К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AVSTRIYA RESPUBLIKASI BILAN ILM-FAN VA MADANIY SOHADAGI HAMKORLIK ALOQALARI TARIXI

Abduraximov Husniddin Sadriddin o‘g‘li

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ta’lim sohasi har bir mamlakat taraqqiyotini belgilaydigan, jamiyatning moddiy va madaniy muhitini yuksaltiradigan asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mamlakatimiz ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirib, dunyo rivojlangan davlatlarning tajribasini o`rganmoqda.Ushbu maqolada Avstriya Respublikasi bilan ta’lim sohasida xalqaro tajriba almashish jarayoni, mamlakatimiz yoshlarini Avstriya bilan hamkorlikda yuqori malakali mutaxassislar qilib tayyorlashdagi qo‘shma dasturlar yoritiladi. Mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy hamkorlik esa o‘zaro madaniyatlarni yanada kengroq bilib olish, ikki xalqning do‘stona munosabatlarini yaxshilashga xizmat qilib kelmoqda. Kalit so‘zlar: dual ta’lim, globallashuv, irrigatsiya, akademiya, diplomatiya. Ilm-fan, ta’lim sohasida hamkorlik: Bugungi global dunyoda hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishi va tajriba almashinuv maxsus yo‘nalishdagi sohalarning rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi ham Avstriya Respublikasi bilan ta‘lim sohasida tajriba almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yib, amalda ijobiy natijalarga erishib kelmoqda. Ushbu dastur va loyihalar davlatda ta’lim sohasini rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda o‘quv- metodik jarayonni takomillashtirish, professor -o‘qituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini kengaytirishga yo‘naltirilgan. Mamlakatimiz ta’lim sohasida dolzarb islohotlar o‘tkazilayotgan paytda rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimini o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar va samarali metodlarni tadbiq etish ustuvor vazifa etib belgilandi. Germaniya, Avstriya, Shveysariya kabi mamlakatlarda iqtisodiyotini ~ 205 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya rivojlantirishda juda katta o‘ringa ega bo‘lgan Dual ta’lim shakli mamlakatimiz ta’lim sohasida joriy etildi. “An’anaviy ta’lim shaklida o‘quvchi/talaba oliy yoki professional ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni ko‘proq egallab, amaliyot qismini juda oz soatlarda korxona va tashkilotlarda o‘taydi. Dual ta’limda yoshlar haftada 2-3 kun ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni va 3-4 kun korxona va tashkilotlarda haqiqiy ish jarayonlarida amaliy ko‘nikmalarni egallaydi. Dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchi/talaba korxona va tashkilotlarda ishga qabul qilinganda ularga korxona tomonidan ustoz biriktiriladi va oylik maoshi to‘lanadi” [1;73]. Bu tajriba asosida qabul qilingan prezident qaroriga ko‘ra: 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab kunduzgi ta’lim shaklidagi 2–4-bosqich talabalar uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlar "4+2", jumladan darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib boriladi[2]. Mamlakatlarimiz universitet va ilmiy yo‘nalishlarda ham aloqalar o‘rnatildi. 2018-yildan beri Krems amaliy fanlar universiteti va Toshkent iqtisodiyot va biznes universiteti yoki Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Zalsburg universiteti o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Mustaqillik yillarida Fanlar Akademiyasi olimlari xorijiy hamkasblari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida dunyoning yetakchi ilmiy markazlariga muntazam tashrif buyurish imkoniga ega boʻldilar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston fanini dunyoga tanitish, fanning xalqaro integratsiya jarayoni hamda oʻzbek olimlarining fandagi yutuqlarini mamlakat rivoji jarayonida amalda qo‘llashdir. Avstriya Respublikasi ilmiy sohada mamlakatimizning eng yaqin hamkorlaridan hisoblanadi. “Fanlar akademiyasining 1991-2021-yillar davomida jahonning 94 ta davlati bilan oʻzaro ilmiy hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Mazkur davlatlar Yer kurrasining barcha qitʼalarini oʻzida qamrab olgan. Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlari eng koʻp tashrif buyurgan xorijiy hamkorlar orasida Avstriya Respublikasining o‘rni alohida. Bu mamlakatga 174 nafar ilmiy xodim tashrif buyurgan va ilmiy hamkorlikdan unumli foydalanganlar. Ayni paytda Oʻzbekistonga Avstriya xodimlari ilmiy stajirovka bilan kelganlar”[3;223]. ~ 206 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Samarqand, Buxoro va Xiva kabi mashhur shaharlari bilan Oʻzbekiston butun dunyodan tashrif buyuruvchilarni oʻziga tortadigan tarixiy Ipak yoʻlining yuragi hisoblanadi. Avstriyalik arxeologlar O‘zbekistonga qayta-qayta tashrif buyurishadi. Shuningdek, nemisshunoslik, huquq, tarix va musiqa fanlari bo'yicha avstriyalik mutaxassislar bir qancha loyihalarni O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda amalga oshirib kelishmoqda. “Loyihalardan birida oʻsha paytdagi Turkiston hududiga toʻliq ixtiyoriy ravishda kelmagan avstriyaliklar, yaʼni Birinchi jahon urushi yillarida asirga olingan Avstriya-Vengriya imperiyasining minglab askarlari, xususan, yoʻl qurilishida oʻz izlarini qoldirgan asirlar tarixi oʻrganil

Доказательный фрагмент

«Ta’lim sohasi har bir mamlakat taraqqiyotini belgilaydigan, jamiyatning moddiy va madaniy muhitini yuksaltiradigan asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ta’lim sohasi har bir mamlakat taraqqiyotini belgilaydigan, jamiyatning moddiy va madaniy muhitini yuksaltiradigan asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globallashuv, dual ta’lim, diplomatiya, o‘quv-metodik kontentlar majmuasi, irrigatsiya, akademiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники