Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARNING DARSDAN TASHQARI TARBIYAVIY JARAYONLARDA MA’NAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH
Deykanova Ra’no Bakirovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqola Boshlang‘ich ta’limda tahsil oluvchi talabalarga yangi va zamonaviy bilimlar berish, ularni kelajakda namunali kadr bo‘lib yetishishlarini hisobga olgan holda ularga bilim berish. Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich ta’lim, zamonaviy ta’lim, pedagogik yondashuv, kompetensiya, bilim, pedagogik texnologiya Bugungi kunda ta’lim tizimida faqat bilim berish emas, balki yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash eng asosiy vazifalardan biridir. Shu nuqtayi nazardan maktablarda o‘quvchilarning darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatlarini tashkil etish va bu jarayonlarda ma’naviy ishlarga alohida e’tibor qaratish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ma’naviy tarbiya - bu inson qalbida ezgulik, halollik, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, odob-axloq kabi yuksak fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. O‘quvchilarning ma’naviy olamini boyitish uchun faqat dars jarayonlari yetarli emas. Darsdan tashqari vaqt bu borada juda katta imkoniyatlarni yaratadi. Ta’lim – bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta’lim jarayonida ma’lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta’lim tor ma’noda o‘qitish tushunchasini anglatadi.Lekin u faqat turli tipdagi o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish.va boshqa sohalarda ma’lumot berish jarayonini ham bildiradi. Tarbiya - insonda ish-hunar, odob-axloq va sh.k.ni shakllantirish, rivojlantirishga, uning jamiyatda yashashi uchun kerak o‘lgan xislatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan ish-amallar majmui va shu yo‘l bilan singdirilgan odob-axloq, xislat, fazilat kabilarning o‘zi. Milliy - biror millatning, xalqning o‘ziga xos bo‘lgan, uning xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umum insoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, go‘zallik, moddiy va ma’naviy boyliklar, an’ana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi. 164 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Milliy qadriyatlar—millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan jihat va xususiyatlardir. O‘zbekistonda ta’lim va tarbiyarivojlanishi milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Vatanimiz madaniyatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvor mavqeni egallaydi. Umuminsoniy g‘oyalar va qadriyatlarning shakllanishi milliy madaniyatlarning rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘liq. Bu borada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Biz o‘z taraqqiyotimizni o‘zga mamlakatlar taraqqiyotidan ayri tasavvur eta olmaymiz va hamma narsa biz o‘zimizga bog‘liq bo‘lib qolavermaydi». Bu o‘rinda aynan umuminsoniy qadriyatlarga urg‘u berilgan. Negaki, umuminsoniy qadriyatlar bilan milliy qadriyatlar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi va bir-birini to‘ldirib, boyitib boradi. Umuminsoniy qadriyatlar insonni e’zozlash, hayotni sevish, burch, sadoqat, ajdodlarga hurmat, vatanparvarlik, adolat, ma’rifatparvarlik, tinchlik, totuvlik, do‘stlik, hamkorlik singari fazilatlarni ifoda etadi. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar orqali o‘quvchilar turli ijtimoiy, madaniy, ma’naviy faoliyatlarga jalb qilinadi. Ular orqli o‘z iste’dodlarini namoyon etadi, mustaqil fikrlashga, madaniyatli bo‘lishga, axloqiy mezonlarga amal qilishga o‘rganadi. Ma’naviy tarbiyani darsdan tashqari faoliyatlarda quyidagi shakllarda amalga oshirish mumkin: 1. Turli to‘garaklar tashkil etish: she’riyat, teatr, musiqa, rasm, kitobxonlik to‘garaklari orqali o‘quvchilarda san’atga, adabiyotga, madaniyatga bo‘lgan mehr uyg‘otiladi. 2. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar: Ona tiliga bag‘ishlangan kechalar, buyuk allomalar tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar, Vatan himoyachilari kuniga doir suhbatlar, xotira tadbirlari o‘tkaziladi. 3. Kitobxonlik musobaqalari: O‘quvchilar orasida eng ko‘p kitob o‘qigan, eng yaxshi kitob tahlili qilgan, o‘qigan kitobi asosida taqdimot qilganlar aniqlanadi va rag‘batlantiriladi. 4. Axloqiy suhbatlar va ochiq darslar: Ota-onalar, diniy ulamolar, mahalla faollari ishtirokida o‘tkazilgan suhbatlar o‘quvchilarga yaxshi va yomon xatti- harakatlarni ajratib olishda yordam beradi. 5. Mehnat va ekologiya tadbirlari: Hududni obodonlashtirish, daraxt ekish, gul ekish, maktab atrofiga g‘amxo‘rlik qilish orqali o‘quvchilarda mehnatsevarlik, tabiatga mehr tuyg‘usi shakllanadi. 165 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 6. Sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari: Turli sport musobaqalari, yugurish, jismoniy mashg‘ulotlar ham bolalarning nafaqat sog‘lig‘ini mustahkamlash, balki ularni maqsad sari intiluvchanlik, jamoaviylik, birdamlikka o‘rgatadi. 7. Teatr tomoshalari va ekskursiyalar: Tarixiy joylarga, muzeylarga, teatr va galereyalarga tashrif o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va ularning ma’naviy olamiga ijobiy ta’sir qiladi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Boshlang‘ich ta’limda tahsil oluvchi talabalarga yangi va zamonaviy bilimlar berish, ularni kelajakda namunali kadr bo‘lib yetishishlarini hisobga olgan holda ularga bilim berish.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Boshlang‘ich ta’limda tahsil oluvchi talabalarga yangi va zamonaviy bilimlar berish, ularni kelajakda namunali kadr bo‘lib yetishishlarini hisobga olgan holda ularga bilim berish. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogik texnologiya, pedagogik yondashuv, Boshlang‘ich ta’lim, zamonaviy ta’lim, bilim, kompetensiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026