Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
MODDIIY-MAISHIY HAYOT BILAN BOG’LIQ IZOGLOSSALAR TAHLILI SHEROBOD TUMANI “QIZILOLMA” MAHALLASI MISOLIDA
Ergashova Yasmina
Interpretation and researches · 1991
Аннотация
Tilshunoslikda yangi va rivoj topayotgan sohalardan biri areal lingvistika hisoblanadi. Ushbu maqolada belgilangan areal hudud doitasidagi izoglossalarning qisqacha lug’ati shakllantirilgan bo‘lib, so‘zlar leksik, fonetik, morfemik tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Izoglossa, areal lingvistika, izofon, izomorf, izoleks, dialect, sheva, lahja. O‘zbek tilshunosligida areal lingvistika kam rivojlangan soha. Bu sohada sanoqli ilmiy xodimlargina tadqiqot ishi olib bordilar va bu minimal holat hozir ham saqlanib turibdi. O‘zbekiston Respublikasida areal lingvistikaning lingvistik geografiya yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqotlar nisbatan ko‘proq olib borilgan. Bu borada V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Shermatov, T.Aydarov, Y.Ibrohimov, Q.Muhammadjonov, N.Murodova, Z.Ibrohimovalar faoliyat ko‘rsatdilar. Shu o‘rinda T.Aydarovning tadqiqotlarini ham e’tiborga olish lozim. U o‘zbek tili massivida qozoq tili arealining xususiyatlarini tadqiq etdi. 8 Areal tadqiqotlarning ma’lum bir davrda olingan lisoniy hodisa (qonuniyat)ning qarindosh va yondosh tillar amalda bo‘lgan turli hududlarni aniqlash hamda bu hududlarni bir arealga lisoniy hodisaning tarqalish maydoniga birlashtirishdir. Uning tadqiq usuli sifatida turli mintaqalarddagi til shevalarida o‘xshash hodisalarni aniqlash va ularning qo‘llanish maydonini aniq belgilashdan iboratdir.9 Areal lingvistikada tayanch bo‘ladigan bir necha tushunchalar bor. Bular areal, izoglossa, takson, innovatsiya, zona, kontinuum va boshqalardir. Lingvistik 8 Айдаров, Т. 1991. Проблемы диалектной лексикологии и лингвистической географии. Алма-Ата: Рауан. 9 Murodova N. O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal tadqiqi – T:, Fan. 2006. 222-b. ~ 209 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya geografiya shevalarni o‘rganishning bir metodi hamdir. Lingvistik geografiyani qo‘llash orqali shevalardagi izoglossalar belgilanadi. Izoglossa lotincha izo -teng, glossa- til degan ma’nolarni bildiradi va bir dialekt yoki lahja doirasidagi yoki bir til, qarindosh tillardagi fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarni o‘xshashlik darajasiga ko‘ra shartli belgilarda turli ranglardan foydalangan holda xaritada belgilab chiqiladi. Surxondaryo viloyati, xususan, Sherobod tumani o‘ziga xos dialektik farqlanishlari bilan ajralib turadi. Asosan, qipchoq shevasiga mansub aholi istiqomat qiluvchi “Qizilolma” mahallasida buning yorqin misolini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu arealdagi izoglossalar quyidagicha tasniflab o‘rganildi: Uy-ro‘zg’or va xo‘jalikda ishlatiladigan izoleks nomlar: tom – uy, manja/kichchi karavut – bir kishilik qattiq sim to‘r tutilgan kravat. Tirnaq shoxa – xaskash, panshoxa – xaskashdan ko‘ra kattaroq besh tishli xaskash; somon va hokazolarni to‘plash uchun ishlatiladi, misrapka – go‘sht qiymalagich, keli – hovoncha, chaydish/chovka – chovgun, qumg’on, shiraxolat/shirayetak – fartuk, belcha – xokandoz, pilatensa – sochiq, umvalnik – qo‘l yuvgich, jomilchi – yopinadigan katta ko‘rpa, qorma – mollarga somonni qaynoq suvga ivitib, kepak sepib maxsus tayyorlangan yem, ko‘mma – itlar uchun tayyorlangan tandir cho‘g’iga ko‘mob pishirilgan non, ko‘pkan – tandir non, halinchak – arg’imchoq, satil – chelak, qirg’ich – kapkirt, katalak - kastryulka. Izofon nomlar: piyala – payola, kasa – kosa, shibirtki – supurgi, dostiq – yastiq, ottova – oftoba, tilbizir – televizor, tobaq – tovoq, vo‘chaq – o‘choq, qoychi – qaychi, yeshik – eshik, dostirxan – dasturxon, tarilka/lali – tarelka/lagan, pichaq – pichoq, vo‘xlov – o‘qlov, to‘rba – to‘rva, toxta – taxta. Izomorf nomlar: tovg’a – tog’ga Izoleks fe’llar: qushur – yop, chiramitlap – tusmollab, taxminla. suv jog’alamoq – suv yoqalamoq, sog’orish jarayonida suvni nazorat qilib turishga nisbatan ishlatiladi; moy jog’ib jemoq – moyni surtib yemoq; Izofon fe’llar: sovdi – sog’di, bayladi – bog’ladi, oytti – aytdi, berib juvardi – berib yubordi, shipir – supur, yeshitmoq – eshitmoq, ko‘baymoq – ko‘pay ~ 210 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Izoglossalarning leksik xususiyatlari. Leksemalar qipchoq shevasining yorqin namunalari bo‘lib, asosan, umumturkiy so‘zlardan tashkil topgan. Ayrim o‘rinlarda rus tilining ta’siri seziladi: malato‘k – bolg’a, varenni - murabbo . Morfemik xususiyatlari. I shaxs ko‘plik –k qo‘shimchasi –q tarzida aytiladi: bordiq – bordik jediq – yedik. Fonetik xususiyatlari. Eng ko‘p uchraydigan holat barcha qipchoq shevasi egalariga xos bo‘lgan J lashish. Shuningdek, O tovusning a ga; a ning o ga o‘zgarish holatlari ko‘p: kasa – kosa, torbiz – tarvuz. O‘ harfi bilan boshlanadigan so‘zlar oldidan v tovushining qo‘shib aytilishi: vo‘chaq, vo‘xlov, vo‘t.
Доказательный фрагмент
«Tilshunoslikda yangi va rivoj topayotgan sohalardan biri areal lingvistika hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTilshunoslikda yangi va rivoj topayotgan sohalardan biri areal lingvistika hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sheva, lahja., izomorf, dialect, izoleks, areal lingvistika, Izoglossa, izofon
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025