К содержанию
РецензированоUZ1932

AEROFLOT TARIXI

AEROFLOT TARIXI · To‘xtabayev A’zamjon Sharipxo‘jayevich

Академические исследования в современной науке · 85 · 288-291 · 1932

Аннотация

Mazkur maqolada aeroflot tashkilotining tashkil etilishi, faoliyati, amalga oshirigan ishlari, havo qatnovlari va statistik ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Aeroflot, “Havo kodeksi”, Fuqarolik havo floti, havo transporti, Aerodrom, ICAO. 1932-yil 25-fevralda SSSR Xalq Komissarlari Kengashi (XKK) huzuridagi Fuqarolik havo flotining Bosh boshqarmasi yoki Fuqarolik Havo flotining Aeroflot Bosh boshqarmasi – Sovet Ittifoqi fuqaro aviatsiyasi faoliyati tartibga soluvchi mas’ul organ hisoblanib, u “Aeroflot” Bosh boshqarmasi deb atala boshlandi. “Aeroflot” tashkil etilganda, uning uchta asosiy - havo transporti tizimini boshqarish; havodan suratga olish, o‘rmonda o‘t o‘chirish va qishloq xo‘jaligida purkash kabi turli xil xizmatlarni ko‘rsatish; jamoat uchun ta’lim, ko‘ngil ochish va sport tadbirlarini targ‘ib qilish vazifalari qo‘yilgan. “Aeroflot” aslida mamlakatda harbiy bo‘lmagan barcha aviatsiya faoliyatlari bilan shug‘ullangan, ammo fuqarolik aviatsiyasi harbiylar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qolgan edi. Masalan, “Aeroflot” Harbiy-havo kuchlari harbiy transport aviatsiyasi uchun zaxira hisoblanib, ayrim vaqtlarda tashkilotga harbiy zobit rahbarlik qilgan edi. SSSR Markaziy Ijroiya qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Kengashi 1935-yil 7- avgustdagi Qarori bilan “Havo kodeksi”ni tasdiqlandi. Bu sovet havo transporti qonunchiligi asoslarini mustahkamladi, milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida fuqarolik havo kemalarini rivojlantirish va keng qo‘llash uchun zarur huquqiy sharoitlarni ta’minladi. 1937-yilda Fuqaro Havo Floti yo‘llarida jami 211 787 yo‘lovchi, 9188 tonna pochta va 36385 tonna yuk tashidi. Bu esa, 1928 yilga nisbatan yo‘lovchi tashish 7,7 barobar, pochta – 21 barobar, yuk tashish – 82 barobarga oshdi. Aviatransport faoliyatining umumiy hajmi 15,5 barobar oshdi. Solishtirish natijasida raqamlardan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ichida yuk tashish muhim o‘rinni egallagan. Sovet Ittifoqi davrida transport tuzilmasi 3 ta yirik mintaqa – Trans-Sibir, Trans-Atlantika va Trans-Osiyo havo yo‘liga bo‘lingan. Havo yo‘li (aviatrassa) – samolyot va vertolyotlar muntazam ravishda qatnaydigan aviatrassa bo‘lib, unda 72 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference aerodrom, yo‘l chiroqlari, tanish belgilar va aviatsiya mayoqlari bilan jihozlangan. Ikkinchi jahon urushi(1939-1945 yy.)ga aviatorlar ham keng jalb etildi. 1941- yil 23-iyun kuni SSSR Xalq Komissarlari Kengashi “Urush davridagi fuqaro havo floti boshqarmasi bosh boshqarmasi to‘g‘risida Nizom”ni tasdiqladi. Fuqarolik havo floti Mudofaa Xalq komissarligi ixtiyoriga o‘tkazildi. 1941-yil 9- iyuldan SSSR Mudofaa Xalq Komissarlari Kengashini buyrug‘i bilan “Fuqaro havo flotining maxsus havo guruhlarida bevosita ro‘yxatga olingan fuqarolik havo flotining shaxsiy tarkibi Qizil Armiya safiga chaqirilgan” deb hisoblandi. Urush mobaynida ko‘plab aviatorlar jasorat ko‘rsatib, yuksak orden va medallar bilan taqdirlangan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, murakkab meteorologik sharoitlarda va tungi vaqtda muntazam parvozlar uchun eng muhim havo liniyalarini qayta jihozlash boshlandi. 1945-yilda havo transportining umumiy hajmi 1940-yilga nisbatan 3 baravar, jumladan, yo‘lovchilar soni 1,5 baravar, yuk va pochta jo‘natmalari 1,2 martaga ko‘paydi. Fuqaro Havo Floti rahbarining buyrug‘i bilan 1946-yil 1- fevralgacha Moskva-Irkutsk, Moskva-Toshkent-Olma-Ota, Moskva- Boku-Ashxobod, Moskva-Kiyev-Odessa, Moskva-Minsk va Moskva-Leningard yo‘nalishlaridagi aeroportlarni qayta jihozlandi. Natijada, samolyotlarning yuqoridagi yo‘nalishlar tungi vaqtlardagi parvozlar soni oshib bordi. 1964-yil 27-iyuldagi SSSR Oliy Kengashi Rayosatining Farmoni muvofiq, Sovet Ittifoqi havo parkini boshqarishni takomillashtirish va aviatsiya vazifalarini kuchaytirishni hisobga olgan holda, Sovet Ittifoqidagi Fuqarolik Havo Floti Bosh boshqarmasi “Fuqaro Aviatsiyasi umumittifoq Minstrligi etib qayta tashkil etildi. Bu esa, Fuqaro aviatsiyasi flotining O‘zbekiston hududiy boshqarmasi O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi deb o‘zgartirilishi Sovet Ittifoqi fuqarolik aviatsiyasi Minstriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysundi va hisobot berdi. 1964–1991-yillarda O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi parki zamonaviy tez uchar, tovushdan tez, keng fyuzelyajli samolyotlar bilan to‘ldirildi, aviatsiya texnikasining yer usti uskunalari zamonaviy jihozlanib, aeroportlar zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Ayni vaqtda fuqarolik aerodromlariga texnik va tijorat xizmatlarini ko‘rsatish sifati oshirilishi, tashish xarajatlari kamaytirilishi, aviatsiya ishlari bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini yaratadi. Bu hol ularning rentabelligi, yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilar uchun yuqori xizmatlar tashkilini hosil qildi. Aeroportlarda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning so‘nggi vositalari, 73 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference transport vositalari hamda fuqarolik aviatsiyasiga xiz

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada aeroflot tashkilotining tashkil etilishi, faoliyati, amalga oshirigan ishlari, havo qatnovlari va statistik ma’lumotlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada aeroflot tashkilotining tashkil etilishi, faoliyati, amalga oshirigan ishlari, havo qatnovlari va statistik ma’lumotlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Aerodrom, Aeroflot, ICAO., havo transporti, “Havo kodeksi”, Fuqarolik havo floti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники