К содержанию
РецензированоUZ2026

“OTA” ROMANIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING IFODASI

Bahriddinova Dilnoza Otabek qizi

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Ulug`bek Hamdamning “Ota” romanidagi o`zbek xalqining mentalitetiga xos bo`lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, o`zbek otasining qanday ota bo`lishi bilan bog`liq holatlar haqida fikr yuritilgan. Kalit so`zlar. Oila, qadriyat, milliy mentalitet, mehmondo`stlik, ismlar. Biz bilamizki, o`zbek xalqida qadriyat tushunchasi ajdodlardan meros qolgan va jamiyatning ma`naviy-axloqiy asosini tashkil qiluvchi tamoyillar to`plami hisoblanib, juda muhim ahamiyatga egadir. Qadriyatlar xalqning tarixi, urf-odatlari, an`analari, diniy e`tiqodi va kundalik hayot tarzida namoyon bo`ladi. Oila, nikoh masalalari, mehmondo`stlik, hurmat va ehtirom, mehnatsevarlik, an`ana va urf-odatlar, mehr-oqibat, hamjihatlik - bularning hammasi o`zbek qadriyatlarining muhim jihatlaridan sanaladi. Oila - bu o`zbek jamiyatida eng muhim institutlardan biridir. Oila - jamiyatning bir bo`gini hisoblanadi. Bir nechta oilalar birlashib, jamiyatni tashkil qiladi. Bu qadriyatga asosan xalqimizda yoshi katta bo`lgan bobo-buvilarimizdan ota-onalarining rizoligi bilan oila qurayotgan ikki yoshga pand-nasihatlar beriladi, bilmaganlari bildirilib , o`rgatiladi. O`zbek xalqi o`zining mehmondo`stligi boshqa ba`zi xalqlardan ajralib turadi. Kelgan mehmonni xursandchilik bilan kutib olish, dasturxon bezash, unga iliq munosabatda bo`lish - qadimiy an`analarimizdan biridir. Hatto, Mirtemir “ Qishlog`im “ she`rida mabodo mehmon kelganda dasturxonga qo`yish uchun noz-u ne`mating bo`lmasa, sariyog`day yoqadigan yaxshi so`z bilan ko`nglini oling , deyilgan. To`g`ri, “ Yaxshi so`z bilan ilon inidan chiqar, yomon so`z biilan pichoq qinidan chiqar “- deb bekorga aytmaganlar. Xushmuomalalik- insondagi eng yaxshi fazilatlardandir. Imom al-Buxoriyning “Barcha ishda xushmuomalalik darkorligi haqida” hadisida shunday deyilgan : “ Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari - Oysha raziyallohu anho Urva ibn az-Zubayrga bunday deb aytib bergan ekanlar : “Bir to`da yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirib :”As-somu alaykum!” (ya`ni, Sizga o`lim!) - dedi. Men ularning gapini anglab :”Va alaykumu-s-somu va-l-la`na!” (ya`ni, Sizga ham o`lim va lan`at!) - dedim. Janob Rasululloh : “ Yo Oysha , shoshmat turg`il! Alloh taolo barcha ishda xushmuomalalikni yoqtirg`aydir “, - dedilar. Men : “Yo Rasululloh, ulamong nima 5 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference deganini eshitmay (anglamay) qoldingiz!” dedim. Janob Rasululloh :” Sizlarga ham dedim-ku, axir!” - dedilar “. O`zbek xalqi qadimdan dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug`ullanib kelgan. Mehnatsevarlik va halol mehnat qilish har bir kishining axloqiy burchi deb qaraladi. To`ylar, azalar, navro`z, hayit bayramlari singari marosimlar xalqning madaniy hayotida katta o`rin egallaydi.ushbu marosimlar oila va jamiyat birdamligini mustahkamlashga xizmat qiladi. O`zbek qadriyatlari jamiyatning barqarorligini saqlashda, milliy o`ziga xoslikni mustahkamlashda va yosh avlodni komil inson sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qadriyatlarni saqlash va avloddan-avlodga yetkazish xalqning ma`naviy boyligini asrash demaktir. Shuningdek, yozuvchimizning o`zlari ham o`zbek farzandidir. Shu jumladan, o`zbek xalqiga xos bo`lgan milliy qadriyatlarni romanga ham singdirganlar. Biz romanni mutolaa qilar ekanmiz, undagi voqea-hodisalar ko`z oldingizda namoyon bo`laveradi. Oyning o`n beshi yorug` , o`n beshi qorong`u deganlaridek, nihoyat ularning uyida ham uzoq kutilgan chaqaloq tug`ildi va o`zi mittigina bo`lsa-da, beradigan quvonchi bir olam quvonch olib keladi. Yozuvchi asardagi bosh obrazdan tortib, to epizodik obrazlargacha turkona ism tanlangan. Masalan, “ Chaqaloqqa Sevinch deb ot qo`yishdi! Chunki sevinchli edi ular! Ming yillik g`ussa bor edi O`tkir akaning oilasida. Shu uchun sevinaylik, sevinchlarga yetaylik deb sevinchlanishdi. Qolaversa, bu oilada o`g`il-qizlarga turkona ot qo`yishardi. “ Shundog`am bir tomonimiz arabiyu boshqa tomonimiz forsiy otlarga to`lib ketgan. Hatto ular juda-juda ko`p. o`rtada muvozanatni saqlash uchun, otlarimiz aytilganda, qaysi millatga tegishli ekanimiz bilinib tursin. Yo`q, men boshqa millatlar ismlarini qo`yishga qarshi emasman. Faqat me`yor bo`lsin, deyman “. Bu bilan yozuvchi bugungi kundagi farzandlarga ism qo`yishdagi og`riqli nuqtamizni aytmoqchi bo`lganlar. Chunki bugungi kundagi ota-onalarimiz farzandlariga “zamonaviy” , “yevropacha”, ya`ni o`zlari yoqtirgan kino aktyor yoki aktrisalar, futbolchilar, ashulachilarni ismlarini farzandlariga ism deb qo`yadilar. Masalan, Ronaldo, Messi, Esmeralda, Ishani kabilar. Mustafo, Ibrohim , Dovud, Omina, Oisha kabi ismlar ham ma`noli, ham islomiydir. “Arablarda “Menga ismingni aytsang, men senga otangning kimligini aytaman” degan maqol bor. Farzandga munosib ism qo`yish farzandning otadagi haqlaridan biri hisoblanadi. Farzand kelajakda ismidan uyalmasin, ismi yomon 6 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES Internationa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Ulug`bek Hamdamning “Ota” romanidagi o`zbek xalqining mentalitetiga xos bo`lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, o`zbek otasining qanday ota bo`lishi bilan bog`liq holatlar haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Ulug`bek Hamdamning “Ota” romanidagi o`zbek xalqining mentalitetiga xos bo`lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, o`zbek otasining qanday ota bo`lishi bilan bog`liq holatlar haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mehmondo`stlik, milliy mentalitet, Oila, ismlar., qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники