Иностранная филология: язык, литература, образованиеИрода Баенханова2019
O‘ZBEKSTON VA ISLOM TARAQQIYOT BANKI O‘RTASIDAGI HAMKORLIK ALOQALARI
HAMKORLIK ALOQALARI · Mamajonova Muslimaxon
Interpretation and researches · 1973
Аннотация
Maqolada “Islom Taraqqiyot Banki” ning tashkil topishi va uning O‘zbekiston Respublikasi bilan olib borilayotgan ishlari xususan moliyaviy shartnomalar va ularning yo‘nalishi hamda ko‘zlangan maqsadlari shuningdek munosabatlari haqida yoritilgan. Kalit so‘zlar: Islom taraqqiyot banki, musulmon davlatlari, ta’lim, moliya, rivojlanish, aloqalar, iqtisodiy birdamlik kabi siyosiy tushunchalarni o‘rganamiz. O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda jadal iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Biz ushbu maqola orqali O‘zbkiston va Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi shartnomalarni va ularning tahlilini ko‘rib chiqamiz. Islom Hamkorlik Tashkilotining tarkibiy qismiga kiradigan Islom Taraqqiyot Bankining siyosiy jarayonlarga taʼsiri haqida qisqacha toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, Islom taraqqiyot banki (ITB) xalqaro moliya tashkiloti bo‘lib, 1973 – yilning 18 - dekabr kuni Islom Hamkorlik Tashkilotining (IHT) mamlakatlari ichida moliya vazirlari yig’ilishlarining qaroriga ko‘ra ta’sis etilgan va 1975 – yil oktyabr oyida o‘z faoliyatini boshlagan moliyaviy tashkilotdir. 2014 - yilning iyunida ITBning yillik yig’ilishida bank faoliyati boshlanganing 40 yilligi nishonlandi. Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zosi bo‘lgan har bir mamlakat Islom Taraqqiyot Banki a’zosi bo‘lish huquqiga ega. Bank tashkil etilayotgan vaqtda ITB ga ishtirokchi a’zo davlatlar soni 57 taga yetgan edi10. 10 Tog’ayeva D.M. Islom taraqqiyot banki va O’zbekiston: iqtisodiy diplomatiya taraqqiyoti yo‘lida.// "Экономика и социум" №3(82) ч.1 2021. -B.294 ~ 216 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Qayd etish zarurki, yurtimiz Islom taraqqiyot bankiga 2003-yilda aʼzo boʻlgan. Shu yillar mobaynida jami 2,5 milliard dollardan ortiq 30 ta yirik investitsiya loyihasi maʼqullanib, loyihalar doirasida maktablar, arzon uy-joylar, avtomobil yoʻllari, elektr va ichimlik suvi tarmoqlari qurilib, sogʻliqni saqlash muassasalari zamonaviy jihozlangan11. Dunyo mamlakatlaridagi iqlim oʻzgarishlari, yirik migratsion jarayonlar, tabiiy resurslar va oziq-ovqat yetishmovchiligi kabi sinovli holatlar ham Prezidentimiz eʼtiboridan chetda qolmadi. Bu borada bank faoliyatini takomillashtirish boʻyicha asosli takliflar mamlakat rahbari tomonidan bildirib oʻtilgani barcha tomonlar uchun manfaatli boʻldi. Prezidentimiz tomonidan taʼkidlanganidek, ushbu xalqaro anjuman bank doirasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi va aʼzo mamlakatlar xalqlarining umumiy farovonligiga katta hissa qoʻshishiga ishonch bildirilmoqda. Shu oʻrinda xalqimiz farovonligi yoʻlida Oʻzbekiston tanlagan yoʻl nega aynan Islom taraqqiyoti banki bilan tutashmoqda degan savolga javob izlaymiz. Aytish kerakki, gʻarb namunasidagi banklardan farqli oʻlaroq islom banki islom qoidalariga qatʼiy rioya qilish boʻlib, kreditlashtirishdan foiz olishni taqiqlaydi. Barcha islom moliya institutlari shunday tashkillanganki, ular mijozlarga berayotgan kreditidan foiz olmaslik shartini bajargan xolda oʻz faoliyatlaridan daromad oladilar. Maʼlumki gʻarb mamlakatlari banklari pul mablagʻlarini oldi-sotdisi bilan shugʻullanadilar va bunda foizlangan holda naf (foyda) koʻradilar. Islom banki esa moliyaviy biznesning kredit asosini investitsiyaga koʻchiradi. Islom banki faoliyatini asosiy prinsipi shundaki, bank yoki uning omonatchisi koʻradigan naf oldindan kafolatlanmagan boʻlib, u tadbirkorning biznesi foydasiga bogʻliq. Islom bankida anʼanaviy bank tizimining asosiy elementi, yaʼni kredit uchun foiz umuman yoʻq. Ushbu bank faoliyatini asosi shunda mujassamlashganki, pul tovar boʻlmaganligi uchun ularni ssuda (kredit) sifatida berilganligi uchungina foyda 11 Shermuhammadov B. O‘zbkiston va islom taraqqiyot banki: Hamkorlik va rivojlanish istiqbollari.// Yangi O‘zbekiston. 07.09.2021. Yana qarang. https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston-va-islom-taraqqiyot-banki-hamkorlik-va- rivojlanish-istiqbollari ~ 217 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya olib rivojlanish mumkin emas. Shu oʻrinda savol tugʻilishi mumkin, u ham boʻlmasa bank mijozga berayotgan kreditidan foiz olmasa, qanday qilib daromad koʻradi? Shu munosabat bilan aytish kerakki, bank daromadni berayotgan krediti sarmoya sifatida yotqizilib, ular real qoʻshimcha qiymat yaratsagina daromad oladilar. Shu oʻrinda Islom bankiga xos boʻlgan bank va investitsion xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirish joiz. “Mushoraka” — bu operatsiyani amalga oshirishda bank bilan tadbirkor ishlab chiqilgan loyihalarni bajarilishini birgalikda taʼminlaydilar. Bank tadbirkor loyihalarining moliyalashtirilishining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Taʼkidlanganidek, foiz olish yoʻq, lekin bank foydani taqsimlashda toʻlaqonli ishtirokchiga aylanadi. Qarz beruvchi loyihada ishtirok etganligi uchun foy
Доказательный фрагмент
«Maqolada “Islom Taraqqiyot Banki” ning tashkil topishi va uning O‘zbekiston Respublikasi bilan olib borilayotgan ishlari xususan moliyaviy shartnomalar va ularning yo‘nalishi hamda ko‘zlangan maqsadlari shuningdek mun…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada “Islom Taraqqiyot Banki” ning tashkil topishi va uning O‘zbekiston Respublikasi bilan olib borilayotgan ishlari xususan moliyaviy shartnomalar va ularning yo‘nalishi hamda ko‘zlangan maqsadlari shuningdek mun… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- aloqalar, rivojlanish, moliya, ta’lim, Islom taraqqiyot banki, iqtisodiy birdamlik kabi siyosiy tushunchalarni o‘rganamiz., musulmon davlatlari
Смежные источники
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеА.Нурмухамедов СамДУ доценти, Илм аҳлига инкор категорияси2017
Иностранная филология: язык, литература, образованиеОйдин Турдиева2016