Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
ZULFIYA SHE’RLARIDA METAFORANING QO‘LLANILISH USLUBIYATI
Safarova Hamrooy Qahramon qizi
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Til va adabiyot bir-birisiz toʻliq emas. Til adabiyotga “tan” beradi, adabiyot esa tilga “ruh” va yangi hayot. Ushbu hamohanglik madaniy merosni saqlash, milliy fikrni shakllantirish va zamonaviy dunyoda tilning omon qolishi uchun zarurdir. Adabiyot tilni abadiylashtiradi, til esa adabiyotni har doim yangi maʼnolar bilan boyitadi. Ushbu maqolada iste’dodli shoira Zulfiya Isroilovaning “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “Balki”, “Qalbim qolgan edi bu yerda”, “Oltin kuz” she’rlarida keltirilgan metaforik birliklar tahlillari ustida ish olib borilgan va atroflicha yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: til, hamohanglik, birikma, nisbiylik, o‘xshatish, predmet, milliy tafakkur Lingvistika (tilshunoslik) – tilni tizimli ravishda o‘rganadigan fan bo‘lib, adabiyot bilan chambarchas bog‘liq. Adabiyot til orqali ifodalanadigan san’at turi sifatida lingvistik tahlillarsiz to‘liq tushunib bo‘lmaydi. Lingvistika adabiyotda tilning badiiy imkoniyatlarini, uslubiy xususiyatlarini va matnning mazmuniy qatlamlarini ochishda asosiy vosita hisoblanadi. Lingvistika adabiy matnlarning ko‘p qirrali maʼnolarini ochadi ya’ni metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi ma’no ko‘chish turlari tili orqali yaratiladi. Lingvistika adabiyotni tahlil qilishda kalit vazifasini oʻtaydi: u yordamida muallifning til tanlovlari, matnning mazmuniy qatlamlari va badiiylik sirlari ochiladi. Adabiyotshunoslik va lingvistikaning uyg‘unligi nafaqat klassik asarlarni yangicha talqin qilish, balki zamonaviy adabiyot rivojiga ham hissa qo‘shadi. Til – adabiyotning asosiy materiali, lingvistika esa uni tushunishning ilmiy asosidir. ~ 560 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Metafora bu yunoncha so‘z bo‘lib, “ko‘chirish” degan ma’noni anglatadi. Metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chirilishini quyidagi usullar orqali ko‘rib chiqamiz: a) ifodalanayotgan predmetlar (hodisalar) o‘rtasidagi shakliy o‘xshashlik asosida: burun (“odamning burni” -bosh leksik ma’no) –burun (“choynakning burni” –hosila ma’no); b) ikkita belgi-xususiyat o‘rtasidagi nisbiy o‘xshashlik asosida: tez (“oz vaqt ichida, darrov” – bosh leksik ma’no: Majlis tez tugadi.) –tez (darrov achchiqlanadigan, jizzaki” – hosila ma’no: tez odam); d) narsa-predmetlarning u yoki bu qismlarini o‘rin nuqtayi nazaridan o‘xshatish asosida: bosh (“tananing bo‘yindan yuqoridagi qismi” –bosh leksik ma’no: odamning boshi) – bosh (“tik narsalarning tepa qismi” –hosila ma’no: Shamol bo‘lmasa, daraxtning boshi qimirlamaydi); c) bajarilgan yoki bajariladigan ish-harakatlar o‘rtasidagi nisbiy o‘xshashlik asosida: urmoq (“qo‘l yoki biror predmet vositasida zarba bermoq” – bosh leksik ma’no: Bektemir miltiq qo‘ndog‘i bilan uning peshonasiga bir urdi.) – urmoq (“tanqid qilmoq” - hosila ma’no: Ota-buvamni kovlab, gazetaga urib chiqishdi). Metaforalar badiiy adabiyotda ham qo‘llaniladi. Ma’lumki, umuman, nutq jarayonida, xususan, badiiy nuqtda so‘zlar o‘z ma’nosida ham, ko‘chma ma’noda ham qo‘llanilishi mumkin. So‘zning odatiy ma’nosidan o‘zga ma’noda qo‘llanilishi sematik sathdagi og‘ish sanaladi. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarning umumiy nomi ko‘chim deb yuritiladi. Adabiyotshunosligimizda bunga sinonim sifatida yana trop (yun. ko‘chim) termini ham ancha faol qo‘llanadi.44 Mumtoz adabiyotshunosligimizda ushbu tushunchani anglash uchun majoz istilohi qo‘llangan. Qadimdan o‘rganilib kelinishiga qaramay, ilmda ko‘chimlarni tasniflash masalasida hanuz yakdillik yo‘q. An’anaviy tarzda mutaxasislar tomonidan ko‘chimning asosiy turlari sifatida metafora va metanimiya ko‘rsatilib, unga boshqa navlariga shu ikki turning ko‘rinishlari deb qaraladi. Ko‘chimnig badiiy nutqda eng ko‘p va samarali qo‘llanuvchi turi, hech shubhasiz, istiora-metafora hisoblanadi. “So‘z ma’nosining metafora usulidagi ko‘chisida narsa-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi. Mohiyatiga qaragan holda qadimdan metaforani “siqiq o‘xshatish”, “yashirin o‘xshatish” deb atash urfga kirgan. Buning sababini yorqin tasavvur qilish uchun 44 B.Jo‘rayeva, O.Sharipova. “Metaforaning tilshunoslikda namayon bo‘lishi” Buxoro davlat universiteti. ~ 561 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya metaforaning yuzaga chiqish mexanizmini kuzatish kifoya: ikki narsa-hodisa bir- biriga o‘xshatiladi, so‘ng o‘xshatilayotgan narsani anglatuvchi so‘z tushuriladi-da, o‘xshayotgan narsani anglatuvchi so‘z bilan o‘xshatilayotgan narsa aytiladi. Masalan, hazrat Navoiy “Nuni dog‘i anbarin hilolingg‘a fido” deganda oshiq “jon”idagi “nun”ni yorining qoshiga fido etishga tayyorligini nazarda tutadi. Ya’ni bunda yorning qoshi “hilol” –yangi chiqqan oyga o‘xshatiladi-da, o‘xshayotgan narsa (hilol) ni anglatuvchi so‘z o‘xshatilayotgan narsa (qosh) ni anglatuvchi so‘z o‘rnida ishlatiladi. Ko‘ryapmizki, bunda o‘xshatish amali bor, biroq o‘xshatilayotgan narsa (q
Доказательный фрагмент
«Til va adabiyot bir-birisiz toʻliq emas.»
Образец извлечения
Демо-превьюTil va adabiyot bir-birisiz toʻliq emas. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- milliy tafakkur, til, predmet, hamohanglik, o‘xshatish, birikma, nisbiylik
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026