Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
“TRASSA ARMIYACHILARI” – MARKAZIY OSIYODAN VYAZMA LAGERIGA YUBORILGAN MAHBUSLAR
LAGERIGA YUBORILGAN MAHBUSLAR · Xomidov Dilshodbek Ilxomjon o‘g‘li
Interpretation and researches · 1936
Аннотация
Sovet davlati yirik qurilishlarni amalga oshirishda GULAG lagerlaridagi mahbuslarning mehnatidan keng foydalangan. Maqolada Vyazma mehnat-tuzatuv lageri, undagi Markaziy Osiyoliklar haqidagi ma’lumotlar umumlashtirilgan holda ilk bor o‘zbek tilida ilmiy iste’molga kiritilmoqda. Kalit so‘zlar: GULAG, Vyazma lageri, Moskva-Minsk trassasi, mahbus, qatag‘on. Kirish. Sovet davlati inqirozga uchragach uning qatag’on siyosati, GULAG lagerlaridagi mehnat munosabatlari haqidagi bor haqiqatni oshkor aytish mumkin bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezident Sh.M. Mirziyoyev ajdodlarimiz haqida shunday degan edi “o‘tmishda o‘lkamizni bosib olgan turli yovuz bizni avvalo o‘z tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilishga qayta- qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarixdan yaxshi ma’lum. Ammo jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir sinovlarda ham o‘z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yo‘lda behisob qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zo‘ravonliklarga qaramasdan, o‘z ona tilini – milliy g‘ururini saqlab qoldi”. [1. B. 164] Turli sabablar bilan qamalgan ajdodlarimiz, o‘z ona vatanlariga qaytish uchun qiyin mehnat sharoitlarida ham astoydil harakat qilganlar[2]. ~ 243 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Muammoning o‘rganilganlik darajasi va metodlari. Markaziy Osiyodan GULAG lagerlariga yuborilgan mahbuslarning hayoti va taqdiri t.f.d., prof. R.T. Shamsutdinov[3], J.Xasanovlarning[4] tadqiqotlarida yoritilgan. Biroq ularning tadqiqotlarida Markaziy Osiyodan Vyazma lageriga yuborilgan mahbuslarning hayoti va faoliyati alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmagan. Tadqiqotda muammoviy-xronologik metoddan foydalanildi. Tadqiqot natijalari. Tarix fanlari nomzodi, Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati a’zosi Oksana Kornilovaning “Как строили автомагистрал Москва – Минск (1936-1941 гг.)” nomli kitobida Moskva–Minsk avtomagistralining qurilish tarixi, unda mahbuslarning mehnatidan foydalanish holatlari har tomonlama ko‘rsatib berilgan. Kitobda Sovet davlati hududida yashagan boshqa millatlar qatori, o‘zbeklarning ham Vyazma lageridagi faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. 1929–1930-yillarning so‘ngida, SSSR Xalq Komissarlari Kengashining 1929-yil 11-iyuldagi “Jinoiy javobgarlikka tortilgan mahbuslarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida” qarori bilan sovet qamoqxona tizimi tarixida “GULAG davri” deb nomlanuvchi davr boshlandi. 1929-yil oxirida G‘arbiy Sibir mintaqasida Sibir mehnat tuzatuv lageri, Uzoq Sharq lageri, Pechora daryosi havzasida Maxsus qo‘riqlanadigan shimoliy lagerlar boshqarmasi tuzildi. Dastlabki lagerlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakat chekka hududlarining tabiiy resurslarini o‘zlashtirish edi. SSSR xalq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha Ikkinchi besh yillik (1932–1937) rejasida “mahalliy budjet xisobiga yo‘l qurilishini kengaytirish” belgilab berildi. Keyinchalik, “Yo‘l qurilishiga ishlatiladigan sarf harajatni maksimal darajada kamaytirish” maqsadida SSSR NKVD 1936-yil 10-yanvarda “Yo‘l qurilishida yollanib ishlayotgan ishlayotgan ishchi kuchini mahbuslar bilan almashtirish” to‘g‘risidagi №0012 qarorni qabul qildi. 1936-yil 5-fevralda SSSR NKVDning №0050 mutlaqo mahfiy qarori bilan Moskva-Minsk va Moskva-Kiyev dastlabki magistral yo‘llari qurilishi boshlandi. Bu magistral yo‘llarni qurish uchun Vyazma va Kaluga mehnat-tuzatuv lagerlari tashkil etildi. ~ 244 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Lagerda chop etilgan “За автомагистрал” gazetasida mahbuslar “Трассоармейсы” ya’ni, “Trassa armiyachilari” deb atalgan. Gazetada lagerda mehnat qilayotgan mahbuslar haqida ayrim ma’lumotlar berilgan. Masalan, gazetaning 30-sonida “milliy kolonnada mehnat qilayotgan mahbuslarning “S” shtabiga ko‘chma qizil bayroq berildi” va 7-bo‘linma 7-kolonnasi shifokor yordamchisi Makarovskiy 12 kundan beri ishga chiqmadi, kasal sifatida o‘ziga murojaat qilgan mahbuslarning hammasini yolg‘onchilikda ayblamoqda” degan xabarlarni o‘qishimiz mumkin. 1937-yil oktyabrida Vyazma lagerida 31615 nafar mahbus bo‘lgan, ulardan 1199 nafari o‘zbek, 239 nafari qozoq, 112 nafari tojik, 104 nafari turkman, 500 nafari qirg‘iz, 1342 nafari turk millatiga mansub deb ko‘rsatilgan. Bu o‘rinda yana bir faktni ham qayd etish kerakki, sovet davlatida ozarbayjon, turkman, qozoq va o‘zbeklar ham turk deb qayd etilgan. 1938-yil mart-aprel oylarida lagerga O‘zbekiston SSRdan bir ming nafar, Qozog‘istondan 2 ming nafar mahbus yuborilgan. 1938-yil mart-aprel oylarida Vyazma lageriga yuborilishi kerak bo‘lgan 14900 nafar mahbuslardan 3900 nafari (26 foizi) Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tatariston va Boshqirdiston respublikalaridan jo‘natilishi lozim edi. 1938 yil iyunida lagerga kelgan 10 ming mahbusdan 2
Доказательный фрагмент
«Sovet davlati yirik qurilishlarni amalga oshirishda GULAG lagerlaridagi mahbuslarning mehnatidan keng foydalangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюSovet davlati yirik qurilishlarni amalga oshirishda GULAG lagerlaridagi mahbuslarning mehnatidan keng foydalangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qatag‘on., GULAG, Vyazma lageri, mahbus, Moskva-Minsk trassasi
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025