К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘RTA OSIYO YOG‘OCH O‘YMAKORLIGI TARIXI

To‘ramirzayev Rustamjon Abdusalomovich · Турамирзаев Рустамжон Абдусаломович

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

This article covers the historical development of the art of Central Asian woodcarving. From ancient times, the processes from archaeological finds of the BC period to the Timurid period and modern Uzbekistan are studied. The social, religious and aesthetic significance of the art is considered, as well as the specific features of regional schools such as Tashkent, Khiva, Samarkand, Kokand, Fergana and Bukhara. Information is provided about famous masters and their heritage, the place of woodcarving today. The article emphasizes the importance of this art, which reflects the richness of Central Asian culture. Keywords: Woodcarving, Central Asia, Ancient art, Timurid period, Regional schools, Geometric patterns, Plant motifs, Khiva school, Bukhara style, Modern heritage. Yog‘och o‘ymakorligi O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatida muhim o‘rin tutgan qadimiy san‘at turlaridan biridir. Bu san‘atning ildizlari ming yillik tarixga borib taqaladi va hududning ijtimoiy, diniy va estetik qadimiyatlarini o‘zida aks ettiradi. O‘rta Osiyoda yog‘och o‘ymakorligi me’morchilik, uy-ro‘zg‘or buyumlari va diniy ~ 233 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya marosimlarda keng qo‘llanilgan bo‘lib, uning o‘ziga xos uslublari va naqshlari mintaqa madaniyatining boyligini namoyish etadi. O‘rta Osiyoda yog‘och o‘ymakorligining ilk namunalarini miloddan avvalgi davrlarga oid arxeologik topilmalar orqali ko‘rish mumkin. Masalan, Zarafshon vodiysi va Surxon vohasida topilgan qadimiy yog‘och buyumlar bu san‘atning dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlangan davrlarda shakllanganidan dalolat beradi. Bronza davrida (miloddan avvalgi 3–2-ming yilliklar) yog‘ochdan tayyorlangan oddiy asbob-uskunalar va uy jihozlari asta-sekin naqshlar bilan bezatila boshlagan. Bu jarayonda tabiiy motiflar – o‘simlik shakllari, hayvonlar tasvirlari keng tarqalgan edi. Islomdan oldingi davrda, xususan, Movarounnahrda yog‘och o‘ymakorligi diniy e’tiqodlar bilan chambarchas bog‘liq edi. Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida VIII asrda eshiklar va ibodatxona jihozlari o‘yma tasvirlar bilan bezatilgani haqida ma’lumot beriladi [5, B.12]. Biroq, yog‘ochning tashqi muhit ta’siriga chidamsizligi tufayli bu davrga oid ko‘p asarlar bizgacha yetib kelmagan. Islom dinining O‘rta Osiyoga tarqalishi (VII–VIII asrlar) yog‘och o‘ymakorligi san‘atida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu davrda tasviriy san‘atga qo‘yilgan cheklovlar tufayli hayvon va inson tasvirlari o‘rniga geometrik shakllar, o‘simlik naqshlari va islimiy uslubdagi bezaklar keng yoyildi. IX–XII asrlarga oid eng qadimiy namunalar orasida Samarkanddagi Qusam ibn Abbos maqbarasi sharafalari va Buxorodagi Sayfiddin Boharziy maqbarasi to‘sinlarini misol qilib keltirish mumkin[3, B. 215]. Bu asarlarda naqshlar murakkabligi, nozik ishlovi va estetik jihatdan yuqori darajada ekanligi bilan ajralib turadi. Temuriylar davri (XIV–XV asrlar) yog‘och o‘ymakorligining “oltin davri” sifatida e’tirof etiladi. Bu davrda Amir Temur va uning avlodlari homiyligida qurilgan madrasa, masjid va maqbaralar yog‘och o‘yma asarlari bilan bezatildi. Masalan, Samarqanddagi Ruhobod maqbarasi va Gur-i Amir eshiklari naqshlari o‘sha davr ustalari mahoratini yaqqol ko‘rsatadi. Naqshlarda o‘simliksimon tasvirlar, arabcha xattotlik va murakkab geometrik shakllar uyg‘unlashib, o‘ziga xos uslubni shakllantirdi [3, B. 98]. ~ 234 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Vaqtlar o‘tib, O‘rta Osiyoda yog‘och o‘ymakorligining rivojlanishi bilan turli mintaqalarda o‘ziga xos maktablar vujudga keldi. Toshkent, Xiva, Qo‘qon, Farg‘ona va Buxoro uslublari o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi: Toshkent maktabi: Yassi bo‘rtmali, zaminsiz chizmalar bilan mashhur. Ustalari soddalik va ravonlikka e’tibor bergan. Xiva maktabi: Mahobatli va naqshlarning maydaligi bilan ajralib turadi. Xiva ustalar yog‘ochning tabiiy rangini saqlab, bo‘yashdan saqlangan. Samarqand maktabi: Zamin va bo‘rtma naqshlarni loklash usuli bilan tanilgan. Qo‘qon va Farg‘ona maktabi: Chuqur yassi bo‘rtma naqshlar va rang-barang bo‘yoqlardan foydalanish bilan mashhur. Buxoro maktabi: O‘yma naqshlarni oltin va kumush suvi bilan bezash, zaminni rangli bo‘yoqlar bilan boyitish odat tusiga kirgan. XX asrda esa naqshlarni bir necha qavat bo‘rtma shaklida o‘yish usuli rivojlanib, san‘at yanada murakkab va jozibali tus oldi. O‘rta Osiyo yog‘och o‘ymakorligida ko‘zga ko‘ringan ustalar ko‘p bo‘lgan. Xiva maktabidan Ota Polvonov (1867–?) o‘ymakor ustunlar va qo‘shtabaqa eshiklar yasashi bilan mashhur bo‘ldi[1, B. 12]. Uning bobosi Abdusattor va otasi Polvon ham o‘z davrining yetuk hunarmandlari edi. Bog‘bek Abdurahmon o‘g‘li (1873–1954) Xivadagi Isfandiyorxon qabulxonasi va Islomxo‘ja madrasasi qurilishida ishtirok etgan. Uning o‘g‘li Sapo Bog‘bekov (1904–19

Доказательный фрагмент

«This article covers the historical development of the art of Central Asian woodcarving.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article covers the historical development of the art of Central Asian woodcarving. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Woodcarving, Central Asia, Ancient art, Timurid period, Regional, O‘rta Osiyo, Buxoro uslubi, O‘simlik motiflari, Yog‘och o‘ymakorligi, Geometrik naqshlar, Qadimiy san‘at, Mintaqaviy maktablar, Temuriylar davri, Zamonaviy meros., Xiva maktabi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники