К содержанию
РецензированоUZ2026

MUALLIFLIK SHARTNOMALARIDA TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI: NAZARIYA VA AMALIYOT

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Maxmudova Nozima Yusuf qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

This article explores the legal nature of copyright agreements, their types, as well as the rights and obligations of the parties – the author and the user – from both theoretical and practical perspectives. The existing issues in the legislation of the Republic of Uzbekistan are analyzed, and proposals for their resolution are provided. Kalit so‘zlar: mualliflik huquqi, eksklyuziv shartnoma, fuqarolik-huquqiy bitim, noshirlik shartnomasi, huquqiy maqom, qonunchilik. Ключевые слова: авторские права, эксклюзивный договор, гражданско-правовой договор, издательский договор, правовой статус, законодательство. Keywords: copyright, exclusive agreement, civil law contract, publishing agreement, legal status, legislation. Inson intellektual faoliyati mahsuli bo‘lgan ilmiy, badiiy va san’at asarlari nafaqat madaniy taraqqiyot, balki huquqiy munosabatlarning shakllanishida ham alohida o‘rin tutadi. Asarlarning yaratilishi, ulardan foydalanish va tarqatish jarayonlari muayyan huquqiy asosga ega bo‘lishi lozim. Ana shunday asoslardan biri bu — mualliflik shartnomalaridir. Mazkur huquqiy vosita orqali muallif va asardan foydalanuvchi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar tartibga solinadi.1 Mualliflik shartnomasi muallif yoki uning vorisi bilan asardan foydalanmoqchi bo‘lgan shaxs o‘rtasida tuziladi va unda asardan qanday shaklda, qachongacha, qanday hududda foydalanish mumkinligi, mualliflik haqi miqdori va to‘lov shartlari belgilanadi. Shartnomalar odatda ikki tomonlama bo‘lib, ularda tomonlarning huquqiy maqomi, javobgarligi va majburiyatlari aniqlashtiriladi. Nazariy jihatdan mualliflik shartnomalari uch turga bo‘linadi: eksklyuziv, noeksklyuziv va buyurtma asosida tuziladigan shartnomalar. Eksklyuziv shartnoma faqat bitta foydalanuvchiga huquq berib, muallif boshqa shaxslarga shu huquqni taqdim eta olmaydi. Noeksklyuziv shartnomada esa huquq bir necha foydalanuvchiga berilishi mumkin. Buyurtma 1 Toshov B. Mualliflik huquqining nazariy asoslari va milliy amaliyoti. // Huquq va davlat, 2022, №4. 78 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo asosida tuziladigan shartnoma esa asar yaratish uchun topshiriq asosida tuziladi va bu holda muallif asarni belgilangan muddatda va talablarga muvofiq topshirishi shart. Mualliflik shartnomalarida muallif quyidagi huquq va majburiyatlarga ega: asarni belgilangan muddatda topshirish, asar ustidan mualliflik huquqini saqlab qolish, foydalanish shakliga rozilik berish yoki rad etish, shuningdek, foydalanuvchi tomonidan belgilangan talablarga amal qilish. Foydalanuvchi esa asardan faqat shartnomada ko‘rsatilgan shaklda foydalanishi, mualliflik haqini vaqtida to‘lashi, muallif nomini ko‘rsatishi va asarning mazmunini o‘zgartirmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasida mualliflik huquqlari “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun, Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi. Ushbu qonunchilik hujjatlarida mualliflik shartnomalarining mazmuni, turlari va shakllari, shuningdek tomonlarning huquqlari aniq belgilab qo‘yilgan.2 Amaliyotda ko‘p hollarda noshirlik shartnomalari keng tarqalgan. Bunday shartnomalarda noshir muallifdan asarni qabul qilib olib, uni belgilangan tirajda chop etadi, mualliflik haqini to‘laydi, asarning mazmunini o‘zgartirmaydi va muallif nomini ko‘rsatishga majbur bo‘ladi. Muallif esa asarni o‘z vaqtida taqdim etishi, e’lon qilish va tarqatishga rozilik bildirish, shartnomaviy tartibda ishlashi lozim bo‘ladi. Biroq amaliyotda qator muammolar ham mavjud: noshir asarni muallifdan qabul qilib olgandan keyin, muallif ismini ko`rsatmasdan chop etadi yoki ayrim noshirlar muallif ruxsatisiz chop etadi, ba’zida shartnomalarda mualliflik haqi aniq belgilanmaydi, eksklyuziv huquq berilgan hollarda muallif boshqa foydalanuvchilar bilan hamkorlik qila olmaydi,og‘zaki kelishuvlar yozma shakldagi shartnomalarni almashtirib, huquqiy nizolarga sabab bo‘ladi. Bularning barchasi mualliflar huquqlarining buzilishiga, iqtisodiy manfaatlarining cheklanishiga olib keladi. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda mualliflik shartnomalariga oid ijobiy o‘zgarishlar ham kuzatilmoqda. Jumladan, elektron platformalarning joriy etilishi, huquqiy madaniyatning ortib borishi, standart shartnoma namunalarining ishlab chiqilishi mualliflar va foydalanuvchilar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarning shaffofligini ta’minlamoqda. Mualliflik shartnomalari to‘g‘ri tuzilgan taqdirda, ular ijodkorning intellektual huquqlarini himoya qilish, foydalanuvchining qonuniy harakatini ta’minlash va umuman olganda, huquqiy barqarorlikni mustahkamlash vositasi sifatida xizmat qiladi. Shu munosabat bilan quyidagi takliflar maqsadga muvofiq:  Huquqiy maslahat xizmatlarini ommalashtirish;  Mualliflik shartnomalarini yozma shaklda tuzishni targ‘ib qilish;  Elektron shartnomalashuv tizimlarini yaratish va yuridik kuchga ega qilish;  Mualliflar va noshirlar uchun huquqiy savodxonlik bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish. Xulosa qilib aytganda, mualliflik shar

Доказательный фрагмент

«This article explores the legal nature of copyright agreements, their types, as well as the rights and obligations of the parties – the author and the user – from both theoretical and practical perspectives.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the legal nature of copyright agreements, their types, as well as the rights and obligations of the parties – the author and the user – from both theoretical and practical perspectives. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
copyright, exclusive agreement, civil law contract, publishing agreement, mualliflik huquqi, huquqiy maqom, eksklyuziv shartnoma, noshirlik shartnomasi, qonunchilik., fuqarolik-huquqiy bitim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники