К содержанию
РецензированоUZ2026

ME’ROJ VOQEASINING OYATI KARIMALARDA BAYON ETILISHI

Rasulov Boboravshan

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlarining komil inson tarbiyasidagi qarashlari, “Xamsa” dostonlari muqaddimasidagi naʼtlar, Me’roj va Isro voqealarining Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi talqinlariga e’tibor qaratiladi. Jumladan, Meʼroj kechasi taʼrifi Qurʼoni karim oyatlari, hadisi shariflar hamda tarixiy voqealar vositasida bayon etiladi va mumtoz adabiyotdagi oʻrni alohida urgʻu qaratilgan. Kalit soʻzlar: Meʼroj, isro, xamsa, doston, oyat, hadis, basmala, hamd, munojot, komil inson, naʼt, farishta, Buroq. Istiqlol davrida Alisher Navoiy hazratlarining ijodiga yondashuvlar ahamiyati yanada ortdi. Alisher Navoiy hazratlarining dunyoqarashi, fikri, nuqtayi nazari, olam va odam, dunyo va oxirat haqidagi asarlaridagi baytlari bugungi kunda ham qadrini yo‘qotmagan. Milliy maʼnaviyatimizni ushbu ulugʻ mutafakkir asarlarisiz tasavvur qilishimiz mumkin emas. Navoiy o‘z davrining farzandi bo‘lib, uning tafakkuri ham o‘sha davrning mahsuli. XV asr musulmon xalqlari esa islom taʼlimoti sifatida unga suyanar edi. Shoirning dunyoqarashini ham islom va tasavvuf falsafasidan ayri tasavvur qilish mumkin emas. Binobarin: “Tasavvuf Sharq xalqlar falsafasi va madaniyatining buyuk yutuqlaridan biri bo‘lib, u gʻoyat chuqur ilmiy-amaliy, diniy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-maʼnaviy taʼlimot ekanligi bilan bashariyat tarixida yuksak mavqe egallaydi” . Jahon matnshunosligida qo‘lyozma manbalar, matn tarixi va talqini, matn tabdili kabi masalalar dolzarb muammolardan biri sifatida tadqiq etib kelinmoqda. Chunki qo‘lyozma manbalarni o‘rganish har bir davr va turli xalqlar adabiyotshunosligi uchun yangidan-yangi ilmiy xulosalarga kelish imkonini beradi. Qo‘lyozma asarlarni o‘rganmasdan turib badiiy adabiyot materialining adabiy-estetik va ilmiy qimmatini haqqoniy baholab bo‘lmasligi qo‘lyozma manbalarni, matn tarixi va talqinini tadqiq qilish zaruratini kun tartibiga qo‘yadi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz merosini ana shu jihatdan o‘rganish ishimizni belgilovchi dolzarb xususiyatlar hisoblanadi. Nafaqat turkiy adabiyot balki jahon abiyotining eng sara gultojlaridan biri bo‘lgan “Xamsa” dostoni badiiy jilosi bilan necha asrki o‘quvchilarni o‘ziga 61 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference shaydo qilib keladi. Asar muallifi, mumtoz sharq adabiyotining yirik vakili Alisher Navoiy hazratlari o‘zining bu dostini bilan turkiy olam manaviyatini ko‘tarishga mislsiz xizmat qildi. Mustamlaka asoratidan qutulib, jahon hamjamiyatida mustaqil davlat sifatida o’z o’rniga ega bo’layotgan xalqimiz, avvalo, Alisher Navoiy va uning singari buyuk mutafakkirlarning beqiyos badiiy va ma’naviy merosiga tayanishi, uning mazmun-mohiyatini chuqur anglab, keng targ‘ib etishi zarur. Ushbu vazifani xalqaro poetik mezonlar asosida muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Navoiy ijodini ijtimoiy-falsafiy, diniy- ma’rifiy, adabiy-estetik va ilmiy-nazariy jihatdan keng ko‘lamda tadqiq qilish talab etiladi Xususan, Alisher Navoiyning “Xamsa” asarini xronotop poetikasi nuqtayi nazaridan hamda umumbashariy badiiy tafakkur kontekstida tahlil qilish zamonaviy ilmiy tadqiqotlar uchun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mumtoz adabiyotimizda paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayoti va faoliyati bilan bogʻliq hodisalar katta oʻrinni egallaydi. Xususan, u kishiga moʻjiza tarzida ikrom qilingan Isro va Meʼroj hodisasi Sharq musulmon adabiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. Mumtoz adabiyotimizda paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayoti va faoliyati bilan bogʻliq hodisalar katta oʻrinni egallaydi. Xususan, u kishiga moʻjiza tarzida ikrom qilingan Isro va Meʼroj hodisasi Sharq musulmon adabiyotida alohida ahamiyat kasb etadi Ma’lumki, mumtoz sharq adabiyotini Qur’oni karim va hadisi shariflarsiz tasavvur qilish qiyin. Boshqa ko‘plab asarlar singari bu dostonning ham nat qismida payg‘ambarimiz Muhammad sollohu alayhi va sallam vasflari xususan, meroj xodisalari keng va juda yuksak badiiyat bilan bayon qilingan. Meroj voqeasi diniy xodisa bo‘lganligi sababli avvalo Quroni karim va Hadisi shariflarda uning yoritilishiga biroz to’xtalib o’tsak. Ulamolar quron karimda Meroj voqeasiga doir oyatlar ikki o‘rinda zikr qilishgan deyishadi. bular: Isro surasining birinchi oyati hamda Najm surasining yettinchi- o‘n sakkinchi oyatlari isro va meroj voqealarining qurani karim oyatlarida yoritilishi va u oyatlarida kelgan ma’lumotlar Quroni Karimning o‘n yettinchi surasi Isro deb nomlanadi. Isro va meroj voqealari doimi birga zikr qilinishi va bir vaqtda bo’lganligi jihatidan ahamiyatli. Pok parvardigor bir kecha, o‘z bandasi (Muhammad alayhis-salom)ni – unga oyat –mo‘jialarimizdan ko’rsatish uchun (Makkadagi) Masjid-al-Haromdan biz atrofini barokotli qilib qo‘ygan( Quddusdagi) Masjid- al- Aqsoga sayr qildirdi. Darxaqiqat, u eshituvchi va ko‘ruvchidir . 62 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ma’lumki musulmonlar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlarining komil inson tarbiyasidagi qarashlari, “Xamsa” dostonlari muqaddimasidagi naʼtlar, Me’roj va Isro voqealarining Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi talqinl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlarining komil inson tarbiyasidagi qarashlari, “Xamsa” dostonlari muqaddimasidagi naʼtlar, Me’roj va Isro voqealarining Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi talqinl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
munojot, farishta, Meʼroj, doston, komil inson, naʼt, hadis, Buroq., basmala, oyat, isro, xamsa, hamd
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники