchilarning gapirish ko‘nikmasini shakllantirishda ona tili va adabiyot darslarining o‘rni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘quvchilarning gapirish ko‘nikmasini shakllantirishda ona tili va adabiyot darslarining o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adabiyot, interfaol usullar, ta’lim metodlari., gapirish ko‘nikmasi, ona tili, kommunikativ kompetensiya
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026