Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yosh avlodga ingliz tilini o’rgatishda madaniyatlararo muloqot masalalarining o’rni va ahamiyati
Begdullaeva Uldaulet Xamidulla qizi
Инновации в современной лингвистике и преподавании языков · 11 · 2006
Аннотация
Ushbu maqola orqali bugungi kunda xalqaro til maqomiga ega bo’lgan ingliz tilini o’rgatishda madaniyatlararo muloqot masalalariga e’tibor qaratilgan. Ma’lumki, madaniyatlararo muloqot - bu turli madaniyatlar va ijtimoiy guruhlar o'rtasida ma'lumot almashishga qaratilgan muloqot shakli hisoblanadi. Shuningdek, maqolada til va madaniyat o’rtasidagi bog’liqlikni ilmiy jihatdan tahlil qilishgayondoshilgan. Kalit so’zlar: til, muloqot, madaniyat, urf-odat, millatlararo, adaniyatlararo munosabatlar, kommunikatsiya, intelektual salohiyat, kreativ yondashuv, millat Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir vaqtda, chet el fuqarolari bilan iqtisodiy, madaniy, fan va ta’lim yo’nalishlarida hamkorlik munosabatlarini o’rnatishga bo’lgan ehtiyoj tobora ortmoqda. Bu esa o’z navbatida xalqaro miqiyosida chet tilini o’rganishga bo’lgan talabni ortishiga, jamoalar kundan -kunga ko'p tilli va ko'p madaniyatli bo'lib borishiga va madaniyatlararo muloqot ko'nikmalarini shakillanishiga sabab bo'lmoqda. Har qanday ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar o'rganayotgan tilining madaniyati va xalqlarining urf- odatlari haqida ma'lumotga ega bo'lsalargina muloqotga kirishganda to'siq va tushinmovchiliklarga duch kelishmaydi. Ahamiyatlisi, o'zga til vakillari bilan munosabat o'rnatishdan avval madaniyatlararo aloqa bo'shliqlari natijasida yuzaga keladigan munosabatlarning buzilishining oldini olish uchun mavjud bo'lgan madaniy farqlarni to'liq tushunish juda muhimdir. Biz har doim bilishimiz kerakki, har qanday guruhning me'yorlari, 27 e'tiqodi, amaliyoti va tili statik emas, balki dinamikdir. Lingvistik jihatdan nazar soladigan bo'lsak, madaniyat chet tilini o'qitish va o'rganishda muhim o'rin egallaydi. Dunyo hamjamiyatida xalqaro til maqomiga ega bo’lgan ingliz tili, butun dunyo hayotining intellektual, iqtisodiy, tijorat va madaniy jihatlarda foydalanuvchilari yuqori darajadagi tillar sirasiga kiradi. Bu tilni o'rganish millatlararo madaniyat munosabatlarni o’rnatishda, xalqaro turizm salohiyatini oshirishda, ommaviy axborot vositalari orqali ma’lumot yetkazishda va nihoyat ta'lim tizimini rivojlantirishda juda muhim hisoblanadi. Ta'lim sharoitida, mintaqaviy va global miqyosida samarali muloqot qilish istagi bo'lgan o'qituvchi va talabalar, birinchi navbatda, suhbatdoshining tili va madaniyatini yetarli darajada o'rganishi lozim. Madaniyatlararo muloqot - bu turli madaniyatlar va ijtimoiy guruhlar o'rtasida ma'lumot almashishga qaratilgan muloqot shakli. Ushbu muloqot turli diniy, ijtimoiy, etnik va ta'lim oluvchi shaxslardan tashkil topgan tashkilot yoki ijtimoiy kontekstda tabiiy ravishda paydo bo'ladigan muloqot jarayonlari va muammolarining keng doirasini tasvirlash uchun ishlatiladi. Madaniyatlararo muloqot ba'zan madaniyatlararo aloqa bilan sinonim sifatida ishlatiladi. Bu atama o'ziga xos muammolarni, boshqaruv texnikasini va turli madaniyatli odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga bag'ishlangan akademik tadqiqotlarni tasvirlash uchun ishlatilgan. Madaniyatlararo muloqotning turli jihatlari mavjud, masalan, lingvistik tafovutlar, turlicha stereotiplar, ijtimoiy rollar va e'tiqod tizimlari tushunmovchilik va nizolarga olib keladi va shu tariqa hal qilishni osonlashtirish maqsadida ko'rib chiqiladi.[1] Ma’lumki, chet tillarini o‘qitishda muvaffaqiyat ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish bilan belgilanadi. Maktab o'quvchilarini darsda faol nutq faoliyatiga jalb qilish o'qituvchining vazifasidir. SHuning uchun o'quvchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishning eng samarali vositalaridan biri bu muloqotga o'rgatishdir. O'quv jarayoni sharoitida o'quvchilarni chet tilida tabiiy ravishda muloqot qilishga o'rgatish qiyin masala.Muloqotda faoliyatning turli shakllari (o'quv va kognitiv, ijtimoiy-siyosiy, mehnat, sport, san'at, maishiy) amalga oshiriladi. Muloqotning mazmuni muammo bo'lib, uning asosi muhokama predmetlari hisoblanadi. Sinfda muloqotning real nutqiy vaziyatlarini modellashtirish chet tilini o'rganishda asosiy kompetensiyalarni shakllantirishga yordam beradigan texnologiyadir. U ingliz tilini o'qitishning turli bosqichlarida qo'llanilishi mumkin va nutq va yozish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, talabalarning so'z boyligi va lingvistik ufqlarini kengaytiradi Passov E.I. vaziyatlarning bir necha turlarini ajratadi: • Ijtimoiy va maqom munosabatlarining vaziyatlari. (Dars-telekonferensiya, boshqa davlat fuqarolarining huquq va majburiyatlarini muhokama qilish, chet elliklar bilan o'rganilayotgan til mamlakatining an'analari, urf-odatlari, hayoti haqida suhbat) • Rol munosabatlarining holatlari. (og'zaki muloqot sharoitida norasmiy rollarni o'ynash bolalar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshiroq bilishga yordam beradi, o'quvchilarning shaxsiy fazilatlariga ta'sir qiladi, ularning tilni o'rganish motivatsiyasiga ta'sir qiladi) • birgalikdagi faoliyat munosabatlarining holatlari. (Tajriba almashish, guruhda ishlash) • Axloqiy munosabatlarning holatlari. Haqiqiy vaziyatlar hayotga imkon qadar ya
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola orqali bugungi kunda xalqaro til maqomiga ega bo’lgan ingliz tilini o’rgatishda madaniyatlararo muloqot masalalariga e’tibor qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola orqali bugungi kunda xalqaro til maqomiga ega bo’lgan ingliz tilini o’rgatishda madaniyatlararo muloqot masalalariga e’tibor qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- диалог, tradition, millatlararo, межкультурные отношения, intellectual potential, madaniyat, adaniyatlararo munosabatlar, kreativ yondashuv, millat, традиция, interethnic, интеллектуальный потенциал, intelektual salohiyat, межэтнический, communication, creative approach, творческий подход, til, urf-odat, культура, коммуникация, nation, язык, culture, dialogue, kommunikatsiya, muloqot, intercultural relations, language, нация
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024