К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI

Yulduz Toshnazarovna Eshmamatova · Gulbahor Abdullayevna Gaynazarova

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Maqola bolalarni maktabga tayyorlashda qo‘llaniladigan zamonaviy hamda samarali texnologiyalariga bag‘ishlangan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv, ijtimoiy va hissiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar va usullar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: ta’lim texnologiyalari, maktabga tayyorgarlik, kognitiv ko‘nikmalar, ijtimoiy rivojlanish, hissiy rivojlanish, maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘yin orqali o‘qitish,loyihalash faoliyati. Bolalarni maktabga tayyorlash ularning ta’lim olish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lib, maktab muhitida muvaffaqiyatli o‘qish va moslashish uchun zamin yaratadi. Bu jarayonda zamonaviy texnologiyalar asosiy o‘rinni egallab, bolalarning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda qo‘llaniladigan asosiy va samarali texnologiyalar, ularning afzalliklari va amaliyotda joriy etish usullarini ko‘rib chiqamiz [1, C. 891-893]. Yetakchi ta’lim texnologiyalaridan biri bu o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanishdir. Interaktiv doskalar, planshetlar va ta’lim dasturlari o‘quv jarayonini yanada qiziqarli va ko‘rgazmali tarzda o‘tish imkonini beradi. Ushbu texnologiyalar bolalarda ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga, xotira,taffakkur va diqqatni yaxshilashga, shuningdek, matematika, o‘qish va yozish bo‘yicha asosiy bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Masalan, o‘qishni o‘rgatish uchun interaktiv ~ 467 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ilovalar harflar, tovushlar va so‘zlar bilan o‘yinlarni o‘z ichiga olishi mumkin, bu esa bolalarga materialni yanada tezroq va samaraliroq o‘zlashtirishga imkon yaratadi [2, C. 144]. Bugungi globallashuv davrida maktabga tayyorlov jarayonida axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish nafaqat bilimlarni taqdim etish jarayonini optimallashtiradi, balki bolalarning qiziqishini oshirib, ularni interaktiv o‘yinlar, audiovizual vositalar va virtual muhit orqali ta’lim olishga jalb etadi. Shu bilan birga, kognitiv rivojlanish va ijtimoiy kompetensiyalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ilg‘or metodlar, masalan, STEAM-ta’lim, o‘yin shaklidagi mashg‘ulotlar va robototexnika asosidagi dasturlar bolalarning kelajakdagi ta’limdagi muvaffaqiyatlarini kafolatlash uchun mustahkam poydevor yaratadi O‘yinlar orqali o‘qitish metodikasi ham bolalarni maktabga tayyorlashning muhim elementidir. O‘yin texnologiyalari- bolalar o‘yin orqali o‘rganishlari mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi muhitni yaratishga imkon beradi. Masalan,” Namunadagidek yig‘ing” o‘yini bunda bolalar rasmga qarab stuldagi geometrik shakllarni sanoq cho‘plar yordamida yig‘adilar.Harakatli o‘yinlar motorika va koordinatsiyani rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, bolalarni jamoada ishlashga va qoidalarga rioya qilishga o‘rgatadi [3, C. 19-20]. Loyihalash faoliyati bolalarni maktabga tayyorlashning yana bir samarali texnologiyasidir. Loyihalar bolalarga o‘zlarini qiziqtirgan mavzularni mustaqil ravishda o‘rganish, mustaqil ishlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Masalan, "Mening shahrim" mavzusidagi loyiha shahar tarixini o‘rganish, binolar va ko‘chalarning maketlarini yaratish, ish natijalarini taqdim etishni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu bolalarda ma’lumotlarni tadqiq qilish, rejalashtirish va taqdim etish ko‘nikmalari rivojlanishiga zamin yaratadi. Virtual reallik texnologiyalaridan foydalanish bolalarni maktabga tayyorlash uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Ushbu texnologiyada bolalar turli xil predmetlar va hodisalarni o‘rganishlari mumkin bo‘lgan interaktiv va qiziqarli o‘quv muhitini yaratish imkonini beradi. Masalan, muzeylar va tarixiy joylarga virtual ekskursiyalarga chiqish bolalarga o‘rganilayotgan ma’lumotlarni yaxshiroq tushunish ~ 468 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya va eslab qolishiga, shuningdek, ularning fan va tarixga bo‘lgan qiziqishini uyg’otadi [4, C.7-15]. Bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi maktabga tayyorgarlikning muhim jihati bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar bu jarayonga sezilarli hissa qo‘shishi mumkin. Hissiy intellektni rivojlantirish uchun maxsus dasturlar va ilovalar bolalarga o‘z his- tuyg‘ularini anglash va ifoda etishni o‘rganishga, boshqa odamlarning his- tuyg‘ularini tushunishga va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, hamfikrlik va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar va topshiriqlar bolalarga jamoada ishlashni o‘rganish, nizolarni hal qilish va atrofdagilar bilan ijobiy munosabatlarni o‘rnatishga o‘z hissasini qo‘shadi. Montessori yondashuvi bolalarni maktabga tayyorlashda faol qo‘llaniladigan innovatsion metodikalardan biridir. Bu metod bolalarning mustaqil ta’lim olishi va ta’lim jarayo

Доказательный фрагмент

«Maqola bolalarni maktabga tayyorlashda qo‘llaniladigan zamonaviy hamda samarali texnologiyalariga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola bolalarni maktabga tayyorlashda qo‘llaniladigan zamonaviy hamda samarali texnologiyalariga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kognitiv ko‘nikmalar, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktabga tayyorgarlik, o‘yin orqali o‘qitish, hissiy rivojlanish, ijtimoiy rivojlanish, loyihalash faoliyati., ta’lim texnologiyalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники