Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SO‘Z TURKUMLARINING KATEGORIYAVIY-GRAMMATIK MODELLARI KOGNITIV VA TIPOLOGIK YONDASHUV
Azamatova Muhtarama Mirzohid qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘z turkumlari tasnifining kategoriyaviy-grammatik asoslarini kognitiv va tipologik yondashuvlar nuqtai nazaridan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida ikki tilning morfologik tuzilmalari, sintaktik imkoniyatlari va semantik-pragmatik xususiyatlari asosida so‘z turkumlarining shakllanishi, o‘zgaruvchanligi va kontekstual moslashuv darajasi qiyosiy tahlil qilinadi. Ingliz tilining analitik-flektiv tabiati va o‘zbek tilining aglutinativ xususiyatlari asosida har bir tilga xos bo‘lgan kategoriya modeli ochib beriladi. Ayniqsa, konversiya, funksional siljish, affiksal differensiyatsiya va paradigma barqarorligi kabi lingvistik hodisalar orqali so‘z turkumlari tizimidagi umumiylik va tafovutlar chuqur yoritiladi. Tadqiqot natijalari tilshunoslikdagi universal va tipologik kategoriya tushunchasini kengaytirishga xizmat qiladi. Natijalar ingliz va o‘zbek tillarini o‘rganishda, shuningdek, kontrastiv tilshunoslik tadqiqotlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: so‘z turkumlari, kategoriyaviy model, grammatik tizim, ingliz tili, o‘zbek tili, aglutinativ til, analitik til, konversiya, morfologik belgi, sintaktik funksiya, kognitiv yondashuv, tipologik tahlil, paradigma, funksional siljish, lingvistik qiyoslash. Tilshunoslikda so‘z turkumlari tahlili muhim ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday tilning grammatik tuzilishi va leksik tarkibi aynan so‘zlarning turkumlanishi orqali tartibga solinadi. Ingliz va o‘zbek tillari dunyoning turli tillar oilalariga mansub bo‘lishiga qaramay, ularning so‘z turkumlari tizimi ma’lum jihatdan o‘xshashlik va farqlarga ega. Til tizimidagi eng barqaror va tarixan shakllangan strukturalardan biri — bu so‘z turkumlari tizimidir. Har bir til o‘zining morfologik, sintaktik va semantik imkoniyatlariga tayangan holda so‘zlarni ma’lum grammatik guruhlarga ajratadi. Biroq so‘z turkumlari nafaqat morfologik formalarga, balki inson tafakkuridagi kognitiv kategoriyalash jarayoniga ham bevosita bog‘liqdir. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘z turkumlari tizimi kognitiv-lingvistik yondashuv asosida tahlil qilinadi hamda ularning tipologik xususiyatlari asosida qiyosiy o‘rganiladi. Ingliz tili german tillari guruhiga mansub bo‘lib, analitik tuzilishga ega bo‘lsa, o‘zbek tili turkiy tillar oilasiga kirib, agglutinativ xususiyatga ega. Bu esa ularning so‘z turkumlari tasnifida o‘ziga xosliklarni yuzaga keltiradi. So‘z turkumlari tilshunoslikda leksik-semantik va grammatik xususiyatlarga asoslangan holda guruhlanadi. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida so‘z turkumlarining tasnifi, ularning umumiy va farqli jihatlari hamda har bir so‘z turkumining grammatik xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. So‘z turkumlarining tasnifi tarixan turlicha yondashuvlarga asoslangan. Qadimgi yunon va lotin grammatikasida so‘z turkumlari yettita asosiy guruhga bo‘lingan bo‘lsa, zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda bu tasnif yanada kengaytirilib, turli tillar xususiyatlaridan kelib chiqqan holda farqlanadi. Ingliz tilida so‘z turkumlari asosan o‘n ikki guruhga bo‘linadi: ot (noun), sifat (adjective), olmosh (pronoun), fe’l (verb), ravish (adverb), predlog (preposition), bog‘lovchi (conjunction), modal fe’llar (modal verbs), ko‘makchi fe’llar (auxiliary verbs), 43 undov so‘zlar (interjections), artikl (article) va determinatorlar (determiners). O‘zbek tilida esa so‘z turkumlari an’anaviy holda asosiy va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linib, asosiy so‘z turkumlariga ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiritiladi, yordamchi so‘z turkumlariga bog‘lovchi, yuklama, modal so‘zlar, ko‘makchi so‘zlar, undov so‘zlar va taqlid so‘zlar kiradi. Ingliz tilida artikl va determinatorlar alohida turkum sifatida ajratilgan bo‘lsa, o‘zbek tilida bunday so‘zlar yo‘q. Ingliz tilining analitik tuzilishi sababli unda so‘z turkumlarining o‘zaro aloqasi sintaktik vositalar orqali belgilanadi. Masalan, ingliz tilida fe’llar turli zamonlarda qo‘llanganda shaklan sezilarli o‘zgarishlarga ega bo‘ladi, biroq bu o‘zgarishlar fleksiyalarga emas, balki qo‘shimcha yordamchi fe’llar yoki o‘rin orqali ifodalanadi. O‘zbek tilida esa so‘z turkumlarining o‘zaro bog‘lanishi asosan affikslar va qo‘shimchalar yordamida amalga oshadi. Masalan, o‘zbek tilidagi fe’l zamon shakllari fe’lning negiziga tegishli qo‘shimchalar qo‘shish orqali hosil qilinadi: "o‘qi" – "o‘qidi" – "o‘qimoqchi" kabi. Ingliz tilida esa "read" – "is reading" – "will read" shakllari orqali zamonlar ifodalanadi, bu esa so‘z turkumlarining tasnifida ham farqlarga olib keladi. O‘zbek tilida so‘z turkumlari an’anaviy yondashuv bo‘yicha ajratilib, ularning leksik- semantik va grammatik jihatlari birgalikda hisobga olinadi. Ingliz tilida esa zamonaviy lingvistika nuqtayi nazaridan, so‘z turkumlari sintaktik funksiyalar va morfologik o‘zgarishlarga ko‘ra tasniflanadi. Masalan, ingliz tilida otlar (noun) birlik va ko‘plik shaklga ega bo‘lib, “cat” – “cats”, “child” – “children” kabi o‘zgaradi. O‘zbek tilida esa otlar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘z turkumlari tasnifining kategoriyaviy-grammatik asoslarini kognitiv va tipologik yondashuvlar nuqtai nazaridan o‘rganishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘z turkumlari tasnifining kategoriyaviy-grammatik asoslarini kognitiv va tipologik yondashuvlar nuqtai nazaridan o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- funksional siljish, analitik til, konversiya, tipologik tahlil, kategoriyaviy model, grammatik tizim, morfologik belgi, so‘z turkumlari, lingvistik qiyoslash., kognitiv yondashuv, aglutinativ til, paradigma, sintaktik funksiya, ingliz tili, o‘zbek tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014