К содержанию
РецензированоRU2026

TALABALARNING ONA TILINI O‘RGATISHDA INTERFAOL VA INNOVATSION YONDASHUVLARNI QO‘LLASH METODLARI

Xoliqova Matluba Mardon qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

В данной статье анализируется важность и эффективность интерактивных и инновационных подходов в обучении студентов родному языку, а также возможности сделать процесс изучения языка студентами активным и интересным с помощью интерактивных методов, включающих групповую работу, дискуссии, игры и современные технологии. Ключевые слова: родной язык, интерактивно-инновационный подход, метод, студент, образование, студент. Annotation. This article analyzes the importance and effectiveness of interactive and innovative approaches to teaching students their native language, and also considers the possibilities of making the language learning process active and interesting for students using interactive methods, including group work, discussions, games, and modern technologies. Key words: native language, interactive and innovative approach, method, student, education, learner. ~ 525 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya KIRISH. Butunjahon hamjamiyatida har bir sohada innovatsion jarayonlar tatbiq qilinayotgan bir davrda biz yoshlarimizning dunyoqarashi intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida dars jarayoniga shiddat bilan innovatsion va interfaol metodlarni izchil tarzda yo‘lga qo‘ya olsak dars jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshira olgan bo‘lamiz va maqsad sari odimlaymiz. Har qanday mamlakatning rivoji ta’lim, ilm-fan bilan bevosita bog‘liqligi asrlar davomida o‘z tasdig‘ini topgan va ayni paytda, yana jahon hamjamiyatining e’tibor markaziga ko‘chgan haqiqat va yechimini ortga surib bo‘lmaydigan hayotiy ehtiyojdir. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat taraqqiyotiga uzviy aloqador bo‘lgan ta’lim sifati va mazmunini takomillashtirish hukumatning maxsus qarorlari, o‘zgaruvchan davr talablari, innovatsion g‘oyalarning so‘nggi yutuqlari asosida yo‘lga qo‘yilmoqda va takomillashtirilmoqda. Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb qaralmoqda. Shunga ko‘ra interfaol metodlar XXI asr ta’limida o‘qitish sifatini yaxshilash, samaradorligini ta’minlashning muhim vositalaridan biri sanaladi. Manbalarni o‘rganish ta’lim tizimida interfaol metodlar ilk bor XX asrning 20-yillarida qo‘llanilganligidan dalolat beradi. V.A.Suxomlinskiy tomonidan o‘tgan asrning 60- yillarida yaratilgan ilmiy ishlarda ham ta’lim tizimiga interfaol metodlarni tatbiq etish tajribasini uchratish mumkin [1]. ASOSIY QISM. XX asrning 70-80-yillarida esa Rossiyada Sh.A.Amonashvili, V.F.Shatalova, Ye.N.Ilina va boshqalar tomonidan ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarda o‘qitishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish yo‘llarini topish borasida olib borilgan ilmiy izlanishlarda ham interfaol metodlarning amaliy ahamiyati, ularni samarali qo‘llash shartlari to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Ta’lim jarayonini interfaol metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo, darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. Dars loyihasini tuzishda o‘qituvchi o‘zining ish shakllari va o‘quvchilarning ko‘nikmasini egallash jarayonidagi ishlari doirasini aniq belgilab olishi lozim. Shuningdek, u qanday o‘qitish metodlaridan foydalanishi ham muhim ahamiyatga ega. Metod tanlashda ~ 526 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ko‘proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Interfaol usullarning 4 asosiy turi mavjud. Bular: – kognitiv usullar; – o‘yinlar, eksperemental faoliyat; – ishbilarmonlik o‘yinlari, modellashtirish; amaliyot orqali o‘qitish, bevosita faoliyat [2]. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o‘tib, yaxshi natija bergan. Keng qo‘llaniladigan usullar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-so‘rov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o‘tilgan mavzuni so‘rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Inse

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируется важность и эффективность интерактивных и инновационных подходов в обучении студентов родному языку, а также возможности сделать процесс изучения языка студентами активным и интересным с п…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируется важность и эффективность интерактивных и инновационных подходов в обучении студентов родному языку, а также возможности сделать процесс изучения языка студентами активным и интересным с п… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
native language, interactive and innovative approach, method, talaba, o‘quvchi., ta’lim, metod, ona tili, interfaol va innovatsion yondashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники