К содержанию
РецензированоUZ2026

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI IJODIY-METODIK KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISH UCHUN KERAK BO‘LADIGAN IJODIY-KREATIVLIK

KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI · Uralova Muxabbat Sanjar qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy-metodik kompetentligini rivojlantirish mavzusi muhim va keng qamrovli. Ushbu mavzu doirasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy va metodik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun bir nechta asosiy yo‘nalishlar va uslublar mavjud. Quyidagi maqola shu jihatlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: ijodkorlik, pedagogika, kompetentlik, metodika. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ijodiy metodik kompetentliligini rivojlantirishda integrative yondashuvni samarali joriy etishning pedagogik shart-sharoitlarini tadqiq etishdan oldin biz integrativ yondashuvning negiziy asosini tashkil etuvchi pedagogic integratsiyani amalga oshirishda ustivorlik qiladigan asosiy tamoyillar va ularning alohida dars jarayonidagi ahamiyati bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishimiz lozim bo‘ladi. Ijodiy fikrlashni rivojlantirish bu o‘qituvchilarni ijodiy va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish. Bu nafaqat darslarni samarali o‘tkazish, balki yangi yondashuvlar, metodikalar va o‘quv materiallarini yaratishda ham muhimdir. Darslarda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etish. Metodik ko‘nikmalarni oshirishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga samarali dars o‘tkazish metodlarini o‘rgatish, jumladan, o‘quvchilarning yoshi va ehtiyojlariga mos usullarni tanlash. Interaktiv o‘qitish metodlarini qo‘llash: guruhli ishlar, loyiha asosida o‘qitish, kreativ o‘quv mashg‘ulotlari. Innovatsion texnologiyalarni o‘qituvchilarga o‘rgatish, masalan, onlayn platformalar va raqamli resurslardan foydalanish. O‘qituvchilarning malakasini oshirishda davomiy ta’lim va malaka oshirish kurslarini tashkil etish. Bu o‘qituvchilarga yangi metodikalar va pedagogik yondashuvlarni o‘rganishga yordam beradi. Muntazam seminarlar, master-klasslar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish. Ijodiy o‘qitish resurslarini yaratish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga o‘quv materiallari yaratish va shu materiallarni ijodiy ravishda modifikatsiya qilish imkoniyatlarini taqdim etish. O‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash uchun kreativ dars rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish. Shaxsiy va professional rivojlanish o‘qituvchilarga o‘z shaxsiy va professional rivojlanishlariga qarshi mas’uliyat hissini oshirish. Ular o‘zlarining kuchli tomonlarini aniqlab, kamchiliklarini bartaraf etish yo‘llarini topishlari kerak. O‘zgarishlarga ochiq bo‘lish, yangi pedagogik yondashuvlarga moslashishga tayyor bo‘lish. Pedagogik munosabatlar va kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish o‘qituvchilarni o‘quvchilar, ota-onalar va hamkasblar bilan samarali muloqot qilishga o‘rgatish. Pedagogik motivatsiya, o‘quvchilarning ruhiy va emosional holatini inobatga olish. 16 Pedagogik ijodkorlikni rag‘batlantirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarga nisbatan ijodiy yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlash. O‘qituvchilarga o‘z ishlariga ijodiy yondashish va o‘quvchilarni ilhomlantirishga yordam berish. Shu tarzda, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy-metodik kompetentligini rivojlantirish jarayoni nafaqat o‘qituvchilarni professional ravishda rivojlantirishni, balki o‘quvchilarning ilg‘or bilim va ko‘nikmalarni egallashlariga ham katta yordam beradi. Ijodiy va metodik kompetentlik: Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ijodiy va metodik kompetentlikka ega bo‘lishi kerak, bu uning o‘quvchilarni faollashtirish, darslarni tashkil etish va o‘quv jarayonida turli xil metodlarni qo‘llash imkoniyatini beradi. Ijodiy-metodik kompetentlilikni rivojlantirish – uzluksiz, davomli jarayon. Mazkur kompetentlilikning komponentlari talabaning OTMdagi tahsili asnosida shakllanib borishi hamda barcha komponentning o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, to‘ldiruvchanlik, rivojlantiruvchanlik xususiyatiga ega ekanligidan kelib chiqib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy-metodik kompetentliligini rivojlantirishning har bir bosqichi tashxislanib, baholanib borishi nazarda tutiladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijopdiy-metodik kompetentliligi rivojlanganlik darajasini belgilash uchun mezon sifatida uning bilim, malaka, ko‘nikma va mahoratlari qatorida metodik faoliyat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligi hamda mazkur faoliyatning komponentlarini o‘zida to‘liq, yuksak darajada shakllantirganligi kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Demak, yuqorida ko‘rsatilgan mutaxassislar va tadqiqotchilarning xulosalariga tayanib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy-metodik kompetentlikka asoslangan faoliyatga zarur darajada tayyorlanganligi uning: - o‘zida metodistlik xususiyatlarini, binobarin, metodik faoliyatga xos barcha xususiyatlarni namoyon qilishida; -ijodiy-kreativlikning barcha komponentlarini shakllantirib, ijodkorlik va kreativlik potensialiga ega ekanlik alomatlarini namoyon qilganligida; -metodik faoliyatga ijodiy yondashuvida; -o‘qitadigan fanining tarixi, metodologiyasi, qadriyatlari va sohaga oid ilm-fanning zamonaviy holati bo‘yicha yuksak darajada bilimga ega ekanligida; -ta’lim

Доказательный фрагмент

«Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy-metodik kompetentligini rivojlantirish mavzusi muhim va keng qamrovli.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy-metodik kompetentligini rivojlantirish mavzusi muhim va keng qamrovli. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodkorlik, metodika., kreativlik, kompetentlik, pedagogika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники