Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
GEL TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Turayeva Sadoqat Solijon qizi
Наука и технология в современном мире · 7 · 2026
Аннотация
Hozirgi kunda gellar nafaqat dermatologiya balki proktologiya, jarrohlik, oftalmologiya, ginekologiya, ortopediya, kosmetalogiya amaliyotida hamda boshqa tibbiyot sohalarida keng ko’lamda qo’llanilayotganligi alohida ahamiyatga ega. Kalit so’zlar. Kapsaitsin, gel, yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi, tarkib, quruq ekstrakt. Kirish. Gellar ko’pincha jarohat, yallig’lanish jarayonlarida, degenrativ va tizimli kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Gel dori turi bir qator afzalliklarga ega bo’lib, mahalliy va rezorbtiv ta’sir qilishi hisobiga infektsion yaralar, kuyish, turli etiologiyaga ega dermatitlar, sovuq urishi, teri kuyishi, bo’g’im og’riqlari kasalliklarini davolashda boshqa turdagi yumshoq dori turlari bilan raqobatlasha oladi [1]. Gellarning tarkibiga turli xil substansiyalarni kiritish mumkinligi, boshqa dori turlariga nisbatan qo’llashning qulay va bezararligi katta ahamiyat kasb etadi. Gellarda yuqori terapevtik samaradorlikka erishish maqsadida nafaqat dorivor moddalarni konsentratsiyasini oshirish balki optimal tarkib va dorivor moddalarni to’g’ri kombinatsiyalash muhim hisoblanadi [2]. Tadqiqotning materiallari va usullari. Tadqiqotlar “Shimadzu” markasi “LC-20 Prominence” modelining diod-matrisa detektori bilan jihozlangan YuSSX usulida olib borildi. Tekshiriluvchi eritmani tayyorlash: 0,025 g (aniq tortim) tekshiriluvchi eritma namunasi olinib, 25 ml hajmli o’lchov kolbasiga o’tkaziladi. So’ngra 15 ml 90% li spirtda eritildi. UT- hammomida ishlov berildi, so’ngra kolbaning belgisigacha etil spirti qo’shib aralashtirildi. Namuna 0,45 mkm li membranali filtrdan o’tkazildi. Natija: Qizil qalampir quruq ekstrakti yallig’lanishga qarshi va og’riq qoldiruvchi ta’siri tufayli hozirgi kunda keng tarqalgan revmatoidli artrit, osteoartrit va boshqa shunga o’xshash kasalliklarda qo’llaniladigan dori turlarini yaratish uchun istiqbolli xomashyo hisoblanadi. Qizil qalampir o’simligining asosiy ta’sir etuvchi moddalari kapsaitsin, nordigidrokapsaitsin, digidrokapsaitsin bo’lib, ular yallig’lanishli neytrofillarni faoliyatini ingibirlab, shu bilan birga bo’g’imlardagi yallig’lanishni kamaytiradi [3]. Dastlab gel dori turi uchun turli asoslardan tarkiblar tanlandi. Qizil qalampir asosida yumshoq dori turi yaratishda 5 xil turdagi asoslardan foydalanildi. Surtma namunalarining tarkibi 1-jadvalda keltirildi. 1-jadval Turli asoslardagi surtma namunalarining tarkibi va ularning miqdori Tarkib№g. №1 tarkib №2 №3 tarkib №4 tarkib №5 tarkib (Vazelin- tarkib(MS- (PEO 400, (karbomer (Aerosil- lanolin) 3% li) 1500) 940-1,5% 8% li) Asoslar li) Qizil qalampir 3,0 3,0 3,0 3,0 3,0 quruq ekstrakti Karbomer 940 - - - 1,5 - 6 ` 0,1 n NaOH - - - 3-4 tomchi - eritmasi Vazelin 55,0 - - - - Lanolin 35,0 - - - - PEO 400 - - 45,0 - - PEO 1500 - - 30,0 - - Glitserin 5,0 19,0 20,0 10 - MS - 6,0 - - - Aerosil - - - - 8 Nipagin - 0,1 - 0,1 0,1 Nipazol 0,1 - - - - Tozalangan suv 100 gacha 100 gacha 100 gacha 100 gacha 100 gacha Quyida keltirilgan namunaviy tarkiblar: surtma, gel hosil qilish uchun asoslarning fizik- kimyoviy xossalarini inobatga olgan holda tegishli usullarda tayyorlandi [4]. So’ngra konservantlar qo’shilib tayyor asosga qizil qalampir quruq ekstrakti kiritildi. Emulgator qo’shilib bir xil massa hosil bo’lguncha yaxshilab aralashtirildi. Tarkib №1. Chinni kosachada aniq tortib olingan 60 g vazelinga (37-500C) 40 g lanolin (36-420 C) qo’shilib suv hammomida eritib olindi. 3 g qizil qalampir quruq ekstraktiga oz-ozdan asos qo’shilib havoncha dastasi bilan to’liq eriguncha aralashtirildi. So’ngra konservant suvning minimal miqdorida eritilib qo’shildi va bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtirildi. Tarkib №2. 3% li metilsellyulozali asos tayyorlash uchun 6 g MS ga 70 ml tozalangan suv solinib bo’ktirishga qoldirildi. Belgilangan vaqtdan so’ng surtmani qurib qolishdan saqlash maqsadida 19 g glitserin solib aralashtirildi. Ekstraktlar oz-ozdan asos bilan aralashtirib surtmaga kiritildi. So’ngra konservant suvning minimal miqdorida eritilib qo’shildi va bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtirildi. Tarkib №3. Polietilenglikol 400 va polietilenglikol 1500 45:30 nisbatda tayyorlandi. Bunda suv hammomida 700C haroratda eritib olingan polietilenglikol 1500 ga polietilenglikol 400 solinib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtirildi. Havonchada 3 gr qizil qalampir ekstrakti 20 g glitserin bilan havoncha dastasi yordamida to’liq eriguncha aralashtirildi. So’ngra polietilenglikolli massa oz-ozdan qo’shilib aralashtirildi. Ma’lumki polietilenglikol mikroorganizmlar rivojlanishi uchun sharoit tug’dirmaydi. Tarkibiga plassifikator sifatida qo’shilgan glitserinning ham konservant xususiyatini inobatga olgan holda konservant qo’shishga zaruruyat tug’ilmadi. Tarkib №4. O’lchab olingan 8 g aerosilga 87 ml suv solinib bo’ktirishga qoldirildi. Qizil qalampir quruq ekstrakti glitserinda eritilib aralashtirildi. Ustiga tayyor 8 % li aerosilli eritmadan oz-ozdan solinib aralashtirildi. Qizil qalampir quruq ekstrakti yuqorida keltir
Доказательный фрагмент
«Hozirgi kunda gellar nafaqat dermatologiya balki proktologiya, jarrohlik, oftalmologiya, ginekologiya, ortopediya, kosmetalogiya amaliyotida hamda boshqa tibbiyot sohalarida keng ko’lamda qo’llanilayotganligi alohida…»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi kunda gellar nafaqat dermatologiya balki proktologiya, jarrohlik, oftalmologiya, ginekologiya, ortopediya, kosmetalogiya amaliyotida hamda boshqa tibbiyot sohalarida keng ko’lamda qo’llanilayotganligi alohida… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- og’riq qoldiruvchi, gel, quruq ekstrakt., Kapsaitsin, yallig’lanishga qarshi, tarkib
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021