К содержанию
РецензированоUZ2026

TURLI VAZN TOIFALARIDAGI BOKSCHILAR UCHUN TEXNIK-TAKTIK MASHG‘ULOTLARNI DIFFERENSIALLASHTIRISH METODIKASI

TAKTIK MASHG‘ULOTLARNI DIFFERENSIALLASHTIRISH · Meliqo‘ziyev Mavlonjon Ro‘zmatjon o‘g‘li

Академические исследования в современной науке · 1-6 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada turli vazn toifalaridagi bokschilar uchun texnik-taktik mashg‘ulotlarni differensiallashtirish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotning dolzarbligi bokschilik sportida har bir vazn toifasining o‘ziga xos texnik, jismoniy va taktik talablarga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shu boisdan, mashg‘ulot jarayonida umumiy yondashuvdan ko‘ra, individual va vazn toifasiga moslashtirilgan metodikalardan foydalanish samaraliroq hisoblanadi. Tadqiqot davomida yengil, o‘rta va og‘ir vazn toifasidagi sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligi tahlil qilinib, har bir guruh uchun mos bo‘lgan mashg‘ulot shakllari ishlab chiqildi. Eksperiment natijalari shuni ko‘rsatdiki, differensial yondashuv sportchilarning jangovar harakatlar tezligi, zarba aniqligi va himoya texnikasini sezilarli darajada yaxshiladi. Ushbu metodika murabbiylar va sportchilar uchun mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, sport natijalarini yanada oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: boks, vazn toifalari, texnik-taktik tayyorgarlik, differensial yondashuv, metodika, mashg‘ulot, sportchi, zarba aniqligi, himoya, eksperiment. Annotation: This article presents the methodology of differentiation of technical and tactical training for boxers of different weight categories. The relevance of the study is explained by the fact that each weight class in boxing has its own specific technical, physical and tactical requirements. In this regard, in the process of training, it is considered more effective to use methods adapted to individual and weight breeds than a general approach. During the study, the technical and tactical training of athletes in the light, medium and heavy weight categories was analyzed, and forms of training suitable for each group were developed. The results of the experiment showed that the differential approach significantly improved the athletes' combat movement speed, strike accuracy, and defensive technique. This methodology has practical value in the effective organization of training sessions for coaches and athletes, which serves to further improve sports results. Keywords: boxing, weight classes, technical and tactical training, differential approach, methodology, training, athlete, punch accuracy, defense, experiment. 134 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Boks – bu nafaqat jismoniy kuch, balki strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va yuqori darajadagi texnik-taktik mahoratni talab qiladigan sport turidir. Har bir bokschining yutug‘i uning texnik tayyorgarligi, musobaqaga psixologik tayyorligi va tanlab olingan mashg‘ulot metodikasiga chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, vazn toifalariga ko‘ra bokschilarning individual jihatlarini hisobga olish sport natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yengil, o‘rta va og‘ir vaznli sportchilar o‘ziga xos tezlik, chidamlilik va zarba kuchi bilan farqlanadi. Shu bois, har bir vazn toifasi uchun umumiy emas, balki maxsus ishlab chiqilgan texnik-taktik mashg‘ulotlar zarur hisoblanadi. Hozirgi davrda bokschilarni tayyorlashda individual yondashuvga asoslangan metodikalar ommalashib bormoqda. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, barcha sportchilarga yagona metodika asosida mashg‘ulot o‘tkazish har doim ham kutilgan natijani bermaydi. Ayniqsa, yengil vazndagi sportchilar ko‘proq tezlik va harakatchanlikka tayansa, og‘ir vaznlilar esa kuch va barqarorlikka suyanadi. Bu farqlar mashg‘ulot mazmuniga ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki texnik yondashuv va jang taktikasi har bir guruhda turlicha rivojlanadi. Vazn toifalariga moslashtirilgan mashg‘ulotlar sportchining o‘ziga xos kuchli tomonlarini rivojlantiradi va zaif jihatlarini bartaraf etishga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan differensial yondashuv metodikasi bokschilikda samarali yo‘nalishlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu metodika orqali mashg‘ulotlar aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi, natijada sportchilar jismoniy va taktik tayyorgarlikda yuqori darajaga erishadi. [1] Umuman olganda, maqolada taqdim etilayotgan metodika nafaqat ilmiy, balki amaliy jihatdan ham ahamiyatlidir. U bokschilarni tayyorlashda yangicha, maqsadli va individual yondashuvni taklif etadi. Bugungi sport olamida raqobat kuchayib borayotgan bir davrda har bir detaldan unumli foydalanish, sportchining individual xususiyatlarini chuqur tahlil qilish zarurdir. Shu sababli, ushbu maqola orqali texnik-taktik mashg‘ulotlarni vazn toifalariga moslab differensiallashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuv ishlab chiqiladi. Kelajakda bunday tadqiqotlar bokschilarni xalqaro musobaqalarga samarali tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu bilan birga, sportchilar salomatligi va professional rivojlanishi uchun xavfsiz va samarali trening muhitini ta'minlaydi. [2] 135 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Metodlar. Tadqiqot ishlari 2024–2025 yillarda sport maktablari va bokschilik klublarida olib borildi. Unda yengil, o‘rta va og‘ir vazn toifasida ishtiro

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada turli vazn toifalaridagi bokschilar uchun texnik-taktik mashg‘ulotlarni differensiallashtirish metodikasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada turli vazn toifalaridagi bokschilar uchun texnik-taktik mashg‘ulotlarni differensiallashtirish metodikasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
boxing, weight classes, technical and tactical training, vazn toifalari, metodika, differensial yondashuv, sportchi, texnik-taktik tayyorgarlik, boks, himoya, eksperiment., zarba aniqligi, mashg‘ulot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники