К содержанию
РецензированоUZ2026

MAXSUS CHOLG’U DARSLARIDA AN’ANAVIY SOZLARNING KO’NIKMLARINI SHAKLLANTIRISHNING UMUMNAZARIY VA TARIXIY MASALALARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Samatova Nafosat Zafarjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Ilmiy rahbar: O.Shodiyeva (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maxsus cholg‘u darslarida an’anaviy sozlarning ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va tarixiy jihatlari tahlil qilinadi. An’anaviy musiqa va uning tarixiy ildizlariga asoslanib, darslar davomida o’quvchilarni soz chalish texnikalari, improvisatsiya va musiqiy nazariyalar bilan tanishtirish muhimligi ko‘rsatilgan. Maqolada an’anaviy musiqaning o‘ziga xos xususiyatlari va uning madaniy ahamiyati, shuningdek, o‘quvchilarning ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun samarali usullarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, an’anaviy musiqani o‘rgatish jarayonida yoshlarni motivatsiya qilish va ularga madaniy merosni anglatish zarurligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: soz chalish texnikasi, improvisatsiya, an’analar, templar (sur’at) intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minor ladlari haqida tushuncha beriladi. Musiqa – inson ruhining eng chuqur his-tuyg‘ularini ohanglarda ifodalovchi bir san'atdir. Olamni tasavvur etishda, uning in'ikosini aks ettiruvchi vositalar faqat go‘zal fazilatlar va beozor shakllar orqali his-tuyg‘ularni yetkazishi kerak. Aks holda, butun mavjudotlar ichida eng oliy mavjudot bo‘lgan insonda sabr-toqat va o‘xshatish kabi asosiy xislatlar yo‘qolib ketadi. Shuning uchun ham faqat inson qo‘lida gul, tafakkur, ma'naviyat, ijodning beqiyos ne'matlari mavjud. Ijod esa musiqa olamiga o‘zgacha sehrli cholg‘ularni olib keldi, ular esa benazir ohanglar yaratib, inson qalbini jonlantirdi. Bugungi kunda, inson hayotini musiqiy cholg‘usiz tasavvur qilish deyarli imkonsizdir. Cholg‘ular nafaqat san'at, balki insoniyatning ma'naviy merosining muhim bir qismiga aylangan. Har bir xalq o‘z madaniyati, an’analari va qadriyatlari asosida o‘ziga xos musiqiy cholg‘ularni yaratgan. Sharq musiqasi, uning cholg‘u sozlari esa, eng qadimiy va o‘ziga xos san'at sifatida bugungi kunda ham o‘z ta'sirini kuchli saqlab kelmoqda. Sharq xalqlarining qadimiyligini anglatuvchi o‘ziga xos san’at turlaridan biri – milliy musiqiy cholg'u asboblaridir. Qadimiy tariximizdan bizgacha yetib kelgan arxeologik topilmalar va qadimiy tasvirlar shundan dalolat beradi. Shu qatorda o‘zbek xalqining ajdodlari orasida musiqiy sozlar taomilda bo‘lganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Shunday cholg'u asboblaridan biri – dutor, o‘zbek xalqining musiqiy madaniyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Milliy cholg‘ulardan dutor haqida ilk marta Temuriylar davrida adabiy manbalarda so‘z yuritilgan (XIV-XV asrlar). O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan dutor asbobi haqidagi ilk manbalar XV asrga taalluqlidir. Dutor haqida Al-Husayniyning "Qonun" kitobida bu ikki maqom tizimini tushuntirishda undan foydalanilgan. XV asrdagi dutor sozini Al-Husayniyning risolasiga suyanib tasavvur qilishimiz qiyin. Professor I. Rajabov bu muammoni o‘rganish davomida shunday xulosaga kelgan: hozirgi dutorimizga qaraganda, bo‘g‘izi kattaroq, kosasi ud kosasidan kichikroq, do‘mbiranikidan esa kattaroq bo‘lgan, torlari ichakdan yoki ipakdan bo‘lgan. Tori ikkita pardalari esa yettita bo‘lgan. 23 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Dutor asbobining yaratilishiga oid rivoyatlar ham mavjud. Bir kuni bir usta kechqurun so‘rida o‘tirgan ekan, katta tut daraxtining soyasida oy shuolasi yerda hozirgi kundagi dutorimizning shakliga o‘xshab tushib turgan ekan. Usta darrov shaklni chizib oladi. Ertasi kuni esa shu shakldan dutor asbobini yasaydi. Unga tut daraxti ipaklaridan tor ulaydi va ushbu asbobni chalib ko‘radi. Biroq dutordan sado chiqmaydi. So‘ngra, usta hayolga to‘lib turganda, ko‘chada bir gala yigitlar qo‘shiq aytib o‘tayotganini eshitadi. Ularning ovozlari baralla jaranglab eshitiladi. Bir ozdan so‘ng, o‘sha yigitlar yana qo‘shiq kuylashib qaytishadi, ammo ovozlari bo‘g‘iq eshitiladi. Usta yigitlarni to‘xtatib so‘raydi: "Yigitlar, hozir o‘tib ketayotganingizda ovozlaringiz juda ham jaranglab eshitildi. Qaytayotganingizda esa ovozlaringiz past va bo‘g‘iq eshitilmoqda. Sababi nima?" Yigitlar javob beradi: "E ota, birinchi marta oldizdan o‘tib ketganimizda qornimiz och edi. Hozir to‘yib ovqatlandik, qornimiz to‘q, shuning uchun ovozimiz shunday bo‘ldi." Bu gaplarni eshitib, usta tezda dutor kosasini o‘yib, qopqoq bilan yopadi. Endi esa dutorning ovozi jaranglab sado beradi. Shu tariqa dutor asbobi yaratilgan. Jamiyatning turli vakillari orasida xalq cholg‘u sozlari turlicha tarqalgan. Cho‘ponlar nayni yoqtirgan, sozandalar esa tanbur, sato kabi sozlarni, baxshilar do‘mbirani, dutor esa uy sharoitida keng tarqalgan. Dutor ayollar orasida o‘zining yumshoq, nozik, past tovushga ega bo‘lgani uchun mashhur bo‘lgan. Yurtimizda dutor asbobining bir necha turlari mavjud. Ular torlarining xilma-xilligi, umumiy ko‘rinishi, pardalari, uzunligi, diapozoni, tovush qatori, yog‘ochlarining turlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Turkiston va Xorazmda dutor kosasining o‘yma turi ham uchraydi. Qolgan viloyatlarda esa dutorning kosasi yelimlangan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maxsus cholg‘u darslarida an’anaviy sozlarning ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va tarixiy jihatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maxsus cholg‘u darslarida an’anaviy sozlarning ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va tarixiy jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
templar (sur’at) intervallar, musiqaning ifoda tili, major va minor ladlari haqida tushuncha beriladi., an’analar, improvisatsiya, soz chalish texnikasi, alteratsiya belgilari, oddiy musiqa shakllari va janrlari, dinamik belgilar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники