К содержанию
РецензированоUZ2026

CHOG‘ISHTIRILAYOTGAN TILLARDA HAZILNING LINGVISTIK TAHLILI

Shokirov Sherali Ibrohimovich · Ziyayeva Kamola Ziyaiddinovna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

When comparing humor in English and Uzbek, the methods and characteristics of humor creation in both languages may differ. While English has wide opportunities for creating humor in global and universal forms, Uzbek is associated with national culture, traditions, and folklore, creating humor in a more local context. At the same time, both languages have their own communicative and pragmatic features, which reflect the linguistic and cultural characteristics of each language in creating humor. The thesis focuses on such problems. Keywords: humor, culture, sarcasm, linguistics, semantics, irony, word structure, meaning structure, word play Hazil — odamlar o‘rtasidagi muloqotda ko‘plab kommunikativ maqsadlarni amalga oshiruvchi muhim vositadir. Hazilning lingvistik tahlili, tilning faqat grammatik va leksik xususiyatlarini emas, balki madaniy, psixologik va pragmatik jihatlarini ham o‘rganadi. Hazilni yaratish va tushunish jarayonida tilning strukturalarini tushunish zarur. Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi hazilning lingvistik jihatlari, farqlari va o‘xshashliklari tahlil qilinadi. Hazilning tilshunoslikda tahlili ko‘pincha ikki asosiy aspektga: so‘z tuzilmasi (leksik) va ma'no tuzilmasi (semantik) asoslanadi. Hazil tilida ishlatiladigan so‘zlar, iboralar va ifodalar leksik jihatdan bir-birini yangilab, ma’no va tuzilmani buzib, kutilmagan va kulgili natijalarga olib keladi. Shuningdek, hazil yaratilishida pragmatik faktorlar ham ahamiyatlidir, ya’ni u turli ijtimoiy vaziyatlarda va bir-biriga o’xshamagan shaxslar o‘rtasida yuzaga kelayotganiga qarab turli shakllarga ajraladi. Ingliz tilida hazil yaratishda ko‘pincha quyidagi usullar qo‘llaniladi: 1. So‘z o‘yinlari (Pun) - bu metodda so‘zning bir nechta ma’nosi yoki tovush o‘xshashligi orqali hazil yaratiladi. Ingliz tilida ko‘pincha so‘z o‘yinlari ishlatiladi, chunki bir so‘zning bir nechta ma'nosi bo‘lishi yoki tovushining o‘xshashligi hazil yaratishda yordam beradi. 2. Ironiya va Sarkazm - ingliz tilida hazilning boshqa keng tarqalgan shakllari ironik va sarkastik ifodalardir. Bunda gapiruvchi o‘z fikrini boshqacha tarzda, ko‘pincha qarama-qarshi ma'noda ifodalaydi. Bu esa eshituvchida kutilmagan natija va kulgiga olib keladi. 17 O‘zbek tilida esa, hazil yaratishda ko‘pincha quyidagi usullar ishlatiladi: 1. Latifalar - asosan to‘qima obrazlar yordamida jamiyatdagi sodir bo’layotgan voqea- hodisalar va ularning ishtirokchilari tanqid qilinadi 2. O‘zbek tilida hazil yaratishda ko‘plab xalq hikoyalari va maqollar ishlatiladi. Bu esa milliy madaniyat va an'analarni o‘zida aks ettiradi. Shuningdek, ko‘plab hazillar axloqiy saboqlar va ijtimoiy tanqidni o‘z ichiga oladi. Ingliz tilidagi so‘z o‘yinlari, asosan, so‘zning ma'nosining ko‘p yoki tovushning o‘xshashligiga asoslanadi. O‘zbek tilida ham shunday usullar mavjud, ammo ular ko‘proq semantik va fonetik o‘zgarishlarga asoslanadi. O’zbek tilida so’zlarning aksariyati bir ma’noli hisoblanib, shu boisdan ingliz tilidagi kabi so’z o’yinlari kabi yasalmaydi. Ularning aksariyatida hozirjavoblik va javob tariqasida retsipientning munosabati bilan izohlanadi. Ingliz tili ko‘pincha global kommunikatsiya tili sifatida ishlatiladi, shuning uchun ingliz tilida yaratilgan hazillar ko‘pincha global kontekstga moslashadi. Bu tilni gapiruvchi odamlar turli madaniyatlardan bo‘lishi mumkin, shuning uchun hazilning strukturasi ko‘proq universal va keng qamrovli bo‘ladi. Why shouldn’t you fundraise for marathons? They just take the money and run. Ingliz tilidagi hazil ko‘pincha umumiy mantiqiy qoidalar, so‘z o‘yinlari, ironiyalar, sarkazm va boshqa lingvistik vositalar asosida tuziladi. Bu usullar ko‘plab madaniyatlarda o‘xshash tarzda qabul qilinishi mumkin, chunki hazilning strukturalari va tuzilmalari tilga xos emas, balki kengroq kommunikatsion va muloqot usullariga asoslanadi. Masalan, ko‘plab ingliz tilidagi komediyalar yoki TV-shoular, filmlar global auditoriya uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, ular turli xalqlar va madaniyatlarda o‘xshash hazil tuzilmalarini ishlatadi. O‘zbek tilida hazil ko‘pincha milliy madaniyat, xalq og‘zaki ijodi va an'anaviy qiymatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘zbek tilidagi hazillar ko‘proq madaniy kontekstga, xalqning an'analari va qadriyatlariga bog‘lanadi, shuning uchun ular ko‘pincha lokal (mahalliy) auditoriya uchun tushunarli bo‘ladi. O‘zbek hazilida milliy adabiyot, folklore, maqollar va xalq latifalari ko‘p qo‘llaniladi, bu esa hazilni milliy madaniyatga chuqur bog‘lashni ta'minlaydi. Bir odam Afandidan: — Afandim, ertalabdan beri boshim qattiq og‘riyapti. Nima qilsam ekan? - deb so‘rasa, Afandi javob beribdi: — O‘tgan kuni tishim qattiq og‘riganda sug‘urib tashlagandim. Foydasi bo‘ldi lekin, - dermish... Xalq og‘zaki ijodi va maqollar o‘zbek hazilining muhim tarkibiy qismidir. Misollar va maqollar ko‘pincha xalqning axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarini o‘zida aks ettiradi, bu esa hazilning mazmunini chuqurlashtiradi. O‘zbek tilidagi hazil ko‘proq psixologik va ijtimoiy tanqidni o‘z i

Доказательный фрагмент

«When comparing humor in English and Uzbek, the methods and characteristics of humor creation in both languages may differ.»

Образец извлечения

Демо-превью

When comparing humor in English and Uzbek, the methods and characteristics of humor creation in both languages may differ. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
humor, culture, sarcasm, linguistics, semantics, irony, word structure, ma’no tuzilmasi, lingvistika, so‘z tuzilmasi, so‘z o‘yinlari, semantika, hazil, madaniyat, sarkazm, ironiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники