Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
O‘ZBEKISTONDA ZIROBOD ERONIYLARINING URF-ODATLARI VA AN’ANALARI
Nigʻmatullayev Ibrohim Ma’ruf o‘g‘li
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
В статье рассматриваются обычаи и традиции зирaбaдских иранцев в Узбекистане. A также освящено информация о традициях зирабaдских иранцев, связанных с хной. Ключевые слова: зиробадские иранцы, этнос, традиция, обычай, обряд, хна. Annotation: The article provides information as to the customs and traditions of the Zirabad iranians in Uzbekistan. Also, information about khina-related traditions of zirabod iranians is given. Кеy words: zirabad iranians, ethnic group, tradition, custom, ceremony, khina. Koʻpgina Sharq xalqlari oʻrtasida xina o‘simligidan foydalanish qadimdan mashhur boʻlib, xina kosmetika va xalq tabobatida keng qoʻllaniladi. Xina oʻsimligi tarixi juda qadimiy hisoblanadi. Yaqin Sharq musulmonlari olamida xinaning alohida oʻrni boʻlib, undan ayollar bilan bir qatorda erkaklar ham keng foydalanganlar. Oʻrta Osiyo, Eron, Marv va Afgʻonistonning turli hududlaridan koʻchirib keltirilgan tojik tillari turkumiga mansub Kogon shahridagi zirobod “eroniy”larining xina marosimi bilan bog‘liq urf-odatlari o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Eroniy etnik guruhlaridan biri zirobod eroniylari hisoblanadi. Zirobod posyolkasi aholisini (“eronihon ziroboti”) asosini tashkil etib, u Kogon shahridan 3 km janubda joylashgan boʻlib, “Proletarobod” temiryoʻli yaqinida joylashgan. Ular, ~ 248 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya alohida belgilariga koʻra, islomning shialik mazhabiga mansub hisoblanadi. Atrofdagilardan farqli oʻlaroq, ular oʻzlarining o‘ziga xoslik xususiyatlarini saqlab qolganliklari bilan xarakterlanadi. Zirobodliklarning aytishlariga ko‘ra, xina revolyutsiyaga qadar Erondan maxsus (“xoka”) olib kelingan. Xina olib kelish toʻxtatilgandan soʻng, zirobodliklar xinani oʻz hovlilarida yetishtira boshlaganlar [1:107]. Eroniylar marosim o‘tkazishda xinadan foydalanishga alohida e’tibor qaratib, bu marosim “xinobandon” deb ataladi. Xina bilan bog‘liq urf-odatlarga 12 yillik muchal yil hisobi (muljar, muchal) kiradi. Qizlarning birinchi muchal yilida sochlari mayda qilib o‘riladi, qo‘l va oyoqlariga xinadan naqshlar chiziladi, o‘g‘il bolalar faqat o‘ng yoki chap qo‘llarining jimjimlog‘iga xina qo‘yadilar. Qo‘llarga xina qo‘yish an’anasi keksa avlod vakillari muchalini nishonlash vaqtida ham amalga oshiriladi. Yuqoridagilardan tashqari, eroniylarning to‘y marosimlarida ham xina qo‘yish bilan bog‘liq an’ana mavjud bo‘lib, u xinobandon deb ataladi. Buxoro eroniylari to‘y marosimlarining aksariyati, asosan, Buxoroda o‘tkaziladigan marosimlar bilan deyarli bir xil bo‘lib, ayrim o‘ziga xos farqli jihatlarga ega hisoblanadi [2:769]. Zirobodliklar xinani juda qadrlaydilar. Ularni fikriga koʻra, xina baxt-saodat, omad va farovonlik keltiradi. Zirobodlik yoshi ulugʻ insonlarning aytishiga koʻra, qoʻllariga xina qoʻyilgan inson oʻzini tetik, baxtli his qiladi, qalbida yengillik his qiladi [1:108]. Eroniylarda xina qo‘yish marosimi to‘ydan oldingi marosim bo‘lib, unda kelinning kaftlari va oyoqlarini xina bilan naqshli bo‘yash amalga oshirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu an’ana IX asrdayoq mavjud bo‘lgan [3]. Eroniylarda xinadan koʻpincha ayollar, erkaklar, shuningdek qizlar baxtli- saodatli turmush qurishni niyat qilgan holda undan foydalanganlar. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarga jinsidan qat’i nazar ularning qoʻlchalarini xinaga boʻyaganlar. Zirobod eroniylarda ogʻir xastaning qoʻli va tovonlarini xina bilan boʻyash xayrli ish hisoblangan. Bu esa dard, azob-uqubatlarini yengilashtiradi, deb hisoblangan. Ayrim hollarda qazosi yaqinlashgan bemor kafti va oyoq tovonlarini xina bilan boʻyab qoʻyishni yaqinlaridan iltimos qilganlar, bu esa oʻlim oldi ~ 249 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya azoblarini, oʻlgandan keyin esa u dunyo savol-javoblarini osonlashtirishiga ishonganlar. Koʻrinib turibdiki, bu vaziyatda ularning xinaga boʻlgan munosabatlari alohida koʻzga tashlanadi. Xinadan foydalanish ularning diniy e’tiqodlarida ham, keltirib oʻtilgandek, kundalik turmushda, faqatgina pardoz, dori vositasi sifatida emas, balki urf-odat sifatida ham keng foydalanilgan. Eroniylar buni shunday izohlaydilar: xina insonga va uning oilasiga kirib kelayotgan yangi yilda xayr va barokat, farovonlik olib keladi. Qoʻlga xina qoʻyish va sumalak pishirish quvnoq, oʻyin-kulgu bilan birgalikda amalga oshiriladi. Yana Ramazon va Qurbon hayiti, Rajab oyi kunlari ham xina qoʻyish xayrli hisoblanadi. Avvaldan to shu kungacha eroniylarda xinadan foydalanish toʻy arafasida, unashtiruv marosimidan keyin (“shirinixuron”, “qandshikanon”) Navroʻz bayrami arafalarida, musulmon bayramlari arafasida kuyov kelinning uyiga sovgʻa yuborgan, uning ichida esa albatta xina boʻlardi. 8-mart kuni kuyov kelinga sovgʻa yuborgan. Zirobod eroniylarda bu toʻyoldi xina qo‘yish marosimi kelinchakining uyida oʻtkazilishiga qat’iy
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются обычаи и традиции зирaбaдских иранцев в Узбекистане.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются обычаи и традиции зирaбaдских иранцев в Узбекистане. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- зиробадские иранцы, этнос, традиция, обычай, обряд, urf-odat, an’ana, marosim, xina., zirobod eroniylari, etnik guruh
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025