Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY BOLALAR ADABIYOTI VA TEXNOLOGIYALAR
Berdimuratov Jetkerbay Abatbaevich
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Maqolada zamonaviy bolalar adabiyoti yangi texnologiyalar asosida bolalarning o‘qish va idrok qilish qobiliyatlarini rivojlantirish haqida so’z boradi. Elektron kitoblarning qulay imkoniyatlar yaratishi, shuningdek zamonaviy bolalar adabiyotining yoshga, tafakkurga, ruhiy va axloqiy tarbiyasiga tasiri haqida aytiladi. Keywords: bolalar ádabiyoti, texnologiya, electron kitoblar, interaktiv Zamonaviy bolalar adabiyoti – bu bolalar uchun mo‘ljallangan, ularning yoshiga, tafakkuriga, ruhiy va axloqiy tarbiyasiga mos tarzda yozilgan zamonaviy davr adabiyotidir. U XX asrning oxiri va XXI-asr boshlaridan boshlab rivojlanib kelmoqda. Qoraqalpoq bolalar adabiyoti — qoraqalpoq tilida bolalar uchun yaratilgan she’r, ertak, hikoya, qissa, doston va boshqa janrlardagi asarlar majmuasidir. Bu adabiyot qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi asosida shakllanib, yozma adabiyotda XX-asr boshlaridan boshlab faol rivojlandi. Qoraqalpoq bolalar adabiyotining ildizi xalq og‘zaki ijodiga — ertaklar, maqollar, topishmoqlar, bolalar o‘yin qo‘shiqlariga borib taqaladi. Bu janrlar bolalarning aql-zakovati, til boyligi va dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan. XX asrning 30–40-yillaridan boshlab qoraqalpoq yozuvchilari bolalar uchun maxsus asarlar yaratishga kirishdi. Bu davrda bolalar adabiyotida tarbiyaviy, vatanparvarlik, mehnatga hurmat, do‘stlik, tinchlik kabi mavzular yetakchi bo‘ldi. Bugungi kunda qoraqalpoq bolalar adabiyoti yangicha shakllanmoqda. Bolalar hayotiga yaqin, sodda, tushunarli til bilan yozilgan. Ekologiya, tabiat, do‘stlik, texnika, maktab hayoti kabi mavzular keng yoritilmoqda. Multimediali (audio va video shakllar), interaktiv adabiyot shakllari paydo bo‘lmoqda. Zamonaviy bolalar adabiyoti an’anaviy shakldan tashqari yangi texnologiyalar bilan boyitilib, bolalarning o‘qish va idrok qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy bolalar adabiyotida axloqiy, estetik va ijtimoiy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Ammo bu tarbiya didaktik yo‘l bilan emas, hayotiy syujet va qiziqarli obrazlar orqali beriladi. Bolalar adabiyotida janrlar xilma-xilligi haqida aytganimizda ular she’riy va nasriy ertaklar, sarguzasht asarlar, fantastik hikoyalar, qiziqarli topshiriqlar va interaktiv matnlar, bolalar uchun detektivlar, biografik hikoyalar (mashhur shaxslar hayoti haqida) bo’lishi mumkin. Zamonaviy asarlarda real voqealar fantastik unsurlar bilan uyg‘unlashtiriladi. Masalan, sehrli olamlar, 11 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference noodatiy qahramonlar, robotlar, boshqa sayyoraliklar ishtirokidagi sarguzashtlar bolalarga manzur bo‘ladi. Qahramonlar obrazlari asosan bolalar yoki yoshlar o‘zi asosiy qahramon sifatida tasvirlanadi. Ular mustaqil fikrlaydigan, faol, zukko va qiziqqon bo‘ladi, raqamli texnologiyalar bolalar uchun adabiyotni yanada qiziqarli va interaktiv shaklga aylantirish imkonini bermoqda. Bolalar adabiyotida elektron va audio kitoblarning roli haqida aytganimizda bugungi kunda elektron kitoblar bolalar orasida keng tarqalgan. Ular quyidagi afzalliklarga ega: -Elektron kitoblarni osongina yuklab olish va istalgan joyda o‘qish mumkin. -Illyustratsiyalar va ovozli effektlar bolalarning qiziqishini oshiradi. Ba’zi elektron kitoblar interaktiv xususiyatga ega bo‘lib, bolalarga qiziqarli topshiriqlar bajarish imkoniyatini beradi. Audio kitoblar ham bolalar orasida ommalashib bormoqda. Ular bolalarning eshitish qobiliyatini rivojlantirish bilan birga, tasavvurini kengaytirishga ham yordam beradi. Multfilmlar va bolalar adabiyoti o‘zaro bog‘liqligi haqida aytsak zamonaviy bolalar adabiyoti bilan multfilmlar o‘rtasida yaqin aloqa mavjud. Ko‘plab bolalar asarlari asosida yaratilgan multfilmlar bolalar orasida mashhurlikka erishmoqda. Shu jumladan Qoraqalpoq bolalar adabiyotidagi ertaklarga songi uslubdagi animatsiya orqali yaratilgan masalan, “Anqov mergan” xaliq ertagi asosida zamonaviy multfilim yoritilib berildi. Bunday multfilmlar: Bolalarning tasviriy idrok qilish qobiliyatini oshiradi.Adabiy asarlarga qiziqishni orttiradi. Tarbiyaviy g‘oyalarni yanada samarali yetkazishga yordam beradi. Zamonaviy bolalar adabiyotida interaktiv kitoblar va mobil ilovalar muhim o‘rin egallaydi. Animatsiya, ovoz va interaktiv elementlar yordamida o‘qish jarayonini qiziqarli qiladi.Yangi bilimlarni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Zamonaviy bolalar adabiyotining asosiy afzalliklarini aytib o‘tsak, yoshga mos va qiziqarli uslubda yoziladi, zamonaviy asarlar bolalarning yoshiga mos, o‘qishga qulay, oddiy va ravon tilda yoziladi. Qiziqarli syujetlar va jonli obrazlar orqali bolalar e’tiborini tortadi. Tarbiyaviy ta’siri kuchli ular orqali bolalarda, ezgulik, mehnatsevarlik, do‘stlik, mehr- oqibat,vatanparvarlik kabi fazilatlar shakllanadi. Zamonaviy bolalar adabiyotida ekologiya, texnologiya, ijtimoiy muammolar, sog‘lom turmush tarzi, maktab hayoti, internet xavfsizligi kabi dolzarb mavzular aks ettiriladi. Fantaziya va tafakkurni rivojlantiradi, fantastik hikoyalar, s
Доказательный фрагмент
«Maqolada zamonaviy bolalar adabiyoti yangi texnologiyalar asosida bolalarning o‘qish va idrok qilish qobiliyatlarini rivojlantirish haqida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada zamonaviy bolalar adabiyoti yangi texnologiyalar asosida bolalarning o‘qish va idrok qilish qobiliyatlarini rivojlantirish haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bolalar ádabiyoti, texnologiya, electron kitoblar, interaktiv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026