К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARNING BILISH FAOLIYATINI FAOLLASHTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYASI

ZAMONAVIY TENDENSIYASI · Formanova Shoira Bobonazarovna · Yoʻldosheva Ozoda Baxtiyor qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishning zamonaviy tendensiyalari va kontekstual ta'limning o‘quv jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Kontekstual ta'lim talabaning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan bog‘lash, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Talaba o‘zining kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorlanish jarayonida o‘tmish, hozirgi va kelajakni o‘zaro bog‘lagan faol bilish jarayoniga kirishadi. Ushbu ta'lim metodologiyasi semyotik, psixologik-didaktik, ilmiy va kasbiy talablar asosida tashkil etiladi hamda bu talablar o‘quv jarayonini samarali, mazmunli qiladi. Kalit so‘zlar: bilish faoliyati, talaba, kontekstual ta'lim, kasbiy kompetensiya, semyotik talablar, psixologik-didaktik talablar, kasbiy talablar, o‘quv jarayoni, amaliy bilimlar. Zamonaviy ta'lim tizimida talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu, ayniqsa, kontekstual ta'lim metodikasida o‘z ifodasini topadi. Kontekstual ta'lim talabalarga nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga aylantirish imkoniyatini yaratadi va shu orqali ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradi. O‘quv jarayonida talaba o‘zining kelajakdagi kasbiy faoliyatini modellashtiradi, bu esa uning o‘quv materiallarini nafaqat imtihon topshirish uchun, balki haqiqiy hayotda qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Mazkur maqola kontekstual ta'limning semyotik, psixologik-didaktik, ilmiy va kasbiy talablariga tayanib, talabaning bilish faoliyatini faollashtirishda qanday o‘rin tutishini ko‘rsatib beradi. Bilish faoliyatini ~ 386 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya faollashtirishga qaratilgan metodlarning samaradorligi va ularga boʻlgan ehtiyoj oliy taʻlim sifatini oshirish maqsadida ushbu yondashuvlarga asoslangan koʻplab nazariy ishlanmalarni yuzaga keltirdi. Bugungi kunda faol taʻlim tamoyillarini rivojlantiruvchi eng mashhur nazariyalardan biri bu A.A.Verbitskiy tomonidan ishlab chiqilgan kontekstual taʻlim konsepsiyasidir. Ushbu konsepsiya ayniqsa oliy taʻlim muassasalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u kasbiy taʻlimga yoʻnaltirilgan. Kontekstual taʻlim faoliyat nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariyaga koʻra, shaxs ijtimoiy tajribani oʻzlashtirish jarayonida faol va maqsadli faoliyat olib boradi. A.A.Verbitskiyning talqiniga koʻra, kontekstual taʻlim faol taʻlimning kontekstual turi sifatida qaraladi. Ushbu konsepsiya quyidagi tamoyillarning amalga oshirilishini nazarda tutadi: shaxsning faolligi – talabaning bilim olish jarayonidagi ishtiroki mustaqil va faol boʻlishi lozim; muammoli yondashuv – oʻquv jarayonida muammoli vaziyatlar yaratish orqali mustaqil fikrlashni ragʻbatlantirish; taʻlim va tarbiyaning uzviyligi – taʻlim jarayonining shaxsiy va axloqiy jihatlarini birlashtirish; kasbiy faoliyat mazmuni va sharoitlarini bosqichma-bosqich modellashtirish – talabalar uchun real kasbiy vaziyatlarga yaqinlashtirilgan mashgʻulotlarni tashkil etish. Taʻlim jarayonida talabalarni yuqori darajadagi asosiy faoliyat shakllariga bosqichma-bosqich oʻtkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: akademik tipdagi oʻquv faoliyati, nazariy bilimlarni oʻzlashtirish, anʻanaviy maʻruzalar va seminarlar; kvazikasbiy faoliyat, ishbilarmonlik va didaktik oʻyinlar orqali kasbiy sharoitlarga yaqinlashtirilgan mashgʻulotlar; oʻquv-kasbiy faoliyat, ilmiy-tadqiqot ishlari, amaliyot, tajriba va malaka oshirish jarayonlarida ishtirok etish. ~ 387 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Ushbu yondashuv orqali taʻlim jarayonida vazifalar murakkabligi bosqichma- bosqich oshib boradi, bu esa talabalar uchun real kasbiy faoliyatga moslashishni osonlashtiradi. Shuningdek, oʻquv va kasbiy motivatsiya uygʻunligi shakllanadi. Bunday motivatsiya tizimi oʻzaro almashib turadigan taʻlim va kasbiy faoliyat orqali talabalarni yanada faollashtiradi va oʻquv jarayoniga boʻlgan qiziqishni oshiradi [1]. A.A.Verbitskiy taʻrifiga koʻra, kontekst – bu inson ongida va ruhiyatida aks etuvchi ichki va tashqi sharoitlar tizimi boʻlib, insonning hayoti, xulq-atvori va faoliyatiga taʻsir qiladi. Bu tizim insonning konkret vaziyatni idrok etishi, tushunishi va uni oʻzgartirishi jarayoniga yoʻnaltirilgan boʻlib, mazkur vaziyat va uning tarkibiy qismlariga maʻno va ahamiyat beradi. Ichki kontekst insonning individual-psixologik xususiyatlari, bilimlari va tajribasi bilan bogʻliq boʻlib, tashqi kontekst inson ongida va ruhiyatida aks etgan moddiy-madaniy muhit, ijtimoiy munosabatlar, makon-zamon jihatlari kabi omillar bilan ifodalanadi. Taʻlim tizimi nuqtayi nazaridan olganda, olimning fikricha, hayotiy va kasbiy faoliyat konteksti, shuningdek, kasbiy kelajakni shakllantiruvchi predmetli- texnologik, ijtimoiy hamda axloqiy-maʻnaviy kontekst mos ravishda psixolo

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishning zamonaviy tendensiyalari va kontekstual ta'limning o‘quv jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishning zamonaviy tendensiyalari va kontekstual ta'limning o‘quv jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
talaba, psixologik-didaktik talablar, : bilish faoliyati, o‘quv jarayoni, kontekstual ta'lim, semyotik talablar, kasbiy kompetensiya, kasbiy talablar, amaliy bilimlar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники