Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOMILJON SINDOROVNING FALSAFIY DUNYOSI VA DETEKTIV ASARLARIDA BADIIY VOQELIK
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · BADIIY VOQELIK (in-academy.uz/index.php/yo) · Jo‘raqulova Mashhura (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda Komiljon Sindorovning falsafiy dunyosi va detektiv asarlarida badiiy voqelik yoritib o‘tilgan. Yozuvchining asarlarida yagona obrazlar tahlili keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: O‘zbek detektivi, izquvar, loqaydlik, badiiy tahlil, jinoyat. Hayotda shunday insonlar bo’ladiki, ular umri davomida xalq qalbidagi nozik tuyg’ularni topib, ularga badiiy jilo berib, yana xalqqa hadya etadilar. Ana shunday ijodkorlarimizdan biri, o’nlab kitoblar muallifi, huquqshunos, yuridik fanlari doktori, dotsent, “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligi” esdalik nishoni sovrindori, Respublika Shaxmat Federatsiyasining vitse-prezidenti hamda Xalqaro Shaxmat akademiyasi direktori, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, detektiv asarlarni hayotiy tajribalari asosida kitobga sola olgan yozuvchi Komil Sindarovni o’zbek kitobxonlari yaxshigina detektiv ustasi sifatida bilishadi. Komil Sindarov asosan, o‘zi ko‘rgan, bilgan va eshitganlari haqida, aniq faktlarga tayangan holda yozadi. Uning yozganlari shunisi bilan qiziq. Yozuvchi asarlarida ortiqcha pafos va me’daga teguvchi uydurmalar yo‘q. Har bir kitob biri ikkinchisining davomi tarzda o‘qiladi. Komil Sindarovning kitoblari bugun o‘z o‘quvchisiga ega turkum asarlar sirasiga kirib ulgurdi. Yozuvchining soha vakili ekanligi aksariyat kitobxonlarga ayon, bilmaganlar esa asar mutolaasidayoq muallifning sohani yaxshi bilishini anglaydi. Bu jihatni ta’kidlashimizning sababi aynan shu nuqta muallif asarlarining muvaffakiyat garovidir. Yozuvchi qalamga olgan jinoyat turi davr uchun ahamiyatsiz mavzu emas, ikkinchidan, ijtimoiy vokelik qayta takrorlanmasligi uchun mohiyatni oshkor qilish va uni bor asrori bilan ko‘rsatish, so‘zsiz, qo‘l siltab qo‘yadigan mavzu emas.1 Bola voyaga yetar ekan, oiladagi nosog‘lom muhit, ota-onaning tarbiya masʼuliyatini his etmasligi, eʼtiborsizlik va loqaydlik kabi illatlar uning oxir-oqibat jinoyat ko‘chasiga kirishiga sabab bo‘ladi. Komil Sindarov qalamiga mansub «O‘zbek detektivi» ruknida nashr yuzini ko‘rgan yangi asar - «O‘g‘irlangan bolalik» yuqoridagi mulohazalar haqida birma-bir kitobxonlarga so‘zlaydi. Kitobni varaqlar ekansiz, norasida go‘daklarning sirli ravishda yo‘qolib qolishi, gumondorlarning xatti-harakati jinoyat motiviga tasodifan mos kelishi va sizga yaxshi tanish bo‘lgan prokuratura tergovchisi Sanjarbek va hamkasblarining ustalik bilan yo‘qotilgan qotillik izlari va dalillarini mohirlik bilan fosh etishdagi kasbiy mahorati asarni bir nafasda o‘qib chiqishingizga xizmat qiladi.2 “XXI asr o‘zbek detektivi” turkumida yozilgan yana bir qiziqarli kitob o‘zbek sarguzashtsevar kitobxonlariga o‘zbek adibi tomonidan taqdim etildi. Kitob “Hidoyat ortidagi zalolat” deb nomlangan, bu ikki qarama-qarshi so‘zlarning o‘ziyoq diqqatimizni tortib, o‘ylanishga majbur qiladi. Asar bosh qahramoni – Bosh prokuratura tergovchisi Sanjarbek Toshkent viloyatida sodir etilgan mudhish qotillikni fosh etishga kirishadi. Ammo o‘ta puxta 1 https://uza.uz/posts/386756 2 https://uza.uz/posts/702703 12 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo o‘ylab qilingan jinoyatni ochish oson kechmaydi. Kitobni o‘qish jarayonida o‘quvchi tergovchining ishi naqadar murakkab ekanligini his eta boshlaydi, voqealar ichiga kirgach, Sanjarbek bilan birga o‘ylanadi, izlanadi, qiynalib, iztirob chekadi. Komil Sindorovning avvalgi detektiv asarlaridan farqli o‘laroq, kitobdagi voqealar asosan din niqobi ostida kechadi, dinning muqaddasligi mentalitetimizga singib ketganligi uchun hidoyat ortida yashiringan zalolat qa’ridagi manfur kimsalarning jinoyatlarini fosh etish oson kechmaydi. Voqealar rivojiga nazar tashlar ekanmiz, bosh qahramon navbatdagi yirik jinoiy ishni ochish uchun xizmat safariga otlangandayoq yo‘lda, xizmat mashinasida tergovchi bilan haydovchi o‘rtasidagi suhbatning o‘zida bir talay hayotiy muammolar ko‘tariladi. Svetoforlar ishining noto‘g‘ri tashkil etilganligi, shahar havosining o‘ta ifloslanganligi, kitobxonlik, maktab ta’limi, oliy ta’limga kirishda yaqin o‘tmishda bo‘lgan korrupsion holatlar, yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashi, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim bilan qamrov darajasi pastligi, xususiy universitetlarni ochish dolzarbligi, Nobel mukofoti, millat kelajagi, jadid bobolarimiz, qatag‘on davri, mustamlakachilik siyosati, “Shum bola” asari, atrof-muhitning ifloslanib borayotganligi, shamol va quyosh energiyasi, chet davlatlarda ishlab yurgan yoshlar kabi juda dolzarb va keng qamrovli mavzular 1-2 bet orasida mohirlik bilan qisqa suhbat jarayonida aks etadi. Bosh prokuratura tergovchisiga o‘ta zarur bo‘lgan keng dunyoqarashga egalik xislatlari muallifning dialog tuzishdagi mahorati orqali ochib berilgan. Shuning o‘ziyoq kitobning mazmuni o‘ta to‘qligi, uni shunchaki, birrov ko‘z tashlab o‘qib ketish murakkabligi, biroz chalg‘itsa, kalavaning uchini yo‘qotib qo‘yish mumkinligi haqida xulosa chiqarib olishga imkon beradi. Shu nuqtayi nazardan, garchi bu detektiv turkumdagi kitoblarning o‘n uchinchisi bo‘lsa-da, uning mazm
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda Komiljon Sindorovning falsafiy dunyosi va detektiv asarlarida badiiy voqelik yoritib o‘tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda Komiljon Sindorovning falsafiy dunyosi va detektiv asarlarida badiiy voqelik yoritib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jinoyat., badiiy tahlil, O‘zbek detektivi, izquvar, loqaydlik
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025