Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR
TAKLIF VA YECHIMLAR · Ismoilova Mohinur Bobir qizi
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 1- 10 · 1900
Аннотация
Ushbu maqola ilm-fan va ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarning o‘rni va muhimligini tahlil qiladi. Innovatsion texnologiyalar, metodologiyalar va pedagogik uslublarning ta’lim tizimiga joriy etilishi orqali ta’limning samaradorligini oshirish, ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish mumkin. Maqolada ilm- fan va ta’limda yuzaga kelayotgan asosiy muammolar, masalan, raqamli ta’lim tizimlarining o‘rganilishi, o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish, hamda ta’limda tengsizlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun takliflar va yechimlar keltirilgan. Maqola ilmiy tadqiqotlarning samarali olib borilishi, ta’lim jarayonlarining innovatsion usullar bilan boyitilishi va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha muhim maslahatlarni taqdim etadi. Kalit so‘zlar: Innovatsion yondashuvlar, ta‘lim tizimi, raqamli ta’lim, pedagogika innovatsiyalari, ta’limda tengsizlik, o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalari, ilmiy tadqiqotlar, ta’limda samaradorlik, yechimlar va takliflar, zamonaviy ta’lim texnologiyalari. Bugungi kunda har qanday davlatning taraqqiyoti va rivojlanishini asosini innovatsiyalar tashkil etadi. “Innovatsiya” so‘zi o‘zining yangi hayotini innovatsion kombinatsiyalarni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y.Shampeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodni ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan. Paytdan foydalanib aytish mumkinki, fan ta’lim tizimida innovatsiya tushunchasi haqida gap ketganda pedagogik innovatsiyaga ham to‘xtalib o‘tish joizdir. Odatda bu tushuncha tarbiya va ta’limni takomillashtirishni va rivojlantirishga qaratilgan o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim muassasalari, o‘qitishning yangi usullari va texnologiyalari, ta’lim mazmunini yangilash, o‘quv jarayoni ishtirokchilari o’rtasidagi munosabatlarning gumanistik tabiati hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyayevning Oliy Majlisga 2018-yil 28-dekabrdagi Murojaatnomasida Oliy ta’lim jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarini yuqori bosqichga ko‘tarish zarurligi muhim yo’nalishlardan biri sifatida belgilandi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish,e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sababalaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi- talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi-talaba asosiy masalaga aylanadi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari-interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoaratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchi-talabalarning bilimli, 11 yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Slastenning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti usullaridan birini yangilashni ko’zda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma’lum unsurlarning yig‘indisi shartli yangilik hisoblanadi. Yangilik-bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta’rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g‘oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlar bo‘lib, o‘zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg‘or boshlanmalarini o‘zida aks ettiradi. Pedagogik innovatsiyalar-bu maqsadlarga samarali erishishga yordam beradigan ta’lim sohasidagi yangiliklarni ishlab chiqish, joriy etish sinovdan o‘tkazish va baholash jarayoni.Ular orasida ta’lim jarayoni vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, mehnat bozori bo‘lajak xodimlarga yangi talablarni qo‘yadi va o‘qitish o‘zgartiriladi, yangi maqsadlarga moslashtiriladi, bunga erishish uchun yangi pedagogik usullar, uslublar va usullar zarur. Xulosa qilib aytganda, ilm-fan va ta’limda innovatsiyalar kiritish, ta’limda turli xil innovatsiyalar, usullardan foydalanish juda katta yordam beradi. Bundan tashqari ta’lim sohasiga kiritilayotgan innovatsiyalar juda kam edi. Hatto bu so‘zning ma’nosini ko‘pchilik bilmas edi. Ammo bugungi kunda bu so‘zning ma’nosini deyarli hamma tushunadi. Bundagi yechimlar qidirilmoqda va yechimlar topilmoqda ham. Bu soha yurtimizda kundan kunga rivojlanmoqda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola ilm-fan va ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarning o‘rni va muhimligini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola ilm-fan va ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarning o‘rni va muhimligini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Innovatsion yondashuvlar, ta‘lim tizimi, zamonaviy ta’lim texnologiyalari., ta’limda tengsizlik, yechimlar va takliflar, ilmiy tadqiqotlar, o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalari, raqamli ta’lim, pedagogika innovatsiyalari, ta’limda samaradorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025