К содержанию
РецензированоUZ2026

LUG‘ATDA OT SO‘Z TURKUMINI DARAJALANISH BO‘YICHA JOYLASHTIRISH MUAMMOSI

Ruziyeva Charos · kerak. Oybek

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Maqolada o'zbek tilshunosligi lug'atshunosligi, tamoyillari, ot so'z turkumiga oid so'zlarni darajalanish asosida joylashtirish haqida ma'lumotlar aks etgan. Kalit so'zlar: lug'at, dominant so'z, turkum ma'nosi, graduonimik qator, ot, antroponimlar. Lug‘at - so‘z, ibora, morfema va boshqa til unsurlarining belgilangan aniq maqsadga asosan ma’lum tartib asosida tuzilgan majmuyidir. Ilmiy adabiyotlarda lug‘atchilik tilshunoslikning mustaqil sohasi hisoblansa-da, aslida, leksikologiya bilan bevosita aloqadorligi aytiladi1. Chunki leksikologiyada tilning lug‘at boyligi, so‘z ma’nosi, uslub, nutq va shakl-mazmun munosabati kabilar o‘rganiladi. Insoniyat hayot yo‘li davomida so‘z bilan ish yuritadi, muloqotga kirishadi, shu tariqa tildan foydalanish jarayonida paydo bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish maqsadida lug‘atlar yaratilib, barcha soha vakillari uchun qulay lingvistik manbalar hosil qilinadi. Lug‘atda so‘zlarni joylashtirishda ma’lum tartib, qonuniyat mavjudligi undan ko‘zda tutilgan maqsadga oson yetishda asos bo‘ladi. Xususan, sinonimlar lug‘atida dominant so‘z bosh so‘z sifatida berilib, uning ma’nodoshlari navbat bilan joylashtiriladi: bahslashmoq, tortishmoq, munozaralashmoq, munozara qilmoq, talashmoq. “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da ham bosh so‘z berilib, keyin uning ko‘chma ma’nolari ketma-ket joylashtiriladi: Balandparvoz 1 Yuqori, yuksak uchadigan. Burgutday balandparvoz bo‘lish uchun quloch-quloch qanot kerak. Oybek, O.v.shabadalar. 2 ko‘chma O‘zini katta oluvchi; gerdaygan. Balandparvoz odam. 3 ko‘chma havoyi (bejama) gaplar bilan me’yoridan oshirilgan; quruq, soxta. Balandparvoz va’dalar. Balandparvoz uslub. Balandparvoz gaplar. Lug‘at tuzishda so‘z turkumlari muhim o‘rin tutadi, chunki ular tilning strukturasini, semantik va sintaktik xususiyatlarini aks ettiradi. So‘z turkumlarini aniq belgilash va tizimlashtirish nafaqat lug‘at foydalanuvchisiga so‘zning ma’nosini, balki uning ma’lum kontekstdagi qo‘llanishini ham to‘liq anglashga yordam beradi. Quyida lug‘at tuzishda e’tibor qaratishimiz kerak bo‘ladigan asosiy jihatlar hamda tartib keltirilgan: 1. Asosiy so‘z turkumlariga e’tibor  Otlar: tilning asosiy qurilish bloklaridan biri bo‘lgan ot so‘z turkumi mavjudotlar, tushunchalar va narsalarni ifodalaydi. Ko‘p hollarda lug‘atlarda eng birinchi bo‘lim sifatida keltiriladi, chunki ulardan kundalik muloqotda keng foydalaniladi.  Fe’llar: harakatlar, jarayonlar va holatlarni ifodalaydigan bu so‘z turkumiga ham alohida e’tibor beriladi. Chunki u gapning yadro elementi bo‘lib, grammatika va ma’no tuzilishining ajrakmas qismidir.  Sifatlar va ravishlar: sifatlar obyektlarning xususiyatlarini, ravishlar esa fe’llarning aniqligini ifodalaydi. Ushbu turkumlar so‘zning qo‘shimcha ma’nolarini va uni yanada boyitadigan elementlarini tashkil etadi. 1 O‘zbek tili leksikologiyasi. – Toshkent: Fan, 1981. – B.289. 10  Boshqa turkumlar: olmoshlar, sonlar, bog‘lovchilar, qo‘shimchalar va boshqa yordamchi so‘z turkumlari o‘z o‘rniga ega bo‘lib, tilning umumiy tuzilishini to‘liq aks ettiradi. 2. Ma’lumotlarni tahlil qilish va keltirish tartibi  Grammatik xususiyatlar: har bir so‘zning qaysi turkumga mansubligini aniqlash uchun uning sintaktik va semantik xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Bu jarayonda so‘zning o‘zaro munosabatlari, shakllanishi, qo‘shimchalari va kelib chiqishi ham hisobga olinadi.  Alifbo tartibi va tematik guruhlash: so‘zlar tahlil qilingach odatda alifbo tartibida joylashtiriladi. Ba’zi hollarda esa tematik yoki funksional guruhlash usuli qo‘llaniladi, bu foydalanuvchiga qidirayotgan ma’lumotni tez topishda yordam beradi.  Qo‘shimcha ma’lumotlar: so‘zning ma’nosi, sinonimlari, antonimlari, misollar, etimologiyasi va qo‘llanilish doirasi kabi ma’lumotlar ham kiritiladi. Bu ma’lumotlar so‘zning to‘liq ko‘rinishini hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. 3. E’tibor qaratishning ustuvorliklari  Keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlar: lug‘at tuzishda, avvalo, kundalik til hayotida keng ishlatiladigan ot, fe’l va sifat turkumlariga alohida e’tibor beriladi.  Grammatik murakkablik: ba’zi so‘zlar bir nechta turkumda qo‘llanilishi mumkin, shuning uchun ularning grammatik tahliliga va kontekstga qarab aniqlik kiritishga katta urg‘u beriladi.  Tilning o‘ziga xosligi: har bir til o‘zining leksik va grammatik xususiyatlariga ega. Lug‘at tuzishda tilning o‘ziga xosligi, dialektik farqlar va tarixiy o‘zgarishlar inobatga olinadi. Lug‘at tuzishda so‘z turkumlari asosiy strukturalarni tashkil etib, tilning yanada tizimli va mantiqiy shaklga keltirilishiga xizmat qiladi. Avvalo, keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladigan ot, sifat, fe’llarga e’tibor qaratilib, so‘ng ular grammatik tahlilga tortiladi, alifbo tartibida yoki tematik guruhlarga bo‘lib joylashtiriladi. Bu jarayon foydalanuvchiga so‘zning barcha jihatlarini – ma’nosi, qo‘llanilishi, kelib chiqishi va o‘zaro aloqalarini to‘liq va aniq yetkazishga yordam beradi. Otlarning “turkum ma’nosi” predmetlikni ifodalashdir. Akademik A.Hojiyev izidan bori

Доказательный фрагмент

«Maqolada o'zbek tilshunosligi lug'atshunosligi, tamoyillari, ot so'z turkumiga oid so'zlarni darajalanish asosida joylashtirish haqida ma'lumotlar aks etgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o'zbek tilshunosligi lug'atshunosligi, tamoyillari, ot so'z turkumiga oid so'zlarni darajalanish asosida joylashtirish haqida ma'lumotlar aks etgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lug'at, dominant so'z, turkum ma'nosi, graduonimik qator, antroponimlar., ot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3