К содержанию
РецензированоUZ2026

TURLI TIZIMLI TILLARDAGI HAMDARDLIK BILDIRISH NUTQIY JANRIDA GRAMMATIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI

SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI · Begibayeva Farog‘at Baxtiyor qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada turli tizimli tillarda “hamdardlik bildirish” nutqiy janrida grammatik vositalardan foydalanishning sotsiolingvistik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqola rus, ingliz va boshqa tillardagi hamdardlik iboralarining qiyosiy tahliliga asoslangan bo‘lib, bu nutq janrining universal va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Hamdardlik bildirishning grammatik shakllaridan foydalanishda ijtimoiy kontekst, madaniyatlararo farqlar, shuningdek, muloqot ishtirokchilarining jinsi, yoshi va ijtimoiy holati kabi omillarning ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot sotsiolingvistika va pragmatika sohasidagi nazariy tadqiqotlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: sotsiolingvistika, grammatik vositalar, nutqiy janr, hamdardlik bildirish, qiyosiy tahlil, madaniy farqlar, til tuzilmalari, madaniyatlararo muloqot Zamonaviy tilshunoslikda hamdardlik bildirish alohida nutqiy janr turi sifatida ko‘pchilik tilshunoslarning diqqatini tortgan. Ushbu tadqiqotlarning murakkabligi hamdardlik nutqiy janrining ijtimoiy lingvistik hodisa ekanligi bilan ham bog‘liqdir. Shu sababli ham hozirda dunyo tillari misolida hamdardlik bildirishning lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlarini aniqlash ancha ommalashdi[1, B.226; 2, B.164; 3, B.177; 4, B.211; 5, B.232; 6, B.196-200; 7, B.174; 8, B.211] Turli tizimli tillarda, xususan, ingliz, rus tillarida ham hamdardlik bildirish nutqiy janri o‘ziga xos sotsiolingvistik xarakterga ega. Ayniqsa, bu xususiyatlar hamdardlik bildirish matnidagi grammatik vositalardan foydalanish orqali ham o‘z ifodasini topadi. ~ 530 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Turli tizimli tillarda “hamdardlik bildirish” nutqiy janrida darak gaplar, asosan, maqtov, yodga olish, hamdardligini izhor qilish kabi mazmunli nutqiy aktlarni yuzaga chiqarishda faol foydalaniladi. Masalan, Hamdardlik bildirish nutqiy akti: On behalf of the National Assembly of the Republic of Armenia and on my own behalf I would like to extend our sincerest condolences to you, our colleagues of the House of Commons of the Parliament of the United Kingdom, as well as the friendly British people on the passing of Her Majesty Queen Elizabeth II[9]. Maqtov nutqiy akti: Throughout 70-years reign Her Majesty has been a loyal servant to the throne and became a symbol of the United Kingdom, who served her country with unwavering devotion, dignity and wisdom. The Queen Elizabeth II was and will remain the supreme incarnation of empowerment and will not only for the United Kingdom, but for the whole world, including Armenia[9]. “Hamdardlik bildirish” nutqiy janrida buyruq gaplar eng faol grammatik birliklardandir. Buyruq gaplar hamdardlik bildirish, duo kabi nutqiy aktlarni yuzaga chiqarishda yetakchilik qiladi. Masalan, Duo nutqiy akti: May she rest in peace[9]. Hamdardlik bildirish nutqiy akti: Kindly accept the assurances of my highest consideration[9] va hokazolar. Buyruq gaplardan iborat hamdardlik bildirish rasmiy va norasmiy hamdardlik bildirish shakllarida birdek qo‘llaniladi. Masalan, Rasmiy hamdardlik bildirishning kirish qismida: Ingliz tilida: Please accept, Excellency, the assurances of my highest consideration[9]. Rus tilida: Примите глубокие соболезнования в связи с трагическими последствиями нападения террористов на пассажирский поезд в провинции Белуджистан[10] Norasmiy hamdardlik bildirishning yakuniy qismida: Rus tilida: Примите глубокие соболезнования, слова сочувствия и поддержки [11]. ~ 531 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Norasmiy hamdardlik bildirishning kirish qismda: Rus tilida: Примите глубокие соболезнования в связи с кончиной Михаила Ивановича Давыдова [12]. Shuni aytish kerakki, “hamdardlik bildirish” nutqiy janrida marhum yaqinlari hamdardlik bildirishning adresati sanaladi. Ammo, til tizimida marhum yaqinlariga hamdardlik bildirishning transfer usuli, ya’ni kimdandir kimgadir hamdardligini yetkazishni so‘rash usuli ham mavjud. Bu usul ko‘p hollarda rasmiy hamdardlik bildirish shakllarida uchraydi. Masalan, Прошу передать слова искреннего сочувствия и поддержки родным и близким покойного, а также всему народу Намибии[13]kabi. “Hamdardlik bildirish” nutqiy janrida buyruq gaplardan foydalanish jarayonida qabul qilmoq, yetkazib qo‘ymoq kabi fe’llar faol qo‘llaniladi. Ma’lumki, ingliz tilida so‘roq gaplar vositasida buyruq mazmuni tushuniladi. Shu sababli ham “hamdardlik bildirish” nutqiy janrida ingliz tilidagi so‘roq gap shaklidagi iltimos mazmunli gaplar faol qo‘llaniladi. Masalan: Dear Mr. Speaker, would you please, convey my deepest condolences to the Royal Family yoki Excellency, may I once again offer my profound sympathy to you, the people of the United Kingdom, as well as strength and fortitude to the Royal Family. Please accept, Excellency,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada turli tizimli tillarda “hamdardlik bildirish” nutqiy janrida grammatik vositalardan foydalanishning sotsiolingvistik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada turli tizimli tillarda “hamdardlik bildirish” nutqiy janrida grammatik vositalardan foydalanishning sotsiolingvistik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
madaniy farqlar, grammatik vositalar, til tuzilmalari, nutqiy janr, qiyosiy tahlil, sotsiolingvistika, hamdardlik bildirish, madaniyatlararo muloqot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники