К содержанию
РецензированоUZ2026

MAHALLIY XOMASHYOLAR ASOSIDA MURAKKAB TARKIBLI QUYOSH NURIDAN HIMOYALOVCHI KREM TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Turayeva Sadoqat Solijon qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Quyosh nuridan himoyalovchi krem tarkibiga kiradigan dori moddalar va asoslar fizik-kimyoviy xossalari jihatidan turlicha boʻladi. Davlat Farmakopeyasi koʻrsatmasiga koʻra fotohimoyalovchi krem dori turi tarkibiga kiradigan dorivor moddalarni asosga qoʻshishdan oldin ularni fizik – kimyoviy xossalarini bilish kerak boʻladi. Kalit so’zlar. Krem, choy bargi, texnologiya, kanakunjut moyi, Kirish. Osilma turdagi krem dorilarni tarkibiga kirgan qattiq moddalar suvda va asosda erimaydi. Shuning uchun bu moddalarni hovonchada yaxshilab ezib, asos bilan aralashtiriladi. Agar preparatda qattiq dorivor moddalarning 4% gacha boʻlsa, u xolda dorivor moddalar yordamchi suyuqlik bilan maydalanadi. Yordamchi suyuqlik olinayotgan moddalrning yarimigacha teng boʻlishi kerak (Deryagin qoidasi). Yordamchi suyuqlik asosga yaqin boʻlishi kerak. Agarda asos ulevodorodli boʻlsa, yordamchi modda sifatida vazelin moyi, yogʻli boʻlsa shaftoli, kungaboqar moyi, kanakunjut moyi, suvda eriydigan asos boʻlsa suv yoki glisirin ishlatiladi. Agar qattiq dorivor modda himoyalovchi kremga nisbatan 4 % dan yuqori boʻlsa, u holda dorivor modda yarim miqdordagi eritilgan asos bilan maydalanadi, soʻngra qolgan asos qoʻshiladi. Aralash turdagi krem koʻp fazali surtma dorilarga kiradi. Uning tarkibiga bir vaqtda dori moddalar erigan holda, osilma va emulsiya xolatiga boʻlishish mumkin. Bu dori shaklini tayyorlash texnologiyasini ular tarkibiga kiruvchi oddalarning fizik- kimyoviy xususiyatlari xisobga olinadi.Ikkala tarkibdagi fotohimoyalovchi “Fito” kremni tayyorlashda koʻk choy damlamasidan foydalaniladi [1]. Tadqiqotning materiallari va usullari. Choy bargidan 1:10 nisbatda qaynatma olish uchun AU-3 (Rossiya) infundir apparatidan foydalanildi. Mahsulotlarning oʻrtacha ogʻirligini aniqlash uchun VK-300.1 elektron tarozidan foydalanildi. Krem texnologiyasini olib borish uchun hovonchadan foydalanildi. Natija. Avvalam bor koʻk choy damlamasini tayyorlash uchun, koʻk choy bargining suv shimish koeffisenti aniqlanadi. Suv shimish koeffisenti - 1,0 g standart maydalik darajasidagi (3-5 mm) xomashyo perfarirlangan infundir stakandagi siqib olingan keyingi ushlab qolingan suyuqlik miqdorini aniqlash uchun koʻk choyning 3-5 mm maydalangan bargi 10,0 g infundir apparatiga solinib, ustiga 100 ml xona haroratidagi tozalangan suv solinib 15 minut davomida qaynatiladi va issiq holida filtrlanadi. Chunki choy bargi tarkibidagi oshlovchi moddalar issiq suvda yaxshi eriydi. Soʻng infundirka stakanidan siqib olinadi va hajmi oʻlchanadi, bunda suv yoʻqotish 14 ml ni tashkil etadi. Demak 100 ml 5 % koʻk choy damlamasini tayyorlash uchun 5,0 g quruq choy bargi va 107 ml tozalangan suv olamiz [2]. I-tarkib Pasporti: Choy bargi damlamasi 10, 0 ml Fenil salisilat 2,0 g Ruh oksidi 5,0 g Vazelin 16,5 g 10 ` Lanolin 16,5 g Umumiy massasi: 50, 0 g Pasporti: 10,0 ml choy bargi damlamasi hovonchaga solinib, suvsiz lanolin bilan aralashtiriladi. Soʻng vazelinni chinni kosada eritilib, boshqa isitilgan hovonchaga 5,0 g rux okisidi 5,0 gr vazelin bilan dispergirlanadi. Boshqa hovonchada 2, 0 g salol qolgan eritilgan vazelin bilan aralashtiriladi, toki salol yaxshilab erib ketguncha. Hosil boʻlgan aralashma rux oksidi solingan hovonchaga oʻtkaziladi. Soʻng ustiga lanolinli choy aralashmasi qoʻshilib oz-ozdan vazelinning qolgan qismi qoʻshiladi. Bunda aralash tipdagi krem hosil boʻladi. Ushbu tarkibdagi choy va lanolin emulsiya tipida, rux va vazelin supsenziya tipida, salol bilan vazelin eritma tipidagi kremlar boʻlib, oxirida hammasi aralashtirilib, bitta aralash tipdagi krem hosil boʻldi. Tayyor boʻlgan kremning sifati baholanadi. Qoʻngʻir rangli burama plastmassa qopqoqli idishga qadoqlanadi va “sirtga” , “qorongʻi joyda saqlansin” degan yorliq bilan jihozlanadi. II-tarkib Choy bargi damlamasi 10,0 ml Fenilsalisilat 2,0 Rux oksidi 5,0 Natriy tetraborat 1,0 Mum 3,0 Kanakunjut moyi 29,0 Umumiy massasi 50,0 Ushbu tarkibini tayyorlashda chinni kosachaga 3,0 g asalari mumi solinib, suv hammomida 63- 65 S haroratda eritiladi va ustiga berilgan kanakunjut moyining yarimi qoʻshiladi. Soʻng issiq xolda suzib olinadi. Boshqa isitilgan chinni hovonchaga 2,0 gr fenilsalisilat solib, ustiga asalari mumi va kanakunjut moyining erigan aralashmasini solib, fenilsalisilat erib ketguncha aralashtiriladi. Isitilgan ikkinchi hovonchaga 5,0 gr rux oksidi solinib, ustiga unga nisbatan yarim miqdorda (Deryagin qonuni boʻyicha) kanakunjut moyi solinadi va yaxshilab dispergirlanadi. Aralashmaga finilsalisilat, asalari mumi, kanakunjut moyi aralashmasi qoʻshib aralashtiriladi va oz-ozdan oldindan tayyorlangan choy damlanmasidan issiq hamda (45- 50 oS) 10, ml olib, 80-85 oS haroratda natriy tetrobarat eritilib, oz- ozdan aralashmaga solinib, oppoq koʻpiksimon krem hosil boʻlguncha aralashtiriladi. Krem ma'lum muddatda (1-2 soatga) hovoncha sovuguncha qoldiriladi. Soʻng hovoncha chetida hosil boʻlgan tomchilar ham emulgirlanish uchun yaxshilab aralashtiriladi. Kremning sifati baholanib, qoʻngʻir rangli

Доказательный фрагмент

«Quyosh nuridan himoyalovchi krem tarkibiga kiradigan dori moddalar va asoslar fizik-kimyoviy xossalari jihatidan turlicha boʻladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Quyosh nuridan himoyalovchi krem tarkibiga kiradigan dori moddalar va asoslar fizik-kimyoviy xossalari jihatidan turlicha boʻladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kanakunjut moyi, Krem, texnologiya, choy bargi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники