American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
ALISHER NAVOIYNING “ARO” RADIFLI G`AZALINI TASVIRLAR BILAN INTEGRATSIYA QILGAN HOLDA O`RGANISH
Dilnoza Nishanova Xamidjon qizi
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “ Badoye ul-vasat” devoniga kiruvchi “Aro” radifli g`azali tasvirlar bilan integratsiya qilgan holda o`rganishga bag`ishlangan.Shuningdek,g`azal tahlil qilish bosqichlari,ularda qo`llangan she`riy san`atlar hamda ohoriy so`zlarning g`azal badiiyatini ochib berishdagi ahamiyati,umumiy xulosalar tilga olinadi. Annotation: This article is dedicated to the study of Alisher Navoi`s ghazal with the refrain “Aro” which is included in his collection “Badoye ul- vasat”,integrating it with descriptive elements.Additionally,the stages of ghazal analysis,the poetic techniques employed,as wel as the significance of vivid words in revealing the beauty of the ghazal,will be discussed and summarized. Kalit so`zlar:g`azal,tahlil,ishq,integratsiya,vazn,qofiyalar tizimi,radif,she`riy san`atlar,nasriy bayon,sharh,tasavvuf. Keywords:ghazal,analysis,love,integration,poetic meter,rhyme system, refrain, poetic arts, prose expression, commentary, Sufism. G`azal janri uzoq yillar mobaynida mumtoz adabiyotimizning eng sara namunasi hisoblanib,bugungi kunda ham o`zining salmog`i va badiiyati jihatidan yangilik belgisini saqlab kelmoqda.Adabiyot darsliklariga nazar tashlar ekanmiz,unda lirik janrning turli xil ko`rinishlariga duch kelamiz.Xususan,oltinchi sinfdan boshlab o`quvchilar nafaqat she`rlarga,balki ruboiy,qit`a,tuyuq,fard,g`azal janrlardagi ijod mahsuli bilan ham yuzlashadilar.Tabiiyki,bu jarayon o`quvchilarda mavzuni yaxshi tushunmaslik,adibning aytmoqchi bo`lgan fikri tub mohiyatini anglamaslik,tarixiy ~ 535 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya so`zlarni idrok eta olmaslik kabi muammolar qarshisida qoladilar.Bu holat ularni adabiyot fanidan uzoqlashishga olib kelishi mumkin.Chunki bugungi taraqqiy etgan axborot asrida murakkab tushunchalarni o`zlashtirishdan ko`ra osondek tuyilgan,ammo ma`no jihatidan ichi bo`sh bo`lgan tushunchalar insonlar e`tiborini o`ziga jalb etmoqda.Bunday vaziyatda Til ta`limi ustozlari oldida dolzarb bo`lgan masala yuzaga kelishi tabiiy hol..Endi ular mavjud tizimni anglagan holda o`quvchilarga mumtoz janrda yaratilgan asarlarni qulay va zamon bilan hamnafas qiluvchi metodlar va didaktik o`yinlarni,ta`lim texnologiyalarini ishlab chiqishga ham dars jarayonlarida tatbiq etishga mas`uldirlar. Hozirgi davrda g`azallarni o`rganish bir qator amaliy ahamiyatga ega: Madaniy Tilning Fikr va merosni rivojlanishi his-tuyg`u saqlash 1.Madaniy merosni saqlash-g`azallar an`anaviy adabiyotimizning muhim qismidir va ularni o`rganish bizning madaniy yodgorliklarimizni asrash hamda kelajak avlodlarga yetkazish imkonini beradi. 2.Tilning rivojlanishi-g`azallar yordamida tilni o`rganish va rivojlantirish,ayniqsa,so`z boyligini oshirish va tilda estetik ifodalarni tushunishda foydalidir. 3.Fikr va his-tuyg`u- g`azallar inson ruhiyat,muhabbat,g`am-qayg`u va tafakkurni ifoda etuvchi kuchli vosita hisoblanadi.Ularni o`rganish orqali insonlar o`z hissiyotlarini chuqurroq anglashi mumkin. Yuqorida g`azallarning amaliy ahamiyati haqida so`z yuritgan bo`lsak,endigi navbatda ularning badiiy adabiyotda tutgan o`rni haqida mushohada qilib ko`ramiz. Zamonaviy Qadimiy Estetik ifoda tafakkur an`analar ~ 536 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Estetik ifoda-g`azallar nafaqat so`zlar,balki estetik tuyg`ularni ifoda etadi,bu esa adabiyotning badiiy qirralarini kengaytiradi. Zamonaviy tafakkur-g`azallar zamonaviy fikr va tushunchalarni aks ettirishga yordam beradi.Shu tariqa,adabiyotda yangilikka yo`l ochiladi. Qadimiy an`analar-g`azallar qadimiy adabiyotning yangi asarlarida o`z o`rnini topishi va zamonaviy ijodkorlar tomonidan qayta kashf etilishi bilan adabiyot davomiyligini ta`minlaydi.Keling, endi fikrimizni g`azalni tahlil qilish bosqichlari va adabiyotshunos olimlarning bu jarayonga bo`lgan munosabati haqida to`xtalish orqali davom ettirsak.Najmiddin Komilovning “Ma`nolar olamiga safar”* kitobida g`azal janrini sharhlab tushuntirishda asar tilidagi hozirgi kitobxonga tushunilishi qiyin bo`lgan so`zlarning lug`atini berish; baytlarning nasriy bayonini taqdim etish;g`azalning umumiy mazmun-ma`nosi,badiiy xususiyatlari ustida mulohaza yuritish kerak ekanligini ta`kidlaydi. Intizor Jumaniyozova esa o`zining “G`azal tahlilida yangicha yondashuv”* deya nom olgan maqolasida g`azalni “Aqliy jadval”ga solib,zamonaviy usulda quyidagicha tahlil qilib beradi: G`azal mavzusi Ishq G`azalning g`oyasi Allohga bo`lgan muhabbat Qofiyasi Ravonni,jonni,do`konni,jahonni Bahri Ramal Radifi Na qilay She`riy san`atlar Ta`did,talmeh,tashbeh Mening shaxsiy yondashuvim asosida esa g`azal quyidagi ketma-ketlik asosida tahlil qilinganligi ma`qul: G`azal vazni Baytlar Radif tizimi Qofiya She`riy Mazmun raviy san`at ~ 537 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар ш
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “ Badoye ul-vasat” devoniga kiruvchi “Aro” radifli g`azali tasvirlar bilan integratsiya qilgan holda o`rganishga bag`ishlangan.Shuningdek,g`azal tahlil qilish bosqichlari,ularda qo`ll…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Alisher Navoiyning “ Badoye ul-vasat” devoniga kiruvchi “Aro” radifli g`azali tasvirlar bilan integratsiya qilgan holda o`rganishga bag`ishlangan.Shuningdek,g`azal tahlil qilish bosqichlari,ularda qo`ll… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ghazal, analysis, love, integration, poetic meter, rhyme system, refrain, qofiyalar tizimi, g`azal, she`riy san`atlar, radif, nasriy bayon, tasavvuf., vazn, ishq, sharh, tahlil, integratsiya
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016